Bugun
Pochettino APLga qaytishni va chempionlikni orzu qilmoqda
+9°
облачно с прояснениями ветер 2.9 м/с, ЮВ

Baxtiyor Ashurmatov: "Chempionlik uchun kurash 3 ta jamoa o‘rtasida kechadi"

Sport
111

Baxtiyor Ashurmatov: "Chempionlik uchun kurash 3 ta jamoa o‘rtasida kechadi"
Bugundan Superliganing 2025 yilgi mavsumi boshlanadi. Jamoalar o‘tgan vaqt davomida yangi mavsumga munosib tayyorgarlik olib borishdi, har kim o‘z imkoniyatidan kelib chiqib tarkibni shakllantirdi. Yangi nomlarni qo‘shib oldi. Maqsadlar esa ulkan.

OKMK - "Buxoro" uchrashuvi bilan boshlanadigan dastlabki tur oldidan tajribali murabbiy Baxtiyor Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Muxlislar kutgan chempionatimiz ham boshlanmoqda. Bu yilgi mavsum qiziqarli o‘tishi kutilmoqda, chunki jamoalar soni avvalgidan ko‘paydi. Superligada qolish uchun kurashuvchan jamoalar soni oshdi. Fikrimcha, chempionlik uchun "Neftchi", "Paxtakor" va "Nasaf" kurash olib boradi. "Navbahor", OKMK bu jamoalarga bosh og‘riq bo‘lishi mumkin. Lekin aytganimdek oltin medallarga harakat 3 ta jamoa o‘rtasida kechishini kutyapman.

1-tur uchrashuvlariga kelsak, ikkita "Bunyodkor" - "Neftchi", "Nasaf" - "So‘g‘diyona" uchrashuvlari qiziqarli va murosasiz kechishini ayta olaman. Qolgan uchrashuvlarda maydon egalarining imkoniyatlari ko‘proq. OKMK, "Paxtakor", "Navbahor" o‘z maydonidagi o‘yinlarni g‘alaba bilan boshlashini taxmin qilaman.

"Qo‘qon-1912" - "Andijon" vodiy derbisida qo‘qonliklarda g‘alaba uchun imkoniyat ko‘proq. Bu yil Qo‘qonga Superligada omad tilayman. "Qizilqum" - "Surxon", "Xorazm" - "Sho‘rtan" uchrashuvlarida imkoniyat teng. Chempionat chiroyli o‘tishini va hamma jamoalarga omad yor bo‘lishini tilab qolaman", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Manba: Championat.asia

O‘xshash yangiliklar

Marselo Delgado "Boka Xuniors" sport direktori bo‘ldi
Marselo Delgado "Boka Xuniors" sport direktori bo‘ldi
Argentina futbol klubi "Boka Xuniors" o‘zining yangi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Endi Delgado klubdagi
Sport Bugun, 05:22
Pochettino APLga qaytishni va chempionlikni orzu qilmoqda
Pochettino APLga qaytishni va chempionlikni orzu qilmoqda
"Tottenhem"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya Premyer-ligasiga qaytishni niyat qilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu chempionatni sog‘ingani va
Sport Bugun, 04:47
Futbol tarixidagi eng yaxshi 100 futbolchi reytingi bahsga sabab bo‘ldi
Futbol tarixidagi eng yaxshi 100 futbolchi reytingi bahsga sabab bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tomonidan tuzilgan futbol tarixidagi eng yaxshi 100 futbolchi reytingi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Bugun, 04:33
Erling Haaland: "Natijalarimni oqlashni istamayman"
Erling Haaland: "Natijalarimni oqlashni istamayman"
"Manchester Siti" jamoasining hujumchisi Erling Haaland so‘nggi o‘yinlardagi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda *euro-football.ru* sayti
Sport Bugun, 03:58
Chempionlar ligasi pley-off bosqichi start oladi
Chempionlar ligasi pley-off bosqichi start oladi
Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Endi pley-off bosqichi boshlanadi. Ushbu bosqichda jami 16 ta jamoa o‘zaro kurash olib boradi. Ular 1/8
Sport Bugun, 03:53
Nepomnyashchiy: Safonov o‘z mahoratini isbotlamoqda
Nepomnyashchiy: Safonov o‘z mahoratini isbotlamoqda
Rossiyalik taniqli murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Fransiyada ko‘rsatgan o‘yinlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Bugun, 03:23