Bugun
Yaman husiylari Isroilga qarshi ilk raketa hujumini amalga oshirdi
+16°
переменная облачность ветер 2.1 м/с, СВ

Ravshan Ermatov chempion o‘smirlarga: «Yulduzlik kasaliga chalinmang, mashhurlikning do‘sti yo‘q!»

Sport
113
Ravshan Ermatov chempion o‘smirlarga: «Yulduzlik kasaliga chalinmang, mashhurlikning do‘sti yo‘q!»
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda murabbiylar, futbolchilar va ularning ota-onalari ham ishtirok etishdi.

So‘zini iltimos bilan boshlagan Ermatov yosh futbolchilarni tarixdan saboq chiqarishga chaqirar ekan, avvalgi futbolchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslik kerakligini uqtirdi.

«Sizlardan birgina iltimosim bor. O‘zimizda o‘tgan tarix, shunga o‘xshash musobaqalarda natija ko‘rsatgan futbolchilarning taqdiri bor. O‘sha paytda Jahon chempionatiga chiqib, yaxshi natijalar ko‘rsatib, avtomobillar sovg‘a qilinganini ko‘rganmiz. Ammo ba’zi futbolchilar o‘sha paytda mashina haydash, turli xil o‘rtoqlar orttirish bilan ovora bo‘lib, natijada mashg‘ulotlar qolib ketgan. Shuni unutmang: mashhurlikning hech qanday do‘sti bo‘lmaydi. Agar atrofinglarda shunday yomon o‘rtoqlar paydo bo‘lsa, ularni darhol o‘zlaringdan uzoqlashtiring», – dedi Ermatov.

Uning ta’kidlashicha, sportchining birinchi vazifasi – doimiy mehnat va mashg‘ulot. Ularning vaqtlari har qanday ziyofat yoki ortiqcha narsalar uchun sarflanmasligi kerak:

«Biz sportchimiz, vaqtni bekorga o‘tkazmaslik kerak. Biror maqsadga erishish uchun boshqa narsalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Har bir daqiqa qadrlidir, vaqt tez o‘tib ketadi, uning qadrini bilish lozim».

O‘FA birinchi vitse-prezidenti faqat yaxshi tayyorgarlik orqali kelgusida yanada katta yutuqlarga erishish mumkinligini ta’kidladi:

«Ertami-kechmi buyuk futbolchilarga aylanasizlar. Hatto o‘z samolyotlaringiz ham bo‘lishi mumkin, lekin shu darajaga yetganingizda ham oyog‘ingiz yerdan uzilmasin. Hech qachon manmanlik qilmasdan, doim oddiylikni saqlash zarur. Ana shunda Xudo yo‘llaringizni ochadi. Agar og‘ir-bosiqlik bilan, murabbiyingiz ko‘rsatgan taktika va maslahatlarga amal qilib ish tutsangiz, hech qachon adashmaysizlar. Maydonda ruhan kuchli ekanligingizni ko‘rsatdingiz, shu ruhiyat bilan keyingi musobaqalarga tayyorlaning va sizlarga hech kim qarshilik qila olmaydi», – dedi Ermatov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati finalida Saudiya Arabistoni jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Qayd etish lozimki, Islombek Ismoilov boshchiligidagi jamoaning ikki futbolchisi birinchi taymning so‘nggi daqiqalarida qizil kartochka olib, maydonni tark etgan edi. Shunga qaramay, o‘smirlar ikkinchi bo‘limda g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodani namoyish etib, raqib darvozasiga ikki bor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘xshash yangiliklar

Tottenxem De Zerbi bilan birinchi marta suhbat o'tkazdi
Tottenxem De Zerbi bilan birinchi marta suhbat o'tkazdi
Jurnalist Ben Jacobsning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Londonlik Tottenham klubi Igor Tudor ketganidan so'ng yangi bosh murabbiy izlash jarayonini faollashtirgan. Bu haqda
Sport Kecha, 23:19
Silva Manchester Sitini tark etishga qarayapti
Silva Manchester Sitini tark etishga qarayapti
Manchester Siti klubining sobiq sardori va yetakchi o'yinchilaridan biri Bernardo Silvaning kelajagi haqida yangi xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Futbolchi mavsum yakuniga
Sport Kecha, 21:56
Mbappe Real Madrid muxlislari tanqididan hayratda emasligini aytdi
Mbappe Real Madrid muxlislari tanqididan hayratda emasligini aytdi
Kilian Mbappe "Real Madrid"da duch kelayotgan tanqidlardan hayratda emasligini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U klubning eng buyuk afsonalaridan ayrimlari ham muxlislar va
Sport Kecha, 21:44
Gvardiola Kompanini Bavariya bosh murabbiyi qilishda hal qiluvchi rol o'ynadi
Gvardiola Kompanini Bavariya bosh murabbiyi qilishda hal qiluvchi rol o'ynadi
Munichning mashhur Bavariya futbol klubi kuzatuv kengashi a'zosi Uli Hyones yangi bosh murabbiy tanlash jarayonida qanday ish olib borilganligi haqida muhim e'lon qilishdi. Bu haqda
Sport Kecha, 21:35
Tottenxem Igor Tudorni bosh murabbiylikdan ozod qildi
Tottenxem Igor Tudorni bosh murabbiylikdan ozod qildi
Londonning mashhur Tottenham futbol klubi o'zining rasmiy saytida bosh murabbiyi Igor Tudorning vazifasidan ozod qilinganini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu qaror klub
Sport Kecha, 20:41
Laporta hakamlar Real foydasiga qaror chiqarishini aybladi
Laporta hakamlar Real foydasiga qaror chiqarishini aybladi
Ispaniya futbolidagi asrlar davomida shakllangan va butun dunyo futbolchilari tomonidan kuzatiladigan abadiy raqobat yana bir bor o'zining yangi va keskin sahifasini ochdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 18:04