Bugun
Ilon Maskning boyligi 500 milliard dollardan oshdi
+14°
небольшая облачность ветер 3.1 м/с, Ю

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etdi (foto)

Jamiyat
110
Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etdi (foto)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9 may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Qizil maydonda G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xitoy raisi Si Jinping, Braziliya prezidenti Lula da Silva, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy, belaruslik Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhamedov, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va boshqalar ham qatnashdi.

Paradda o‘zbekistonlik harbiylar guruhi ham saf tortib o‘tdi.

«Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba millionlab insonlarning jasorati, matonati va fidoyiligi natijasidir. Bu ulug‘ maqsadga erishishda ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ham salmoqli hissasi bor.

Urush boshlangan paytda respublikamiz aholisi 6 million nafardan ziyod edi. Urush yillarida ikki millionga yaqin o‘zbekistonlik frontga jo‘natildi. 538 mingdan ziyod kishi jang maydonlarida halok bo‘ldi, 158 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qoldi.

Ko‘rsatgan mardligi va jasorati uchun O‘zbekistondan 214 mingdan ziyod askar va ofitser jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. Vatandoshlarimizdan 301 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, yana 70 kishi «Shuhrat» ordenining barcha darajalari sohibi bo‘ldi.

O‘zbek xalqi mehnat borasida ham ulkan jasorat ko‘rsatdi. Mamlakatimiz frontning ishonchli tayanchiga aylandi: bu yerdan oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, qurol-yarog‘ va boshqa zarur resurslar uzluksiz jo‘natib turildi. Qisqa muddatda O‘zbekiston hududida 170 dan ortiq evakuatsiya qilingan korxonalar joylashtirilgani mudofaa sanoatining uzilishlarsiz ishlashini ta’minladi.

O‘sha og‘ir yillarda O‘zbekiston xalqi yuksak insonparvarlik namunasini ko‘rsatib, frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq kishini, jumladan, 250 mingdan ziyod yetim bolalarni qabul qildi», deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

O‘zbek xalqining urush yillaridagi jasorati xalqaro hamjamiyatda keng e’tirof etilmoqda.

Mamlakatimizda ham urush va mehnat fronti qatnashchilarining xotirasini abadiylashtirish, faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshkentda ulug‘vor «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi barpo etildi.

G‘alaba paradi yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev RF prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlat rahbarlari bilan birgalikda Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.

Ushbu yodgorlik g‘alaba yo‘lida mislsiz jasorat ko‘rsatgan va jon fido qilgan millionlab jangchilar, jumladan, O‘zbekiston farzandlari xotirasiga o‘rnatilgan.

Marosim bir daqiqalik sukut hamda faxriy qorovul va harbiy orkestrning tantanali yurishi bilan yakunlandi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Mirziyoyev va Tokayev Almati shahrida uchrashdi
Mirziyoyev va Tokayev Almati shahrida uchrashdi
Mirziyoyev va Tokayev Almati shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi, deb Nova24.uz xabar berdi. 2025-yil 29-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart
Oʻzbekiston 17:34, 29-03-2025
Putin va Lukashenko Valaamda tinchlik muzokarasi o‘tkazdi
Putin va Lukashenko Valaamda tinchlik muzokarasi o‘tkazdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaning Valaam orolida uchrashib, oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuvdan
Dunyo 01:35, 2-08-2025
Lula Trampni siyosatdagi noto‘g‘ri yo‘l uchun tanqid qildi
Lula Trampni siyosatdagi noto‘g‘ri yo‘l uchun tanqid qildi
Braziliya prezidenti Lula da Silva AQSh prezidenti Donald Trampni keskin tanqid qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, Tramp dunyo siyosatini boshqarishga urinmasdan, avvalo o‘z
Dunyo 23:08, 19-07-2025
Serdar Berdimuhamedov Ramazon oyi munosabati bilan 321 mahkumni afv etdi
Serdar Berdimuhamedov Ramazon oyi munosabati bilan 321 mahkumni afv etdi
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 321 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu qaror muqaddas Ramazon oyidagi Qadr kechasi munosabati bilan qabul qilindi, deb xabar berdi
Dunyo 21:22, 21-03-2025
Ali Abdel-Aziz: “Ankalayevning iyagi Pereyranikidan mustahkam – revanshda braziliyalikka oson bo‘lmaydi”
Ali Abdel-Aziz: “Ankalayevning iyagi Pereyranikidan mustahkam – revanshda braziliyalikka oson bo‘lmaydi”
MMA olamida taniqli menejerlardan biri sanaladigan Ali Abdel-Aziz UFC yarim og‘ir vazn toifasidagi chempion Magomed Ankalayev va Aleks Pereyra o‘rtasidagi ehtimoliy revansh jangga nisbatan o‘z
Sport 14:12, 16-05-2025