Bugun
Antonio Paganin: "Napoli" chempionlikni himoya qila olmaydi
+12°
пасмурно ветер 1.4 м/с, ЮЗ

Aktrisa Barchin Gʻofurovani ismini oʻzgartirishga nima majbur qilgan?

Madaniyat
133

Aktrisa Barchin Gʻofurovani ismini oʻzgartirishga nima majbur qilgan?
“Baxt ovchisi” serialidagi obrazi bilan tomoshabinlar e'tiboriga tushgan aktrisa Barchin Gʻofurova “Sayyod” YouTube kanaliga bergan intervyusida bundan bir necha yil avval ismini oʻzgartirishiga sabab boʻlgan voqea haqida aytib berdi.

— Ba'zi insonlarga ismi ogʻir keladi. Bundan bir necha yil avval men Umida edim, ma'lum sabablarga koʻra ismimni oʻzgartirishimga toʻgʻri kelgan.

Gap shundaki, bir yigit bilan 9 yil sevishib yurganmiz. Uning oila a'zolari meni kelin qilishni istamagan. Aktrisa boʻlganim uchun meni xohlashmagan. Shuning uchun ham ismimga “issiq-sovuq” qilishgan. Issiq-sovuqdan keyin men juda ogʻir ahvolga tushib qolganman. Buni biz tomonda “vos-vos” deyishadi. Bu narsa ta'sirida bir necha marta oʻz jonimga qasd qilishga urinib, tomirimni ham kesganman.

Bu juda ogʻir vaziyat ekan. Ishonasizmi, mana yoʻl turibdi, men yoʻlning oʻrtasida turib, mashinaning tagiga oʻzimni tashlasam, qanday qilib oʻlaman, deb oʻylaydigan boʻlib qoldim. Onam olib bormagan shifokori qolmadi, oxiri ular ham “Bu bizning kasalimiz emas” deyishdi.

Hushim oʻzimda emas. Oʻsha yillari toʻyga chiqardim, miyam bitta oʻchib yonib, qoʻshib kuylab turgan joyimda “Bu erda men nima qilyapman?”, deb oʻylaydigan boʻlib qoldim.

Qulogʻimga kimdir “Oʻzingni oʻldir”, deb shivirlagan paytlari boʻlgan. Shu tarzda 2018—2019 yillarda ismimni Barchinga oʻzgartirganman, deydi aktrisa.

O‘xshash yangiliklar

Shahlo Salayevaning qo‘li sahnada so‘raldi
Shahlo Salayevaning qo‘li sahnada so‘raldi
Konsert davomida tomoshabinlar uchun kutilmagan, ayni paytda juda romantik bir voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xonanda Shahlo Salayevaning qo‘li so‘raldi. Turkiyalik xonanda Veysel
Madaniyat Kecha, 23:54
Izzatilla Shukurov 28 yoshini nishonladi
Izzatilla Shukurov 28 yoshini nishonladi
Izzatilla Shukurov 28 yoshga to‘lganini Instagram sahifasi orqali e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xonanda bu kun munosabati bilan maxsus video-post joylashtirib, uning tagiga “28 yoshim
Madaniyat Kecha, 01:59
Munisa Rizayeva va Rayhon dugonaligi yakunlanganini aytdi
Munisa Rizayeva va Rayhon dugonaligi yakunlanganini aytdi
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Rayhon G‘aniyeva bilan munosabatlari haqida savollarga aniqlik kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda u "Darakchi" nashriga bergan intervyusida
Madaniyat Kecha, 00:00
Shahlo Salayeva ijodiy hamkoriga turmushga chiqdi
Shahlo Salayeva ijodiy hamkoriga turmushga chiqdi
Xonanda Shahlo Salayeva o‘z baxtini topgani haqida xushxabar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, uning ijodiy hamkori endilikda hayotdagi eng yaqin insoni — umr yo‘ldoshiga
Madaniyat 23:59, 15-02-2026
Shahlo Salayeva ijodiy hamkoriga turmushga chiqdi
Shahlo Salayeva ijodiy hamkoriga turmushga chiqdi
Xonanda Shahlo Salayeva o‘z baxtini topdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Endilikda uning ijodiy hamkori hayotdagi eng yaqin insoni — umr yo‘ldoshiga aylandi. Ma’lum bo‘lishicha, ularni faqat
Madaniyat 22:58, 15-02-2026
Xusnora: Sayohat — shaxsiy o‘sishning eng yaxshi yo‘li
Xusnora: Sayohat — shaxsiy o‘sishning eng yaxshi yo‘li
Xusnora 2025 yilni o‘z hayotidagi eng unutilmas davrlardan biri sifatida esladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U yil davomida turli mamlakatlar va qit’alarga sayohat qilganini, bu safarlar unga
Madaniyat 22:41, 15-02-2026