Bugun
Tramp Isroilning Eron gaz koniga zarbasidan xabardor emasligini aytdi
+15°
пасмурно ветер 2.4 м/с, СЗ

Jek Grilish “Everton” klubiga ijaraga o‘tdi

Sport
28
Jek Grilish “Everton” klubiga ijaraga o‘tdi
Angliyalik futbolchi Jek Grilish “Manchester Siti” jamoasidan “Everton” klubiga o‘tdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi.

U mersisaydliklar bilan 2025-2026 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida shartnoma imzoladi. Bu haqda “Everton” klubining rasmiy sayti xabar berdi.

Britaniya matbuotining yozishicha, shartnomada Grilishni butunlay sotib olish imkoniyati ham bor. Klub futbolchini 50 million funt evaziga to‘liq sotib olishi mumkin.

Jek Grilish 2021 yildan buyon “Manchester Siti” tarkibida to‘p surib kelayotgandi. Bu davr mobaynida u uch marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

O‘tgan mavsumda Grilish barcha musobaqalarda jami 32 o‘yinda maydonga tushdi. U uchta gol urishga va beshta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangi klubida Grilish Angliya premer-ligasining birinchi turida “Everton” safida debyut qilishi kutilmoqda. Uchrashuvda “Everton” mehmonda “Lids” jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

O‘xshash yangiliklar

Barselona Nyukaslni uyda katta hisobda mag‘lub etdi
Barselona Nyukaslni uyda katta hisobda mag‘lub etdi
Kecha "Kamp Nou" stadionida UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yinda Ispaniyaning "Barselona" jamoasi
Sport Bugun, 01:24
Bashakshehir Antalyaspor o‘yini golsiz durang bilan yakunlandi
Bashakshehir Antalyaspor o‘yini golsiz durang bilan yakunlandi
Turkiya Superligasining yigirma yettinchi turidan joy olgan qiziqarli uchrashuvlardan biri Istanbul shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yinda mahalliy «Bashakshehir»
Sport Bugun, 00:17
OKMK Qizilqum ustidan birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
OKMK Qizilqum ustidan birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Superligasining to‘rtinchi turidan o‘rin olgan Navoiydagi o‘yinda OKMK jamoasi “Qizilqum”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va mavsumdagi birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 22:28
Qo‘qon Navbahorga qarshi so‘nggi daqiqada g‘alaba qozondi
Qo‘qon Navbahorga qarshi so‘nggi daqiqada g‘alaba qozondi
O‘zbekiston Superligasining to‘rtinchi turida “Qo‘qon-1912” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvda mahalliy jamoa 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘yinda
Sport Kecha, 22:15
Bunyodkor Xorazm ustidan qiyin g’alabaga erishdi
Bunyodkor Xorazm ustidan qiyin g’alabaga erishdi
O‘zbekiston Superligasining to‘rtinchi turidan o‘rin olgan “Xorazm” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nafaqat qiziqarli, balki kuchli raqobat bilan yodda qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Kecha, 21:55
Eldor Shomurodov Istanbul Bashakshehir asosiy tarkibida maydonga tushdi
Eldor Shomurodov Istanbul Bashakshehir asosiy tarkibida maydonga tushdi
Turkiya Superligasining yigirma yettinchi turida “Istanbul Bashakshehir” va “Antalyaspor” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yinga muxlislar katta qiziqish bilan qaradi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Kecha, 21:38