Bugun
3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
+10°
ясно ветер 2.1 м/с, СВ

Angliya futboli: «Aston Villa»ning komplekslari (video)

Sport
102
Angliya futboli: «Aston Villa»ning komplekslari (video)
Foto: Marc Atkins/Getty Images
Hafta o‘rtasida Angliya chempionatida ro‘y bergan asosiy voqea, o‘yindagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat haqida ushbu maqola orqali mahlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

APL. 34-tur
«Manchester Siti» — «Aston Villa» 2:1
Gollar
: Silva (7), Nunesh (90+4) — Reshford (18, penalti).
«Manchester Siti» — Ortega, Nunesh, Diash, Gvardiola, O'Rayli, Gundo‘g‘an, Kovachich, Silva, de Bryuyne (Akanji, 90+5), Makeyti (Doku, 74), Marmush.
«Aston Villa» — Martines, Kesh (Disasi, 61), Konsa, Torres, Din, Kamara, Onana (Asensio, 76), Rojers (Malen, 86), Tilemans, Remzi (Makginn, 61), Reshford (Uotkins, 76).
Ogohlantirishlar: Din (35), Rojers (50), Gvardiol (70), Nunesh (77), Uotkins (85), Silva (86).

Angliyada «Liverpul» va «Arsenal» birinchi va ikkinchi o‘rinlarni hech kimga berib qo‘ymasligi kundek ravshan. YECHLga yo‘llanma beruvchi keyingi uch o‘rin uchun esa qattiq kurash ketmoqda. Mavsum yakuniga qadar besh tur qolganida uchinchi o‘rindagi «Nyukasl» va yettinchi o‘rinda kelayotgan «Aston Villa» o‘rtasida atigi ikki ochkolik farq bor edi.

Shuning uchun hafta oxirida «Uembli»da Angliya kubogi yarimfinalida o‘ynaydigan «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola «Aston Villa»ga qarshi o‘yin oldidan jamoasini navbatdagi final kutayotgani haqida gapirdi. «Shaharliklar» va birminghemliklar o‘zaro o‘yinda g‘olib bo‘lgan jamoa uchinchi o‘ringa chiqib olardi.

Mehmonlar esa 20-soniyadayoq hisobni ochishi mumkin edi: Markus Reshford «Siti» mudofaasidagi xatolikdan foydalanib, jarima maydoniga yorib kirdi va uzoq burchakka zarba yo‘lladi, ammo to‘p ustunga bordi. Gvardiola jamoasi tezda o‘ziga keldi. Mezbonlar darhol tashabbusni qo‘lga oldi, 7-daqiqada Ruben Diash chap qanotga diagonal pas berdi, Marmush jarima maydoniga kirib keldi va orqaroqqa to‘p uzatdi, Emiliano Martines Bernardu Silvaning zarbasiga ulgurdi, ammo to‘p baribir to‘rga borib tushdi.

«Siti» ustunlikka erishgach, hujum qilishda davom etdi, mehmonlarning rejasi o‘zgarmadi: Unai Emeri shogirdlari maydonga qarshi hujumlarda omadini kutardi. 16-daqiqada Jeykob Remsi jarima maydoniga yorib kirdi va Ruben Diash bilan kontaktdan keyin yiqildi, hakam Kreyg Pouson videotakrorni borib ko‘rib, 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi, Reshford esa qaytarib bo‘lmas zarba yo‘lladi – 1:1.

«MYU»dan ijaraga olingan forvard «Siti»ning joriy mavsumda o‘z stadionida o‘tkazib yuborilgan gollari sonini 22 taga yetkazdi, bu esa 2003/04 yillar mavsumidan buyon eng yomon ko‘rsatkich (24 gol). Gvardiola murabbiylar zonasida shou uyushtirishda davom etdi, zaxira hakami bilan hissiyotli suhbatidan keyin sariq kartochka oldi. U butun o‘yin davomida maydon chetida turib, faol ravishda e’tiroz bildirdi va operator e’tiborini o‘ziga qaratdi. Natija muhimligi Gvardiolani katta bosim ostida qoldirgandi.

«Siti» to‘pga egalik qildi va tez-tez hujum uyushtirdi, «Aston Villa» tezkor qarshi hujumlar bilan javob qaytardi. Lekin Emeri futbolchi almashtirishda hayalladi va tezkor Doniel Malenni faqat o‘yin oxirida, 86-daqiqada maydonga tushirdi. Gvardiola esa o‘yinda burilish yasash harakatlarini 74-daqiqada, dribling va tezkorligi evaziga kutilmaganda raqib jarima maydonida paydo bo‘lib, darvozaga xavf tug‘diradigan Jeremi Dokuni maydonga tashlash orqali boshlagandi.

80-daqiqada «Siti» yana bir bor darvozani ishg‘ol etdi. Lekin uzatma berilgan vaqtda Omar Marmush ofsaydda qolgandi va gol inobatga olinmadi. Gvardiola bu vaqtga kelib hafsalasi pir bo‘lgan va tushkun holatda edi. Endi kameralar asabiy Emerini ko‘proq kuzata boshladi. «Aston Villa» uchun «Etihad»da durang qayd etish ham ajoyib natija edi.

Ammo mehmonlar hisobni ushlab qololmadi. 90+4-daqiqada Doku chap qanotdan oldinga tashlanib, «Aston Villa» darvozaboni hududiga to‘p oshirdi. To‘p esa barchadan o‘tib ketdi va narigi tomondan jarima maydoniga kirib kelgan Mateus Nunes hech qanday qarshilikka uchramasdan g‘alaba golini urdi – 2:1. «Siti» vaqtinchaga bo‘lsa ham uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Etihad»da qatorasiga o‘n beshinchi bor yutqazgan «Villa» esa raqobatchilardan ko‘p o‘yin o‘tkazgan holda yettinchi o‘rinda qoldi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Kuznetsov: CSKA o‘z yo‘lidan voz kechmasligi kerak
Kuznetsov: CSKA o‘z yo‘lidan voz kechmasligi kerak
Sobiq Moskva CSKA futbolchisi Dmitriy Kuznetsov joriy mavsumdagi Rossiya Premer-ligasida “qizil-ko‘k” jamoaning oltin medallarni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda
Sport 22:14, 17-10-2025
Slot Salohga qaratilgan tanqidlarga javob berdi
Slot Salohga qaratilgan tanqidlarga javob berdi
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoa hujumchisi Muhammad Salahga nisbatan bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. «Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya
Sport 22:13, 17-10-2025
Ignatyev: Safonov PSJda har kuni o‘zini ko‘rsatishi kerak
Ignatyev: Safonov PSJda har kuni o‘zini ko‘rsatishi kerak
So‘nggi vaqtlarda "PSJ" jamoasi darvozaboni Matvey Safonov o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtidan norozi ekani va Parij klubini tark etishga tayyorligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda
Sport 22:09, 17-10-2025
Lukin: Kislyak yaqin yillarda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi
Lukin: Kislyak yaqin yillarda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi
CSKA jamoasi himoyachisi Matvey Lukin yarim himoyachi Matvey Kislyakning "Oltin to‘p" haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Oldinroq Nobel
Sport 22:09, 17-10-2025
Tarasova Rossiyadagi eng talabgor murabbiyni ma’lum qildi
Tarasova Rossiyadagi eng talabgor murabbiyni ma’lum qildi
Tatyana Tarasova, taniqli figuralar uchish bo‘yicha murabbiy, Rossiya futbol murabbiylari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Rossiyada
Sport 22:05, 17-10-2025
Radchenko: Zenitda yoshlar kam o‘yin olishining sababi
Radchenko: Zenitda yoshlar kam o‘yin olishining sababi
Sobiq futbolchi Dmitriy Radchenko Sankt-Peterburgning Zenit jamoasida yosh futbolchilarga kam o‘yin amaliyoti berilishining sabablari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Sport 22:03, 17-10-2025