Bugun
Markaziy Bank oltin narxini qayta belgiladi
+27°
пасмурно ветер 1.9 м/с, С

Abduqodir Husanov masalasi...

Sport
228
Abduqodir Husanov masalasi...
"Manchester Siti"ning oxirgi o‘yinlarida Husanov zaxirada qolgach muxlislarimizda xavotir kuchayib bordi. Bu esa o‘z navbatida turli farazlarni keltirib chiqardi. Ijara, transfer, Pep bilan kelishmovchilik va hokazo. Vaziyat qandayligini bilish uchun Abduqodirning yaqinlari bilan gaplashdim.

Aslida nima bo‘lyapti?

Birinchi navbatda aytib o‘taman, Gvardiola bilan hech qanday shaxsiy va professional darajada ziddiyat yo‘q. Aksincha, Pep mashg‘ulotlarda doimiy tarzda unga e’tibor qiladi, pozitsiyasi bo‘yicha taktik ko‘rsatmalar beradi. Ishonchi so‘nmagan. Jismoniy jihatdan ham Husanovda hozir muammo, pasayish yo‘q.

O‘yinlarda tushmayotganiga sabab - sog‘lom raqobat. Yana bir yosh himoyachi O'Rayli chap qanotda ketma-ket uchrashuvlarda gollar va assistlar qayd etgach, Yoshko Gvardiol markazga o‘tkazildi. Diash lider sifatida markaziy o‘ng himoyachi sifatida harakat qilmoqda.

Pep shu variantni qo‘llagach Siti qatorasiga yutishni boshladi. Nafaqat Gvardiola, aksariyat murabbiylar natija bo‘lib turgan joyda rotatsiya qilmaydi. Ayniqsa himoyada. Qolaversa mavsum yakunida "Manchester Siti"nin yo‘qotadigan har bir ochkosi chempionlar ligasidan mahrum qilishi mumkin. Bugun yutsa va himoya yaxshi o‘ynasa ertaga yana shular tushadi. Bu normal jarayon.

Abduqodir Husanovda hali imkon bo‘ladi, ishoning. O‘zining yondoshuvi pozitiv, payt poylayapti. Feyk xabarlarni o‘qib qolsa, balki kayfiyati biroz buzilishi mumkin, lekin u o‘qimaydi. Siz ham faqat ishonchli manbalarni kuzating.

Manba: t.me/Davron_Fayziev

O‘xshash yangiliklar

Otabek Shukurov Gabonga qarshi o'yin sifati haqida gapirdi
Otabek Shukurov Gabonga qarshi o'yin sifati haqida gapirdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov FIFA seriyasi doirasida Gabon jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng o'z mulohazalarini bayon etdi.
Sport Bugun, 09:29
Foden Manchester Citydan ketishga tayyor bo'lishi mumkin
Foden Manchester Citydan ketishga tayyor bo'lishi mumkin
Fil Foden yozgi transfer oynasida Manchester City klubidan ketishga tayyor ekanligi haqidagi xabarlar dunyo bo'ylab katta qiziqish uyg'otmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Football
Sport Bugun, 08:53
Real Madrid Rodri uchun jiddiy taklif yuborishga shoshmayapti
Real Madrid Rodri uchun jiddiy taklif yuborishga shoshmayapti
Hozirda futbol olamida eng kuchli klublar biri hisoblangan Real Madrid jamoasi kelgusi yozgi transfer oynasida Manchester City himoyachisi Rodri uchun jiddiy harakat qilmaslikka qaror qildi. Bu
Sport Bugun, 08:43
Alisher Odilov Gabonga qarshi o'yin haqida mulohazalarini ochdi
Alisher Odilov Gabonga qarshi o'yin haqida mulohazalarini ochdi
O'zbekiston milliy futbol jamoasi tarkibidagi talantli futbolchi Alisher Odilov FIFA seriyasi doirasida Gabon terma jamoasiga qarshi kechgan muhim uchrashuvdan so'ng o'z
Sport Bugun, 08:04
Barselona yosh ulduzi Rafinya jiddiy jarohat olgani ma'lum bo'ldi
Barselona yosh ulduzi Rafinya jiddiy jarohat olgani ma'lum bo'ldi
Ispaniyaning mashhur Barselona futbol klubi o'z safidagi yosh va iste'dodli qanot hujumchisi Rafinya safdan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Futbolchi so'nggi kunlarda Braziliya
Sport Bugun, 07:58
Saloh ketishi ehtimoli bilan Liverpul Ndiayeni nishonga oldi
Saloh ketishi ehtimoli bilan Liverpul Ndiayeni nishonga oldi
Liverpul futbol klubi o'z safidagi yetakchi hujumchi Muhammad Salohning kelgusi mavsumda jamoadan ketishi mumkinligini inobatga olib, zaxira variantlarini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Bu haqda
Sport Bugun, 07:35