Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 fevral
+7°
небольшой дождь ветер 4.3 м/с, ЮВ

Ispaniya: «Atletiko» o‘yindan tashqari holatda (video)

Sport
99

Ispaniya: «Atletiko» o‘yindan tashqari holatda (video)
Shanba oqshomida Ispaniya futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat haqida ushbu maqola orqali bilib olasiz.

«Espanyol» – «Atletiko» 1:1
Gollar
: Puado 71(pen) – Aspilikueta 38.
«Atletiko»: Oblak, Lorente, Le Norman (Ximenez, 28), Langle, Aspilikuyeta (Reynildu, 81), Simeone (Molina, 64), Gallaxer (Rikelme, 81), Birrios, Lino (De Paul, 46), Syorlot (Alvares, 64), Grizmann.
Ogohlantirish: Kubula 21, Velis 73, Ximenes 90+1.

Katta ehtimol bilan Ispaniyadagi chempionlik poygasi ishtirokchilari soni ikkitagacha qisqardi, «Atletiko» uni tark etdi. Madridliklar FIFA kunlaridan oldin «Xetafe» va «Barselona»ga yutqazgandi, endi esa — xavfli zona yaqinidagi «Espanyol» bilan o‘yinda g‘alaba qo‘ldan chiqarildi.

Uchrashuvdagi eng qiziqarli vaziyat yon hakam bilan bog‘liq bo‘ldi
Holbuki birinchi bo‘lim oxirlarida himoyachi Aspilikueta jarima maydonida havodagi to‘pni yuqori burchakka joylaganidan keyin mehmonlar bu ustunlikni boy bermaydigandek ko‘ringandi. Ammo barchasini Langlening xatosi barbod qildi, u standart vaziyatda to‘p uzatilganida jarima maydoni ichida arbitrning ko‘z o‘ngida raqibni futbolkasidan tortib yiqitdi. Bunga esa umuman zarurat yo‘q edi, chunki Kabrera darvozaga xavf solishga yaqin ham kelmagandi. Bu epizodda to‘p shunchaki Oblakka borayotgandi, yakunda esa muhim ochkolar boy berildi. Diyego Simeone «Espanyol» maydonidagi so‘nggi olti o‘yinda faqat bitta g‘alabaga erishgan. Endi «Atletiko» bu tur o‘yinini hali o‘tkazmagan «Barselona»dan olti ochkoga ortda qolmoqda va ispaniyalik statistikachilar «matraschilar»ning titul uchun imkoniyatlarini 2,2 foiz deb baholamoqda.

«Real» — «Leganes» 3:2
Gollar
: Mbappe (32 penalti, 76), Bellinghem (47) — Garsiya (33), Raba (41).
«Real» — Lunin, Vaskes (Valverde, 72), Ryudiger, Asensio, Garsiya, Modrich (Chuameni, 81), Kamavinga, Dias (Vinisius, 62), Bellinghem, Guler (Rodrigo, 62), Mbappe.
«Leganes» — Dmitrovich, Roze, Poyyer, Nastasich, Ernandes, Neyu, Tapia (Brashanach, 86), Krus (Diomande, 86), Raba (de la Fuente, 86), Rodriges, Garsiya (Munir, 83).
Ogohlantirishlar: Ernandes (62), Achensio (62), Garsiya (65), Tapia (75), Rodriges (89).

«Real»ning ham ishi oson kechmadi, JCH-2026 saralashidan keyin «Leganes»ga qarshi o‘yinni madridliklar janubiy amerikalik futbolchilarisiz boshladi. Holbuki avvaliga qaymoqranglilarda jiddiy muammo yo‘qdek ko‘ringandi. Mezbonlar o‘z uslubida bosimni kuchaytirib borishdi, vaziyatlar yuzaga keltirildi, Bellinghemning jarima maydoni ichiga nozik uzatmasi Gulerga fol ishlatilishi bilan yakunlandi.

Mbappe zarbani panenka uslubida ijro etdi. Bu vaziyatda darvozabon markazga qaytib, to‘pga ulgurishiga ham bir baxya qolgandi.

Ammo birinchi bo‘lim qahramoni Kilian emas, vatandoshi Roze bo‘ldi. Avvaliga «Leganes» laterali hujumga qo‘shilishi Diyego Garsiyaning goli bilan yakunlandi, sakkiz daqiqa o‘tib esa u maydon markazida Braim Dias to‘pni yo‘qotgach, boshlab bergan hujumni Dani Raba gol bilan yakunladi. Tanaffusga qadar Mbappeda gol urish uchun yana ikkita imkoniyat bo‘ldi, ammo baribir madridliklar kiyim almashtirish xonasiga g‘amgin kayfiyatda yo‘l olishdi.

«Leganes» muxlislari yana 15 daqiqa davomida xursandchilik qilishdi, ammo ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan barchasi o‘zgarib ketdi. «Real»ning birinchi bo‘limdagi omadsizliklari bir hujumda esdan chiqarildi: Garsiya to‘pni Bellinghemga topshirdi va u yerlatib kuchli zarba berdi. To‘pni Dmitrovich qaytardi, qaytgan to‘pga Dias yetib keldi va to‘p to‘singa bordi va yana Judga qaytib keldi. Bu safar mehmonlarni hech kim qutqara olmadi.

Ko‘p o‘tmay Braimning zarbasidan keyin to‘p ustunga bordi. Anchelotti esa o‘yinning bir soati ortda qolganida Arda va Dias o‘rniga Rodrigo hamda Vinisiusni maydonga tushirdi. Lekin baribir hal qiluvchi ishni Mbappe bajardi. Jarima maydoni yaqinida Rodrigo yiqildi, bu vaziyatda mehmonlar himoyachisi Renato Tapiya to‘pga ulgurgandi, ammo bosh hakam Iturralde Gonsales jarima zarbasi belgiladi.

Kilian standart vaziyatni Garsiya bilan o‘ynab, qaytarilgan to‘pni yerlatib berilgan zarba bilan ustun yonidan to‘rga kiritdi. Bu uning «Real»dagi debyut mavsumida 33-golini urishi bo‘ldi, u bu borada Ronaldu va van Nistelroyning natijasini takrorladi, oldinda faqat Samorano (37 gol) bor. Unda qolgan ikki oy ichida bu borada ham birinchi o‘ringa chiqib olish imkoniyat yetarli. Bundan tashqari, u professional darajadagi gollari sonini 364 taga yetkazdi va eng yaxshi fransuz to‘purarlari ro‘yxatida Rojer Kurtua bilan tenglashdi, oldinda esa faqat Karim Benzema (491) va Tiyerri Anri (411) bor.

Bu g‘alabadan keyin «Real» ochkolar soni bo‘yicha «Barsa»ga yetib oldi va raqibining yakshanba oqshomida «Jirona»ga qarshi kechadigan derbi o‘yini natijasini kutadi.

O‘xshash yangiliklar

“Tottenhem” “Siti”ni to‘xtatdi, Solanke qahramon bo‘ldi
“Tottenhem” “Siti”ni to‘xtatdi, Solanke qahramon bo‘ldi
Angliya Premer-ligasining 24-tur uchrashuvidan biri Londonda muhim voqealar bilan yodda qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “Tottenhem” o‘z maydonida chempionlik uchun asosiy da’vogar “Manchester
Sport Kecha, 23:20
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning eng yaxshilaridan!
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning eng yaxshilaridan!
"Manchester Siti" rasmiy sayti yanvar oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida uch nafar nomzodni e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ro‘yxatda himoyachi Abduqodir
Sport Kecha, 22:18
«Barselona» chorak finalda «Albasete»ni sinovdan o‘tkazadi
«Barselona» chorak finalda «Albasete»ni sinovdan o‘tkazadi
Ispaniya Kubogining chorak finalida «Barselona» jamoasi «Albasete» bilan bahs olib boradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yin oldidan «Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik raqibni jiddiy
Sport Kecha, 20:50
Rodri: "Hakamlar qarori o‘yin taqdirini o‘zgartirdi"
Rodri: "Hakamlar qarori o‘yin taqdirini o‘zgartirdi"
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Manchester Siti" va "Tottenhem" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd
Sport Kecha, 19:10
O‘zbekiston U-20: Xitoyda jiddiy sinovlar kutmoqda
O‘zbekiston U-20: Xitoyda jiddiy sinovlar kutmoqda
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi oldinda turgan musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 27-yanvardan boshlab jamoa Toshkentdagi Milliy futbol markazida o‘quv-yig‘in
Sport Kecha, 18:57
Anchelotti Braziliya bilan 2030 yilgacha ishlaydi
Anchelotti Braziliya bilan 2030 yilgacha ishlaydi
Braziliya futbol konfederatsiyasi va Karlo Anchelotti o‘rtasidagi hamkorlik uzoq muddat davom etishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tajribali
Sport Kecha, 15:36