Bugun
Diyora Keldiyorova oilasi bilan Parijda dam olmoqda
+7°
пасмурно ветер 2.3 м/с, С

Jahon chempionatiga chiqish uchun bu qadar yaqin kelmagandik

Sport
139
Jahon chempionatiga chiqish uchun bu qadar yaqin kelmagandik
Ertaga, 3 aprel kuni navbatdagi U-17 Osiyo chempionati start oladi. O‘smirlar o‘rtasidagi ushbu qit’a birinchiligi 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa mezbonligini Saudiyaga berish 2024 yilning 24 may kuni OFK tomonidan rasman ma’lum qilingandi.

Bu o‘ziga xos yubiley musobaqa bo‘ladi. Sababi U-17 Osiyo chempionati 20-bor tashkil qilinmoqda. Odatga ko‘ra, turnirda 16ta jamoa ishtirok etadi va jamoalar 4tadan 4 guruhga bo‘lingan. Quyida guruhlar hamda o‘yinlar boshlanish vaqtini Toshkent vaqti bilan keltirib o‘tamiz.

A guruhi - Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Tailand, Xitoy.

3 aprel. 20:00. O‘zbekiston - Tailand
3 aprel. 22:15. Saudiya Arabistoni - Xitoy

6 aprel. 20:00. Xitoy - O‘zbekiston
6 aprel. 22:15. Tailand - Saudiya Arabistoni

9 aprel. 22:15. Tailand - Xitoy
9 aprel. 22:15. Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston

B guruhi - Yaponiya, Avstraliya, Vetnam, BAA.

4 aprel. 20:00. Avstraliya - Vetnam
4 aprel. 22:15. Yaponiya - BAA

7 aprel. 20:00. Vetnam - Yaponiya
7 aprel. 22:15. BAA - Avstraliya

10 aprel. 20:00. Yaponiya - Avstraliya
10 aprel. 20:00. Vetnam - BAA

C guruhi - Janubiy Koreya, Yaman, Afg‘oniston, Indoneziya.

4 aprel. 20:00. Janubiy Koreya - Indoneziya
4 aprel. 22:15. Yaman - Afg‘oniston

7 aprel. 20:00. Indoneziya - Yaman
7 aprel. 22:15. Afg‘oniston - Janubiy Koreya

10 aprel. 22:15. Janubiy Koreya - Yaman
10 aprel. 22:15. Afg‘oniston - Indoneziya

D guruhi - Eron, Tojikiston, Ummon, KXDR.

5 aprel. 20:00. Tojikiston - Ummon
5 aprel. 22:15. Eron - KXDR

8 aprel. 20:00. KXDR - Tojikiston
8 aprel. 22:15. Ummon - Eron

11 aprel. 22:15. Ummon - KXDR
11 aprel. 22:15. Eron - Tojikiston

Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi guruh bahslarini Taifda o‘tkazadi Dastlabki ikki bahs "Okaz" stadonida kechsa, Saudiya Arabistoniga qarshi oxirgi tur uchrashuvi "Qirol Fahd" stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘yinlar boshlanish vaqti biz uchun birmuncha noqulay. Sababi mahalliy vaqt bilan dastlabki ikkita o‘yinni 18:00da boshlaymiz. Faqat mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv 20:15da start oladi. Shunga qaramay yosh futbolchilarimizdan sabrli bo‘lishni hamda oxirigacha kurashishni kutib qolamiz.

Tarixda birinchi marta Jahon chempionatida 8ta jamoa!

Ha, shunday. FIFA U-17 jahon chempionati ishtirokchilarini ko‘paytirishga va musobaqani har yil o‘tkazishga qaror qildi. Masalan, avvalgi yillari Osiyoga to‘rtta yo‘llanma berib kelingan bo‘lsa, endilikda 8ta yo‘llanma tortiq etildi. Bu degani guruhdan chiqqan barcha 8 jamoa shu bilan birga JCH yo‘llanmasiga ham ega bo‘ladi.

U-17 Jahon chempionati 2025 yildan to 2030 yilga qadar faqat Qatarda tashkil etiladi. Yangi formatdagi ilk musobaqa shu yilning 3-27 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Endilikda ushbu yoshdagi mundialda 48ta jamoa qatnashadi.

Agar guruhdan chiqsak, chorak final o‘yinini 13 aprel kuni B guruhi jamoalaridan biriga qarshi o‘tkazamiz. B guruhida Yaponiya, Avstraliya, Vetnam, BAA o‘zaro bahs olib boradi. 17 aprel yarim final uchrashuvlari o‘tkazilsa, 20 aprelda musobaqaning hal qiluvchi final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Yana bir ma’lumot, 3-o‘rin uchun bahs o‘tkazilmaydi.

Biz uchun eng oson musobaqa

Hali hech qachon o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlarida Jahon chempionatiga chiqish uchun bu qadar yaqin kelmagandik. Oldingi turnirlarda guruhdan chiqib ham chorak finaldan o‘tsakgina JCH yo‘llanmasiga ega bo‘lardik. Endi bo‘lsa hammasi yanada osonlashdi. Guruhdan chiq va JCH yo‘llanmasiga ega bo‘l.

Lekin bu degani guruhdan chiqish ham osonlashdi degani emas. Chunki raqiblarimiz ham qulay imkoniyatdan foydalanishga harakat qiladi. Albatta, Saudiya Arabistoni guruh favoriti sifatida ko‘rinmoqda. Shuningdek, Tailand bilan Xitoyni ham esdan chiqarmaslik lozim.

Tarkibimizda kimlar bor?

Quyida U-17 Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi tarkibini keltirib o‘tamiz. Bosh murabbiy Islom Ismoilov mazkur musobaqada ishtirok uchun 23 nafar futbolchini tanlab olgan.

№1 Ibrohim Shokirov 18.03.2008 (darvozabon, "Paxtakor")
№2 Hojiakbar Botiraliyev 02.01.2008 (himoyachi, "Navbahor")
№3 Muhammad Hakimov 04.10.2009 (himoyachi, "Paxtakor")
№4 Mo‘minxon Bahodirxonov 30.03.2008 (himoyachi, Odil Ahmedov FA)
№5 Amirxon Muradov 15.06.2008 (himoyachi, "Paxtakor")
№6 Miraziz Abdukarimov 11.05.2008 (himoyachi, "Paxtakor")
№7 Sadriddin Hasanov 21.05.2008 (yarim himoyachi, "Bunyodkor")
№8 Akbar Muhammadov 30.05.2008 (yarim himoyachi, "Paxtakor")
№9 Nurbek Sarsenbayev 27.09.2008 (hujumchi, "Jayxun")
№10 Muhammad Habibullayev 29.01.2008 (yarim himoyachi, "Lokomotiv")
№11 Sayfiddin Sodiqov 27.06.2008 (yarim himoyachi, Odil Ahmedov FA)
№12 Bahodir Izboskanov 22.07.2008 (darvozabon, "Bunyodkor")
№13 Abdulloh Fazliddinov 21.01.2008 (himoyachi, OKMK)
№14 Behruz Saidmurodov 09.02.2008 (himoyachi, "Paxtakor")
№15 Muhammadali Musoxonov 18.12.2008 (himoyachi, Odil Ahmedov FA)
№16 Azizbek Abdumo‘minov 04.11.2008 (yarim himoyachi, "Mash’al")
№17 Jamshidbek Rustamov 26.03.2008 (yarim himoyachi, Odil Ahmedov FA)
№18 Abubakir Shukurullayev 02.02.2008 (yarim himoyachi, "Paxtakor")
№19 Azizbek Erimbetov 04.04.2008 (yarim himoyachi, "Jayxun")
№20 Asilbek Aliyev 01.01.2009 (hujumchi, Odil Ahmedov FA)
№21 Ne’matulloh Rustamjonov 17.03.2008 (darvozabon, Odil Ahmedov FA)
№22 Faridjon Abdullayev 13.08.2008 (yarim himoyachi, Toshkent FA)
№23 Dilyorbek Mahmudjonov 03.12.2008 (himoyachi, "Andijon")

O‘smirlarimizga bo‘lajak Osiyo chempionatida omad tilab qolamiz. Yurtimizga 2012 yilda bo‘lgani kabi chempion bo‘lib qaytish nasib qilsin.

X.Xoliqov

O‘xshash yangiliklar

Marselo Delgado "Boka Xuniors" sport direktori bo‘ldi
Marselo Delgado "Boka Xuniors" sport direktori bo‘ldi
Argentina futbolining mashhur klublaridan biri hisoblangan "Boka Xuniors" sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U klub prezidenti Xuan
Sport Bugun, 14:35
Al-Nasr rahbariyatida o‘zgarishlar: direktor iste’fosi
Al-Nasr rahbariyatida o‘zgarishlar: direktor iste’fosi
Al-Nasr futbol klubida Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat sabab muhim o‘zgarishlar kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, klub direktorlar kengashi raisi Muhammad al-Skit lavozimini
Sport Bugun, 14:23
Jessi Marsh bolaligidan "Milan"ga muxlislik qiladi
Jessi Marsh bolaligidan "Milan"ga muxlislik qiladi
Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh Italiyaning "Milan" futbol klubiga uzoq yillardan beri muxlislik qilishini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu klubga bo‘lgan
Sport Bugun, 14:04
Rangnik Kamplni tug‘ruq arafasida o‘ynashga majbur qilgan
Rangnik Kamplni tug‘ruq arafasida o‘ynashga majbur qilgan
Sloveniya futbolchisi Kevin Kampl futbolchilik faoliyatini yakunlagach, «RB Leyptsig»dagi faoliyati davomida yuz bergan bir voqeani eslab o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, bosh
Sport Bugun, 13:56
Kristian Romero "Real"ga o‘tishi mumkin
Kristian Romero "Real"ga o‘tishi mumkin
Argentina terma jamoasi va Londonning "Tottenhem" klubi markaziy himoyachisi Kristian Romero yozda Ispaniya futbol grandlaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Bu haqda
Sport Bugun, 13:38
Panenka: "Panenka" uslubi kamsitish uchun emas
Panenka: "Panenka" uslubi kamsitish uchun emas
Afsonaviy futbolchi Antonin Panenka futbol olamida keng tarqalgan "panenka" uslubi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu zarbani 1976 yilgi Yevropa
Sport Bugun, 13:23