Bugun
Deku: Chempionlik uchun barqarorlik hal qiluvchi omil
+9°
пасмурно ветер 2.3 м/с, Ю

Eldor, butsangni bir poyini Dovbikka ber! Shomurodov sha’niga tinimsiz maqtovlar yog‘ilmoqda...

Sport
138
Eldor, butsangni bir poyini Dovbikka ber! Shomurodov sha’niga tinimsiz maqtovlar yog‘ilmoqda...
“Roma” Yevropa ligasi chorak final birinchi uchrashuvida “Atletik” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonganidan keyin Rim ahli bu muvaffaqiyatni nishonlashni to‘xtatgani yo‘q.

Ayniqsa, so‘nggi soniyada gol urib, muhim g‘alaba sababchisi bo‘lgan Eldor Shomurodov sha’niga tinimsiz maqtovlar yog‘ilmoqda. “Roma” muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek futbolchisiga bo‘lgan munosabatini bildirishmoqda.

Daniele Puppio:
Shomurodovga kamida uch yillik shartnoma beringlar. Biz buni quchoq ochib kutib olamiz.

Thomas Adamek:
Juda muhim gol. U bizni chorak finalga yetaklaydi. Rahmat, Eldor!

Fabrizio Falconi:
Eldor, biz seni yaxshi ko‘ramiz.

Nik Asr:
Bir daqiqada nimalar yuz berishi mumkinligini ko‘rdik. Eldorning goli tufayli g‘olib chiqdik.

Stefano Salvatori:
Eldor bu olamda eng chiroyli ismga aylandi.

Renato Biagiutti II:
Haqli g‘alaba, Eldorga katta rahmat.

Fiammenghi Goffredo:
Eldor to‘purar bo‘lmasligi mumkin, lekin doim “Roma” libosi uchun yuragini berib o‘ynaydi.

Luca Libertino:
Eldor, biz muxlislar seni yaxshi ko‘ramiz.

Gianluca Somma:
Eldor fenomen.

Luca Cutolo:
Eldor meni tildan qoldirdi...

Rosella Ciotti:
Shomurodov bir zarba bilan hammasini o‘zgartirib yubordi.

Gianluca Nanni:
Eldor har bir tanqidga munosib javob berib qo‘ydi...

Paolo Calderoni:
Endi Eldor Ispaniyada ham gol urishi kerak.

Libero Testa:
Eldor, butsangni bir poyini Dovbikka ber, o‘zining butsasida sirpanib ketyapti...

Giovanni Maddalena:
Endi Klaudio Raneri asosiy hujumchi kimligini aniqlab olishi kerak. Eldorni boshlang‘ich tarkibga tasdiqlagan ma’qul. Shomurodov bu gal ham kim muhimligini ko‘rsatdi.

Lino Lamanna:
Shomurodovning shartnomasini ayta ko‘rib chiqish lozim.

Alessio Alessio:
Eldor o‘yinni o‘zgartirib yuborishga qodir. Shomurodov, faoliyating qayerda davom etishidan qat’i nazar, men doim seni qadrlayman. Chunki sen, doim chin yurakdan o‘ynaysan.

Marko Paolucci:
Bu golni hech qachon unutmaymiz. Rahmat Eldor. Shomurodovga bir umrlik shartnoma bering!

Marco Mtz:
Shomurodov abadiy Rimda qolsin...

Mario Caso
Eldorga “Oltin to‘p” va 100 million yevro mukofot bering...

Domiziana Rollo:
“Roma” xo‘jayini bo‘lganimda Shomurodovni jamoada olib qolardim...

Enrico Venti:
Eldor mashaqqatli mehnat bilan asosiy tarkibdan o‘ziga joy ochmoqda.

Valentina Fracassi:
Shomurodov, supergol uchun senga alohida rahmat!

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda barcha turnirlarda 25 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasiga beshta gol urdi va jamoadoshlariga uchta assist uzatdi.

Rimlik ishqibozlarning Shomurodov haqidagi fikrlari: Agar o‘g‘il ko‘rsam, ismini Eldor qo‘yaman!

O‘xshash yangiliklar

Deku: Chempionlik uchun barqarorlik hal qiluvchi omil
Deku: Chempionlik uchun barqarorlik hal qiluvchi omil
"Barselona" sport direktori Deku Ispaniya chempionatidagi chempionlik poygasi haqida o‘z fikrlarini bildirib, mavsumning asosiy tamoyiliga e’tibor qaratdi: bu musobaqada bir-ikki
Sport Bugun, 19:18
Kanchelskis: Golovin "Borussiya"ga o‘tishi kerak edi
Kanchelskis: Golovin "Borussiya"ga o‘tishi kerak edi
Aleksandr Golovin "Monako" jamoasida ketma-ket sakkizinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis esa
Sport Bugun, 19:04
Rashfordning transferi: «Barselona» va «MYu» o‘rtasida kelishmovchilik
Rashfordning transferi: «Barselona» va «MYu» o‘rtasida kelishmovchilik
Markus Rashford hozirda «Barselona» jamoasida ijara asosida o‘ynamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yozda Kataloniya klubi uning transferini 30 million yevro evaziga «Manchester Yunayted»dan
Sport Bugun, 18:55
Tuxel Angliya bilan 2028 yilgacha shartnoma imzoladi
Tuxel Angliya bilan 2028 yilgacha shartnoma imzoladi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2028 yilgacha yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Germaniyalik mutaxassisning bu qarori nafaqat uning o‘zi uchun, balki jamoa
Sport Bugun, 18:04
Koul Palmerning xatosi "Chelsi"ni g‘alabadan mahrum qildi
Koul Palmerning xatosi "Chelsi"ni g‘alabadan mahrum qildi
Mashhur futbol sharhlovchisi Aleksandr Elagin yaqinda bo‘lib o‘tgan "Chelsi" va "Lids" uchrashuvida yuz bergan bir epizod haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 17:53
Garri Keyn: "Bavariya" uch sovrin yutishi mumkin
Garri Keyn: "Bavariya" uch sovrin yutishi mumkin
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn joriy mavsum yakunida jamoaning uch sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 17:45