Bugun
Orion kosmik kemasi Oyga yo‘l oldi NASA missiyasi boshlanmoqda
+22°
пасмурно ветер 1.4 м/с, З

Rejissyorlar va hatto aktyorlar ham oshkor qilmaydigan 8 ta sir

Madaniyat
108

Rejissyorlar va hatto aktyorlar ham oshkor qilmaydigan 8 ta sir
Har bir film ortida uzoq va mashaqqatli jarayon yotadi, uning nozik jihatlarini hatto eng ashaddiy tomoshabin ham tasavvur qila olmaydi. Masalan, siz hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun film treylerlari ko‘pincha tom ma’noda spoylerlar bilan to‘lib-toshgan? Kino ixlosmandlarini qiynab kelayotgan shu va boshqa ko‘plab qiziqarli savollarga qiziqib, javob topdik.

Filmlarni suratga olishda kiyimlar yirtilishi yoki ifloslanishi ehtimoli tufayli bir nechta nusxada tayyorlanadi. Shuningdek, dublyorlar uchun ham zaxira kostyumlar zarur. Aytgancha, ba’zan aktyorlarning shaxsiy buyumlari ham ishlatiladi. Bunda statist yoki birinchi darajali yulduz bo‘lishning farqi yo‘q. Masalan, “Katta Lebovski” filmdagi Chuvak kiygan kiyimlarning ko‘p qismi Jeff Bridgesning shaxsiy garderobidan edi.

Qo‘l-oyoqlari kesilgan sahnalarni suratga olish paytida aktyor yashil paypoq kiyadi, keyin montajda unga kerakli tasvir qo‘yiladi.

Musiqali sahnalar sukunatda suratga olinadi, ovoz esa montaj paytida qo‘shiladi. Suratga olish jarayonida ko‘plab kameralardan foydalaniladi va materialni mukammal ovozga erishish uchun montaj qilish shunchaki imkonsiz. Suratga olish maydonidagi ortiqcha shovqin ham xalaqit beradi, ayniqsa, sahnada aktyorlar o‘rtasida muloqot bo‘lsa.

Filmlarni suratga olishda ob-havo ma’lumotlariga tayanish besamar va juda qimmatga tushadi. Shu sababli kinodagi iqlim uchun sun’iy ob-havo sharoitlarini yaratishga ixtisoslashgan kompaniyalar javobgardir.
“Yomg‘ir” effekti yong‘in gidrantlariga ulangan shlanglardan katta balandlikdan purkaladigan suv yordamida hosil qilinadi.

Qor, aslida, maydalangan qog‘oz yoki plastikdan boshqa narsa emas. Ba’zan yanada haqiqiyroq ko‘rinishi uchun sovun asosidagi tarkib qo‘llanadi. Bu tarkib maxsus mashinadan o‘tkazilib, qor zarrachalariga aylantiriladi. Bunday modda kiyimlarni ifloslantirmaydi va yerning sirpanchiq bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi.

Tumanni yaratish uchun glikol, suyuq azot va karbonat angidrid ishlatiladi. Bu moddalar texnikalarni buzib qo‘ymasligi uchun ularga himoya g‘iloflari kiydiriladi.

Suratga olish maydonchalarida har qanday kamera va telefonlar taqiqlangan. Bu film namoyishidan oldin uning syujeti haqida ma’lumotlar sizib chiqmasligi uchun zarur. Bu qoidani buzish oqibatida hatto ishdan mahrum bo‘lish va “qora ro‘yxat”ga tushish mumkin — bu sizni hech qachon film suratga olish uchun yollamasliklarini anglatadi.

Endi aktyorlar rol uchun o‘nlab kilogramm vazn tashlashi yoki bir necha oylab sport zalida mashq qilishi shart emas. Yo‘q, albatta, hali ham eskicha uslubda kerakli qomatga erishayotganlar bor. Ammo ko‘p hollarda aktyorning yuzi muayyan figuraga qo‘yiladi. Aktyor Jek O‘Konnelga yanada horg‘in ko‘rinish berish uchun “Buzilmas” ijodkorlari shunday yo‘l tutishdi. “Vatan” serialida esa aktrisa Kler Deynsning homiladorligini shu oddiy usul bilan yashirishgan.

Massovka aktyorlari bir necha kun davomida bir xil kiyimda yurishlari kerak va har bir suratga olish kunidan oldin ularni kostyum yordamchisi suratga oladi. Bu kadrdagi xatolarning oldini olish uchun qilinadi, chunki bir xil sahna turli kunlarda suratga olinishi mumkin va jarayonni nazorat qilishning boshqa usuli yo‘q.

Bo‘yni uzaytirish uchun aktyorlar suratga olish paytida platformali maxsus poyabzal kiyishadi. Bunday poyabzalni Robert De Niro “Irlandiyalik” filmini suratga olishda, Robert Dauni kichik Sherlok rolida va Deniyel Kreyg “Rahm-shafqat kvanti” filmidagi hamkasbi Jemma Arterton bilan bo‘yi teng bo‘lishi uchun kiygan. Shu usulda kichik bo‘yli aktrisalarning ham bo‘yi uzunlashtiriladi. Masalan, “Qasoskorlar” filmida Skarlett Yoxansson tomoshabinlar oldida baland platformali etikda namoyon bo‘ldi, garchi uning qahramoni Qora beva aslida tekis taglikli poyabzal kiyishi kerak bo‘lsa ham.

Darvoqe, ilgari kinoijodkorlarda tomoshabinni qiziqtirish uchun 2 daqiqa atrofida vaqt bo‘lgan bo‘lsa, hozir internet rivojlanishini hisobga olsak, inson e’tiborini tortish uchun 5 soniya vaqt bor, xolos. Aynan shuning uchun bugungi kunda barcha eng hayajonli kadrlar treylerning boshiga ko‘chiriladi. Axir bu qimmatli vaqtdan to‘g‘ri foydalanilmasa, rolik shunchaki birgina harakat bilan yopiladi vassalom.

O‘xshash yangiliklar

San’atkorlarning daromadiga soliq imtiyozi berilishi noto‘g‘ri
San’atkorlarning daromadiga soliq imtiyozi berilishi noto‘g‘ri
O‘zbekistonlik xonanda Davron Ergashev san’atkorlarning daromadi va soliq masalasi haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu borada alohida imtiyozlar berilishi noto‘g‘ri
Madaniyat Kecha, 23:57
Feruza Normatova kvartirasini singlisiga sovg‘a qildi
Feruza Normatova kvartirasini singlisiga sovg‘a qildi
Aktrisa Feruza Normatova shaxsiy hayotidan samimiy voqea bilan muxlislarining diqqatini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U turmushga chiqishidan oldin yashab kelgan kvartirasini singlisiga
Madaniyat Kecha, 23:54
Ahad Qayum she’rlaridan mashhur qo‘shiqlar yaratilmoqda
Ahad Qayum she’rlaridan mashhur qo‘shiqlar yaratilmoqda
O‘zbek shoiri va aktyori Ahad Qayum bergan intervyulardan birida o‘zining yozgan she’rlaridan yaratilgan qo‘shiqlar mashhur xonandalar tomonidan ijro etilib, keng omma orasida mashhurlikka
Madaniyat Kecha, 23:41
Turk kinosining eng qimmatbaho loyihalari va sarf-xarajatlari
Turk kinosining eng qimmatbaho loyihalari va sarf-xarajatlari
Suratga olish jarayoni katta mehnat, vaqt va moliyaviy resurslarni talab qiladigan murakkab ishdir. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayniqsa, tarixiy loyihalar yoki noyob tabiat manzaralarini
Madaniyat Kecha, 16:01
Rayhon yangi qo‘shig‘i Dil poralar bilan muxlislarini lol qoldirdi
Rayhon yangi qo‘shig‘i Dil poralar bilan muxlislarini lol qoldirdi
O‘zbekiston estradasining taniqli yulduzi Rayhon muxlislariga “Dil poralar” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Qo‘shiqning muallifi Alem
Madaniyat 17:48, 1-04-2026
Zarina Nizomiddinova san’at va oilada yangi sahifa ochdi
Zarina Nizomiddinova san’at va oilada yangi sahifa ochdi
Zarina Nizomiddinova 37 yoshga to‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U 1989 yil 29 martda Toshkent shahrida san’atkorlar oilasida tavallud topgan. Aktrisa afsonaviy “Yalla” ansambli asoschilaridan
Madaniyat 16:38, 1-04-2026