Bugun
Melaniya Tramp va Lukashenko ukrainalik bolalar taqdiri haqida muzokara qildi
+20°
пасмурно ветер 1.8 м/с, З

Abbosbek Fayzullayevga Miralem Pyanich "Barselona" qanday o‘tish yo‘lini o‘rgatdi

Sport
141

Abbosbek Fayzullayevga Miralem Pyanich "Barselona" qanday o‘tish yo‘lini o‘rgatdi
Keyingi paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning Yevropaning top-ligalariga o‘tish imkoniyati yana keng muhokama qilina boshladi.

Ayniqsa, Pro Sports Management promouterlik kompaniyasi rahbari German Tkachenko SSKAda o‘ynayotgan o‘zbek futbolchisining Yevropaga ketadigan davri kelgani va ular Fayzullayevning faqat top-ligalarga yo‘l olishi bo‘yicha ish yuritayotganini aytganidan keyin bu mavzu yanada kuchaydi.

Hozir SSKA safida o‘z davrida Yevropaning qudratli klublari, xususan, “Barselona”da porlagan Miralem Pyanich Abbosbek Fayzullayev bilan yelkama-yelka to‘p tepmoqda. Jurnalistlar futbol yulduzidan Abbosbek Fayzullayevga baho berish va darajasini baholashni so‘radi.

- Ortimga qarab, men o‘z faoliyatimdan faxrlanishim mumkin. Fransiyada “Mes” va “Lion”, Italiyada “Roma” va “Yuventus”, dunyoga mashhur “Barselona”da o‘ynadim. Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan keyin Rossiyaga kelib, ajoyib jamoa – SSKAga qo‘shildim.

SSKAdagi asosiy vazifam – jamoaga maksimal foyda keltirish. Tajribam, futbolchi sifatidagi mahoratim va bilimlarim jamoaga yordam beryapti, deb umid qilaman. Bu yerda fantastik kollektiv jamlangan.

SSKA o‘yinchilaridan Abbosbek Fayzullayev o‘zida bir qator futbol sifatlarini jamlagan. Oldinga tashlayotgan qadamlaridan avval, hozirgacha nimalarga erishganiga e’tibor qarataylik. Mana shunday navqiron yoshda qo‘lga kiritgan natijalari uchun yurishini qayerdan boshlagan edi?

Fayzullayev muntazam o‘syapti, uning mentaliteti to‘g‘ri shakllangan, futbolni yaxshi ko‘radi va to‘p tepishdan rohat oladi.

Agar Abbosbek “Barselona”ga qo‘shilishni istasa, demak, orzusi amalga oshishiga ishonishi va maqsadi sari to‘xtamay intilishi shart. Bu mashaqqatli va uzoq yo‘l, biroq hech qachon intilishdan to‘xtamaslik va ortga chekinmaslik kerak.

Har kuni jiddiy mehnat qilish, mashg‘ulotlarda ter to‘kish, o‘yinlarga borini berish, har jihatdan eng zo‘ri bo‘lishga intilishi lozim. Muvaffaqiyatga erishishning boshqa yo‘li yo‘q.

Eng muhimi – o‘zini chegaralamaslik kerak, hamma narsani uddalashga qodirligiga ishonishning ahamiyati juda katta. Men Abbosni juda yorqin kelajak kutayotganiga aminman, - dedi Miralem Pyanich.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan SSKA ko‘chib o‘tgan Abbosbek Fayzullayev bir necha bor orzusi “Barselona”da o‘ynash va futboldagi kumiri Lionel Messi ekanini aytib o‘tgan. Shuningdek, aksariyat mutaxassislarning aksariyati ham o‘zbek futbolchisi o‘yin uslubi jihatidan ispan futboliga mos ekanini ta’kidlagan.

Fayzullayev SSKAga ko‘chib o‘tganidan beri “armiyachilar” safida barcha turnirlarda 60 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 21 ta golli pas uzatdi.

21 yoshli legionerimizning Rossiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Transfermarkt portali Fayzullayevning transfer summasini 8 million yevroga baholamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yuventus Bernardo Silva uchun yetti million yevrolik taklif tayyorlamoqda
Yuventus Bernardo Silva uchun yetti million yevrolik taklif tayyorlamoqda
La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, «Yuventus» klubi «Manchester Siti» jamoasining yarim himoyachisi Bernardo Silvaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 12:51
Betis Barселonaning yosh himoyachisi Esparga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Betis Barселonaning yosh himoyachisi Esparga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Ispaniya futbolida yangi transfer haqida qiziqarlixabarlar taraldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Andalusiyaning Betis klubi Kataloniyaning mashhur Barселona jamoasining yosh himoyachisi Xavi
Sport Bugun, 12:31
Inter Luninni sotib olishga qiziqish bildirmoqda
Inter Luninni sotib olishga qiziqish bildirmoqda
Milan shahridagi "Inter" jamoasi o'z tarkibini yangi darvozabon bilan to'ldirishga qaratilgan izlanishlarini davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hozirda klub
Sport Bugun, 12:03
Ashraf Hakimi Afrika Millatlar kubogi sovrinidan rad etdi
Ashraf Hakimi Afrika Millatlar kubogi sovrinidan rad etdi
Marokash terma jamoasi sardori Ashraf Hakimi Afrika Millatlar kubogi yakkalashga doir voqealar orasida o'zining shijoatli va hodisa bilan bog'liq qarorini e'lon qildi. Bu haqda
Sport Bugun, 10:43
La Liga futbolchilari orzudagi yangi jamoadoshlarini tanladi
La Liga futbolchilari orzudagi yangi jamoadoshlarini tanladi
Ispaniya oliy divizioni ya'ni La Liga chempionati futbolchilarining bir-biriga va zamonaviy futbolla bo'lgan munosabatini chuqurroq tushunish uchun dunyoga mashhur ESPN telekanali maxsus
Sport Bugun, 09:24
Abduqodir Husanovning jasorati butun Buyuk Britaniyani hayratga solmoqda
Abduqodir Husanovning jasorati butun Buyuk Britaniyani hayratga solmoqda
Yevropa futbolining yetakchi nashrlari va taniqli ingliz mutaxassislari hozirda Manchester Siti klubi Chempionlar ligasidagi yo'lini chuqur tahlil qilishda davom etmoqdalar. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 23:46