Bugun
Harri Keyn Yevropa futbolidagi eng samarali futbolchi bo'ldi
+15°
небольшая облачность ветер 2.4 м/с, СВ

Toshkentda eski Mercedes avtobuslari elektrobusga aylantiriladi

Oʻzbekiston
122
Toshkentda eski Mercedes avtobuslari elektrobusga aylantiriladi
Bu g‘oya Ispaniya hamkorlaridan taklif etildi. O‘zbekiston va Ispaniya yashil transport va avtomobilsozlik sohasida hamkorlik qiladi, deb “Dunyo” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov va ispan kompaniyasi UNVI bosh direktori Eloy Peres ushbu masalani muhokama qildilar.

Tomonlar avval foydalanilgan Mercedes Conecto avtobuslarini elektrobuslarga aylantirish loyihasiga alohida e’tibor qaratishdi. Shuningdek, loyiha doirasida mutaxassislarni o‘qitish va ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekistonga olib kirish rejalashtirilgan.

Kompaniya rahbari O‘zbekistonda shahar, shaharlararo va turistik avtobuslar hamda mikroavtobuslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi. U uchrashuv yakunida SamAvto zavodi bazasida hamkorlik loyihasini ishlab chiqishni taklif qildi.

Bundan avval, Toshkent avtobuslarida ayol haydovchilar soni ko‘paytirilishi haqida xabar berilgan edi. 2025 yilda Toshshahartansxizmat kompaniyasi 500 nafar yangi ayol haydovchini o‘qitishni rejalashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mart oyining yigirma to'rtinchisida O'zbekistonda ob-havo qanday bo'ladi
Mart oyining yigirma to'rtinchisida O'zbekistonda ob-havo qanday bo'ladi
Yigirma to'rtinchisi mart kuni O'zbekiston hududida ob-havo turlicha kechadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mamlakatning katta qismida osmon ochiq bo'lib, quyosh porlaydi. Ba'zi
Oʻzbekiston Kecha, 19:33
Namangan Arashanida yirik turizm majmuasi qurilishi boshlandi
Namangan Arashanida yirik turizm majmuasi qurilishi boshlandi
Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan Arashan ko'llari atrofi yaqinda yirik turizm majmuasi qurilishi bilan yangi tashabbuslarga guvoh bo'lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 17:58
Olimpiya qo'mitasi rahbarining sun'iy intellektli videosi haqiqatga to'g'ri kelmaydi
Olimpiya qo'mitasi rahbarining sun'iy intellektli videosi haqiqatga to'g'ri kelmaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda oxirgi kunda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov nomidan tarqalib ketgan videolarga rasmiy va aniq javob berildi.
Oʻzbekiston Kecha, 11:44
Amir Temur xiyoboni mart oyidan boshlab vaqtincha yopiladi
Amir Temur xiyoboni mart oyidan boshlab vaqtincha yopiladi
Toshkent shahri Yunusobod tumani hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari doirasida muhim o'zgarishlar kiritilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Shahar
Oʻzbekiston Kecha, 10:43
O'zbekistonda kelajak hafta issiq va qulay ob-havo kutilmoqda
O'zbekistonda kelajak hafta issiq va qulay ob-havo kutilmoqda
O‘zbekistonda 24-27 mart kunlari deyarli barcha viloyatlarda kunduzgi harorat +23 dan +28 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 25 mart kuni esa ayrim hududlarda havo
Oʻzbekiston 21:55, 22-03-2026
Amir Temur xiyoboni yaqinda keng ko'lamli obodonlashtirish uchun yopiladi
Amir Temur xiyoboni yaqinda keng ko'lamli obodonlashtirish uchun yopiladi
Toshkent shahrimizning markaziy qismida joylashgan va aholi orasida katta e'tiborga mol Amir Temur xiyoboni yaqin kelajakda keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari uchun vaqtincha yopiladi.
Oʻzbekiston 21:33, 22-03-2026