Bugun
Prezident 2026 yilgi Navro'z bayramini sharafiga maxsus qaror imzoladi
+3°
пасмурно ветер 1.5 м/с, ЮЗ

Raneri gol urolmagan Shomurodovga nimalar deganini aytdi!

Sport
116

Raneri gol urolmagan Shomurodovga nimalar deganini aytdi!
"Roma”ni inqirozdan qutqarish uchun nafaqat yana murabbiylik kursisiga qaytgan Klaudio Raneri yuqori saviyali mutaxassis ekanini amalda isbotlab kelmoqda.

Joze Mourino davrida oltinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmagan jamoani qabul qilib olgan klub afsonasi Daniele De Rossi ham, A Seriyadagi muvaffaqiyatli faoliyati bilan ko‘zga tashlangan Ivan Yurich ham “Roma”ning ishlarini o‘nglay olmagan edi.

Oxirgi ikki murabbiy davrida “bo‘rilar” joriy mavsumning o‘zida musobaqa jadvalida autsayderlar qatoriga yaqinlashib qolgandi. Jamoaning Yevropa ligasida umumiy bosqichdan chiqish imkoniyatlari juda past baholanayotgan edi. Eng yomoni, o‘yinchilar o‘ziga va bir biriga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgandi.

Klaudio Raneri poytaxt jamoasini qabul qilib olishi bilan ichki muhitni sog‘lomlashtirdi. Avvalgi murabbiylar davrida zahiraga mixlangan bir necha o‘yinchilarga o‘zini ko‘rsatish imkonini berdi. Natijada “Roma”da ichki raqobat qayta paydo bo‘ldi. Matias Sule, Eldor Shomurodov, Lorenso Pellegrini, Mats Xummels kabi o‘yinchilar yana porlay boshladi.

Biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va to‘purari Eldor Shomurodov “Roma”da kerakmas o‘yinchidan qahramonga aylandi. 29 yoshli forvardimiz nafaqat Artyom Dovbikka o‘rinbosar bo‘la olishini, balki qimmatbaho hujumchi bilan raqobatlasha olishini ham ko‘rsatib kelmoqda.

Klaudio Raneri kelganidan keyin Eldor Shomurodovning o‘yin vaqti keskin oshdi. Legionerimiz bir necha marotaba uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi. Eldor ayrim jihatlar, xususan, jamoa hujumkorligini oshirish, jamoaviy o‘yin, Paulo Dibala va Matias Sule kabi yetakchi o‘yinchilar bilan hamkorlikda bahamjihat harakat qilishda raqobatchisi Artyom Dovbikdan ustun ekanini namoyish qildi.

Eldorning yagona kamchiligi ko‘p gol ura olmayotgani bo‘lib turibdi. Biroq hamyurtimizning boshqa ustunliklari bu kamchilikni yopib yubormoqda. Bosh murabbiy Klaudio Raneridan tortib, uning shtabidagi mutaxassislar, jamoadagi futbolchilar va hatto muxlislar ham buni to‘g‘ri qabul qilmoqda.

Xususan, “Empoli”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin jurnalistlar bosh murabbiy Klaudio Raneridan o‘zbek futbolchisining ikkita qulay vaziyatni boy berganiga munosabat so‘radi. 73 yoshli mutaxassis bunga quyidagicha fikr bildirdi.

- Shomurodov ajoyib yigit. Gol urolmaganidan siqildi. Men unga eng muhimi – zarur paytda, kerakli joyda paydo bo‘lish ekanini tushuntirdim. Gollar uriladigan va o‘tkaziladigan narsa xolos. Eldor bizga bir necha uchrashuvlar taqdirini hal qilib berdi.

Shomurodovga mening yoshim katta ekanini, butun uchrashuv davomida meni bosim ostida ushlab turmasligini aytib, bu yoshda meni ko‘p ham hayajonlantirmasligini so‘radim, - dedi Klaudio Raneri.

Endi rimliklar Yevropa ligasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘radi. Raneri shogirdlari 13 mart kuni nimchorak final javob o‘yinida “Atletik Bilbao” mehmoni bo‘ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi bellashuvda Eldor Shomurodovning so‘nggi soniyada kiritgan goli “Roma”ning 2:1 hisobdagi ustunligini ta’minlab turibdi.

Eldor Shomurodov joriy mavsumda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol va uchta samarali pas yozdirib qo‘ygan.

O‘xshash yangiliklar

Laporta Xavini oilaviy hayot va ishni muvozanatda ushlay olmaganlikda aybladi
Laporta Xavini oilaviy hayot va ishni muvozanatda ushlay olmaganlikda aybladi
Barselona futbol klubi prezidenti Joan Laporta yaqin kelajakda bo'lib o'tadigan saylovlar oldidan tashkil etilgan rasmiy debatda o'zining sobiq murabbiyi Xavi Ernandesga nisbatan
Sport Bugun, 11:11
Neymar 2026 Jahon chempionatiga tayyorgarlikda muhim qadam tashladi
Neymar 2026 Jahon chempionatiga tayyorgarlikda muhim qadam tashladi
Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelgusi yili bo'lib o'tadigan 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida dastlabki kengaytirilgan tarkibni
Sport Bugun, 10:40
O'zbekistonlik hakamlar Yaponiya va Koreya klublari bahsini boshqaradi
O'zbekistonlik hakamlar Yaponiya va Koreya klublari bahsini boshqaradi
O'zbekistonlik futbol hakamlari xalqaro maydonlarda o'zlarining keng ko'lamli tajribasi va mahoratini muntazam ravishda namoyon etib kelmoqdalar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bugun
Sport Bugun, 10:20
Infantino futbol jahon chempionati geosiyosiy vaziyatga qaramay o'tkaziladi
Infantino futbol jahon chempionati geosiyosiy vaziyatga qaramay o'tkaziladi
FIFA prezidenti Janni Infantino yaqin kelajakda bo'lib o'tadigan yirik futbol musobaqasi haqida mulohazalarini bildirib, 2026 yilda Amerika Qo'shma Shtatlari, Meksika va Kanadada
Sport Bugun, 10:15
Sobiq futbolchi PSJning bugungi holatini achinarli deb baholadi
Sobiq futbolchi PSJning bugungi holatini achinarli deb baholadi
Fransiyaning PSJ futzal klubi hozirda o'z tarixidagi eng og'ir va sinovli davrlardan birini boshdan kechirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jamoa o'z uyida Monako klubiga qarshi
Sport Bugun, 10:01
Latsio jamoasi Sassuoloni maglub etib muhim g'alaba qozondi
Latsio jamoasi Sassuoloni maglub etib muhim g'alaba qozondi
Italiya oliy futbol ligasining so'nggi turida Rim shahrida o'tgan bahs muxlislar uchun haqiqiy sport dramasi bo'lib qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Latsio va Sassuolo jamoalari
Sport Bugun, 09:22