Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 fevral
+7°
небольшой дождь ветер 3.1 м/с, ЮВ

Gvardiola matbuot anjumanida Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

Sport
134
Gvardiola matbuot anjumanida Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi
Pep Gvardiola Angliya Kubogi doirasidagi "Bornmut"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Abduqodir Husanov haqida gapirdi.

U bunchalik ko‘p o‘yin o‘tkazishi kutilmagandi, ammo butun mavsum davomida himoya chizig‘imizda yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etdi. Unda o‘ziga xos fazilatlar bor, bu aniq. Juda, juda ajralib turadigan xususiyatlarga ega; u g‘oyat chaqqon, maydonda borini beradi, ba’zan yuz ifodasi buni ko‘rsatmasa-da, ko‘plab harakatlarida butun ehtirosini namoyon etadi...

Va biz undan qisqa vaqt ichida, mashg‘ulotsiz va boshqa ko‘p narsalarsiz ham zavqlanmoqdamiz. U bizga juda katta yordam berdi!

Vitor ikkisi hali yosh, mavsum o‘rtasida moslashish oson emas, yangi o‘yinchilar, yangi liga va shunga o‘xshash narsalar, ammo ular juda yaxshi holatda va nihoyatda ijobiy kayfiyatda...

Biz Abduqodirni ingliz tilini mashq qilish va o‘rganishga undaymiz, chunki muloqotga kirishish uchun bu juda muhim...

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi bellashuv yakshanba kuni 20:30 da boshlanadi.

Manba: https://t.me/uz_eksport

O‘xshash yangiliklar

“Tottenhem” “Siti”ni to‘xtatdi, Solanke qahramon bo‘ldi
“Tottenhem” “Siti”ni to‘xtatdi, Solanke qahramon bo‘ldi
Angliya Premer-ligasining 24-tur uchrashuvidan biri Londonda muhim voqealar bilan yodda qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “Tottenhem” o‘z maydonida chempionlik uchun asosiy da’vogar “Manchester
Sport Kecha, 23:20
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning eng yaxshilaridan!
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning eng yaxshilaridan!
"Manchester Siti" rasmiy sayti yanvar oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida uch nafar nomzodni e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ro‘yxatda himoyachi Abduqodir
Sport Kecha, 22:18
«Barselona» chorak finalda «Albasete»ni sinovdan o‘tkazadi
«Barselona» chorak finalda «Albasete»ni sinovdan o‘tkazadi
Ispaniya Kubogining chorak finalida «Barselona» jamoasi «Albasete» bilan bahs olib boradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yin oldidan «Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik raqibni jiddiy
Sport Kecha, 20:50
Rodri: "Hakamlar qarori o‘yin taqdirini o‘zgartirdi"
Rodri: "Hakamlar qarori o‘yin taqdirini o‘zgartirdi"
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Manchester Siti" va "Tottenhem" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd
Sport Kecha, 19:10
O‘zbekiston U-20: Xitoyda jiddiy sinovlar kutmoqda
O‘zbekiston U-20: Xitoyda jiddiy sinovlar kutmoqda
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi oldinda turgan musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 27-yanvardan boshlab jamoa Toshkentdagi Milliy futbol markazida o‘quv-yig‘in
Sport Kecha, 18:57
Anchelotti Braziliya bilan 2030 yilgacha ishlaydi
Anchelotti Braziliya bilan 2030 yilgacha ishlaydi
Braziliya futbol konfederatsiyasi va Karlo Anchelotti o‘rtasidagi hamkorlik uzoq muddat davom etishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tajribali
Sport Kecha, 15:36