Bugun
Disneylendda yurak xurujidan ayol vafot etdi
+15°
дымка ветер 2.1 м/с, СВ

Oʻzbekistonda huquqbuzarlik qilishi mumkin boʻlgan 800 ming kishining roʻyxati tuzildi

Jamiyat
112
Oʻzbekistonda huquqbuzarlik qilishi mumkin boʻlgan 800 ming kishining roʻyxati tuzildi
Oʻzbekistonda huquqbuzarlik sodir etishi yoki undan jabrlanishi ehtimoli yuqori boʻlgan jami 800 mingdan ortiq shaxslar roʻyxati shakllantirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi JXD axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, ularning 588 mingdan ortigʻiga xulosalar berilib, mahalla vakillari tomonidan 400 mingdan ortiq fuqarolarning muammolari ijobiy hal etildi.

2025 yili Fargʻona, Andijon, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarining kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan 419 ta mahallalarni oʻz ichiga qamrab oladigan 84 ta mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Qoʻshimcha qilinishicha, keyinchalik ushbu tizim boshqa hududlarga ham tatbiq etiladi.

Mahalla huquq-tartibot maskaniga 5 tagacha mahalla biriktirilib, bosh inspektorga mahalla biriktirilmaydi. U mahallalarda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha kunlik ishni samarali tashkil etish hamda maskan faoliyatiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan mas'ul deb belgilandi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Pokiston bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Pokiston bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
26 fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan
Oʻzbekiston 14:46, 26-02-2025
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi. Mahalliy ommabop
Avto 14:43, 18-03-2025
Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?
Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?
Ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy avtomobillar hamda elekromobillar narxida pasayish tendentsiyasi 2025 yilning yanvar oyida ham davom etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Avto 20:23, 12-02-2025
Honor 400 va 400 Pro Rossiyada sotuvda boshlandi
Honor 400 va 400 Pro Rossiyada sotuvda boshlandi
Honor kompaniyasi Rossiyada Honor 400 va Honor 400 Pro modellarining sotuvlari rasmiy ravishda boshlandi. Bu haqida Rozetked.me xabar berdi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati Rozetkedga
Texnologiya 14:36, 8-07-2025
Bugungi reyslar jadvali — 20 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 20 avgust
Bugungi kunda aeroportdan jami 40 ta reys jo‘natilishi rejalashtirilgan. Eng erta parvoz soat 01:10 da amalga oshirilsa, kechgi soat 23:40 da so‘nggi reys uchadi, deb xabar berdi uzairways.com.
Oʻzbekiston 00:10, 20-08-2025