Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 fevral
+7°
пасмурно ветер 5 м/с, ЮВ

Gvardiola Abduqodir Husanovdan bunaqasini kutmagan edi!

Sport
144
Gvardiola Abduqodir Husanovdan bunaqasini kutmagan edi!
Angliya Premer-ligasidagi birinchi o‘zbek futbolchisi, zamonaviy futbol vatanida gol urgan ilk o‘zbekistonlik legioner sifatida futbol tarixiga o‘z nomini yozdirib qo‘ygan Abduqodir Husanov bu mamlakatda ilk sovrinini ham qo‘lga kiritishi mumkin.

Buning uchun “Manchester Siti” nufuzli musobaqa – Angliya kubogida g‘olib chiqishi talab etiladi.

Angliya kubogi futbol olamidagi eng qadimiy turnir hisoblanadi. Birinchi bor Angliya kubogi 1871-1972 yillarda o‘tkazilgan. Bosh sovrinning ilk sohibi “Uonderers” jamoasi bo‘lgan. Bu klub musobaqaning dastlabki sakkiz yilida besh bor Angliya kubogini o‘ziniki qilgan.

154 yildan beri tashkil etib kelinayotgan turnirning joriy mavsumida Xose Gvardiola shogirdlari chorak finalga yetib kelgan.

30 mart kuni “shaharliklar” yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan uchrashuvda “Bornmut” mehmoni bo‘ladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qirg‘iziston (1:0) va Eron terma jamoalariga (2:2) qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda to‘liq o‘ynagan Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibida bo‘lajak bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Angliya futbolini yoritayotgan cityxtra.co.uk sayti “Bornmut”ga qarshi o‘tkaziladigan bellashuv oldidan Abduqodir Husanov haqida ma’lumot berib, bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning o‘zbek legioneri haqidagi fikrlarini ham keltirib o‘tdi.

- Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” o‘yiniga darrov juda katta ta’sir ko‘rsatishi Xosep Gvardiola uchun umuman kutilmagan holat bo‘ldi. Buni ispaniyalik bosh murabbiyning o‘zi ham jurnalistlar bilan muloqotlarda e’tirof etmoqda.

Yanar oyida Fransiya chempionati vakili “Lans”dan 33,6 million funt sterlingga transfer qilingan Husanov qisqa fursatda Gvardiolaning asosiy tarkibidagi muhim figuraga aylandi.

Husanovning o‘yin uslubi, tezkorligi, himoya markazida shiddat bilan dadil harakat qilishi uni “Manchester Siti” muxlislarining asosiy qahramoniga aylantirdi. Abduqodir “Real”, “Liverpul”, “Nyukasl” va “Tottenxem” kabi qudratli raqiblarga qarshi yuqori darajada o‘ynadi.

Bosh murabbiy Xosep Gvardiola Husanov haqida gapirar ekan, “Abduqodirda alohida sifatlar bor, bunisi aniq. Eng muhimi – u juda tezkor, garchi o‘zi yashirishga urinsa-da, ko‘plab harakatlarida futbolga bo‘lgan katta ishtiyoqi namoyon bo‘lib turadi.

Qisqa fursatda, mashg‘ulotlarsiz va shu kabi muhim omillarsiz Husanov bizga juda katta yordam berayotganidan juda xursandmiz.

Husanov va Vitor Reys hali ancha yosh, mavsumning o‘rtasida yangi jamoa va boshqa chempionatga kelib, birdaniga moslashib ketish oson emas. Bu ikki himoyachi juda yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega, kayfiyati har doim ko‘tarinki. Biz ularni mashg‘ulotlarga chuqurroq jalb etyapmiz, ingliz tilini o‘rgatyapmiz, chunki ularning jamoadagilar bilan ko‘proq muloqot qilishi juda muhim
”, dedi.

Bundan tashqari, Husanovning “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tishi O‘zbekistondan uning ishtirokidagi uchrashuvlarni ko‘rish uchun kelayotgan muxlislar sonini ortishiga sabab bo‘ldi, - deb yozmoqda cityxtra.co.uk sayti eksperti Vayam Laxoti.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov Manchesterga kelganidan beri yangi jamoasi safida Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Yevropa Chempionlar ligasi musobaqalarida jami sakkiz marotaba maydonga tushib, bitta gol ham urdi.

Legionerimizning manchesterliklar bilan hamkorlik shartnomasi 2029 yilning yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali o‘zbek futbolchisining transfer summasini 35 million yevroga ko‘tardi. Shu tariqa, Husanov Osiyo qit’asining eng qimmat himoyachilaridan biriga aylandi.

O‘xshash yangiliklar

“Tottenhem” “Siti”ni to‘xtatdi, Solanke qahramon bo‘ldi
“Tottenhem” “Siti”ni to‘xtatdi, Solanke qahramon bo‘ldi
Angliya Premer-ligasining 24-tur uchrashuvidan biri Londonda muhim voqealar bilan yodda qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “Tottenhem” o‘z maydonida chempionlik uchun asosiy da’vogar “Manchester
Sport Kecha, 23:20
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning eng yaxshilaridan!
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning eng yaxshilaridan!
"Manchester Siti" rasmiy sayti yanvar oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida uch nafar nomzodni e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ro‘yxatda himoyachi Abduqodir
Sport Kecha, 22:18
«Barselona» chorak finalda «Albasete»ni sinovdan o‘tkazadi
«Barselona» chorak finalda «Albasete»ni sinovdan o‘tkazadi
Ispaniya Kubogining chorak finalida «Barselona» jamoasi «Albasete» bilan bahs olib boradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yin oldidan «Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik raqibni jiddiy
Sport Kecha, 20:50
Rodri: "Hakamlar qarori o‘yin taqdirini o‘zgartirdi"
Rodri: "Hakamlar qarori o‘yin taqdirini o‘zgartirdi"
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Manchester Siti" va "Tottenhem" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd
Sport Kecha, 19:10
O‘zbekiston U-20: Xitoyda jiddiy sinovlar kutmoqda
O‘zbekiston U-20: Xitoyda jiddiy sinovlar kutmoqda
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi oldinda turgan musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 27-yanvardan boshlab jamoa Toshkentdagi Milliy futbol markazida o‘quv-yig‘in
Sport Kecha, 18:57
Anchelotti Braziliya bilan 2030 yilgacha ishlaydi
Anchelotti Braziliya bilan 2030 yilgacha ishlaydi
Braziliya futbol konfederatsiyasi va Karlo Anchelotti o‘rtasidagi hamkorlik uzoq muddat davom etishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tajribali
Sport Kecha, 15:36