Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 fevral
+7°
небольшой дождь ветер 3.1 м/с, ЮВ

BAA Mundial yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqqanini tan oldimi?

Sport
149
BAA Mundial yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqqanini tan oldimi?
Futbol bo‘yicha Birlashgan Arab Amirligi terma jamoasi bosh murabbiyi Paulo Bento o‘z lavozimidan ozod qilindi. Taniqli futbol sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev “Daryo” nashriga bergan intervyusida ushbu holatga to‘xtalar ekan, ushbu holatni amirliklar jamoasi rahbariyati Jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmadan umid uzganliklari bilan izohladi.

- "Menimcha, BAA terma jamoasi Mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olishdan umidini uzdi. Sababi ular pley-off bosqichiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Amirliklar rahbariyati ushbu mutaxassis bilan Jahon chempionatiga chiqa olmasligini sezishdi hamda portugaliyalik murabbiyga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Oldinda 2 ta muhim bahs bor — O‘zbekiston va Qirg‘iziston. Har ikki uchrashuv ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Qatarni mag‘lub etgan qo‘shnilarimiz ham pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Agar Birlashgan Arab Amirligi qolgan 2 bahsda kerakli natijani qo‘lga kirita olmasa, qolgan 2,5 ta yo‘llanma uchun kurash olib borishni maqsad qilgan", deydi Mirzahakim To‘xtamirzayev.

Ma’lumot uchun, AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan musobaqa uchun Osiyo qit’asiga 8,5 ta o‘rin ajratilgan. 3 ta guruhdagi 1 va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olsa, guruhlardagi 3—4-o‘rindagi jamoalar pley-offlar orqali qolgan 2,5 ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi.

O‘xshash yangiliklar

“Tottenhem” “Siti”ni to‘xtatdi, Solanke qahramon bo‘ldi
“Tottenhem” “Siti”ni to‘xtatdi, Solanke qahramon bo‘ldi
Angliya Premer-ligasining 24-tur uchrashuvidan biri Londonda muhim voqealar bilan yodda qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “Tottenhem” o‘z maydonida chempionlik uchun asosiy da’vogar “Manchester
Sport Kecha, 23:20
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning eng yaxshilaridan!
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning eng yaxshilaridan!
"Manchester Siti" rasmiy sayti yanvar oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida uch nafar nomzodni e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ro‘yxatda himoyachi Abduqodir
Sport Kecha, 22:18
«Barselona» chorak finalda «Albasete»ni sinovdan o‘tkazadi
«Barselona» chorak finalda «Albasete»ni sinovdan o‘tkazadi
Ispaniya Kubogining chorak finalida «Barselona» jamoasi «Albasete» bilan bahs olib boradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yin oldidan «Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik raqibni jiddiy
Sport Kecha, 20:50
Rodri: "Hakamlar qarori o‘yin taqdirini o‘zgartirdi"
Rodri: "Hakamlar qarori o‘yin taqdirini o‘zgartirdi"
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Manchester Siti" va "Tottenhem" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd
Sport Kecha, 19:10
O‘zbekiston U-20: Xitoyda jiddiy sinovlar kutmoqda
O‘zbekiston U-20: Xitoyda jiddiy sinovlar kutmoqda
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi oldinda turgan musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 27-yanvardan boshlab jamoa Toshkentdagi Milliy futbol markazida o‘quv-yig‘in
Sport Kecha, 18:57
Anchelotti Braziliya bilan 2030 yilgacha ishlaydi
Anchelotti Braziliya bilan 2030 yilgacha ishlaydi
Braziliya futbol konfederatsiyasi va Karlo Anchelotti o‘rtasidagi hamkorlik uzoq muddat davom etishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tajribali
Sport Kecha, 15:36