Bugun
Tramp mag'lubiyat bo'lsa aybni Netanyaxuga yuklaydi
-3°
пасмурно ветер 3 м/с, СЗ

Abduqodir Husanovga nima bo‘ldi? Gvardiola o‘zbek futbolchisini nega o‘ynatmayapti?

Sport
30
Abduqodir Husanovga nima bo‘ldi? Gvardiola o‘zbek futbolchisini nega o‘ynatmayapti?
O‘zbekistonlik iqtidorli futbolchi Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»dagi taqdiri so‘nggi oy davomida futbol muxlislari orasida turli savol va taxminlarni keltirib chiqarmoqda. Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoada ajoyib boshlanishga erishgan futbolchi, mart oyidan beri asosiy tarkibda umuman ko‘rinish bermayapti. Bu vaziyat nafaqat o‘zbekistonlik muxlislar, balki «shaharliklar»ning butun dunyo bo‘ylab millionlab ishqibozlarida ham savol tug‘dirmoqda.

Husanov so‘nggi marta 30 mart kuni Angliya kubogi chorak finalida «Bornmut»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etgan edi. O‘sha bahsning ikkinchi bo‘limida o‘z o‘rnini jamoadoshi Niko O'Rayliga bo‘shatib bergan hamyurtimiz, shu vaqtdan boshlab asosiy tarkibdagi joyini to‘liq yo‘qotdi.

Bu vaziyat bo‘yicha Xosep Gvardiola izoh berib, ichki raqobat kuchli ekanini va jamoada hozirda Niko O'Raylining chap qanotda samarali harakat qilayotganini qayd etdi. Shuningdek, Ruben Diash va himoya markaziga ko‘chgan Yoshko Gvardiolning beg‘ubor harakatlari ham bu qarorga sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Mutaxassislar va ekspertlar esa Abduqodir Husanovning o‘ynamaslik sabablari haqida o‘z qarashlarini bildirishdi.

Jumladan, «ManchesterCity.news» sayti mutaxassisi Darren Luni mazkur vaziyat bo‘yicha bir necha ekspert va manbalarning fikrlarini e’lon qildi.

Dion Dublin:
«Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»dagi hayoti, albatta, oson kechmayapti. U yangi muhit va yangi chempionatga ko‘nikish uchun bor kuchini sarflamoqda. Hozirda jamoadoshi braziliyalik Vitor Reys bilan yaxshi aloqa o‘rnatgan va bu do‘stlik uning jamoaga moslashuvini tezlashtirmoqda. Umid qilamizki, kelgusi mavsumda Husanov o‘zining haqiqiy iqtidorini ko‘rsatadi va muxlislarni xursand qiladi».

Daily Mail:
«Husanovning o‘ynamayotganiga sabab sifatida, «Lans»dagi so‘nggi oylardagi mashg‘ulotlarning yetishmasligi ko‘rsatilmoqda. Buning sababi Fransiya chempionatidagi qishki tanaffus hamda transfer oldi jarayonlarda Husanovning jamoaviy mashg‘ulotlarda qatnashmagani bilan bog‘liq. Qo‘shimchasiga, Niko O'Rayli chap qanotda ajoyib harakat qilmoqda va Gvardiola to‘rt himoyachi bilan natijaga urg‘u bergan taktika tanlagani uchun Husanov asosiy tarkibdan chiqib qolgan. Endi uning oldida kelasi mavsum uchun o‘zini yana bir bor isbotlash vazifasi turibdi».

Roy Kin:
«Bu kabi qiyinchiliklar futbolchilar faoliyatida ko‘p uchraydi. Abduqodir Husanov – iqtidorli va istiqbolli futbolchi. Ushbu murakkab bosqichdan keyin uning faoliyati yana o‘z iziga tushib ketishiga ishonaman».

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Gvardiola mavsumning hal qiluvchi pallasida asosan natijaga ishlayapti va shu sababdan ham asosiy tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urmayapti. Bu esa Husanovga o‘ziga ishonchni mustahkamlash, ingliz tilini yanada yaxshiroq o‘rganish va murabbiyning talablarini chuqurroq anglab yetish uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.

«Manchester Siti» rahbariyati Husanovni noyob iqtidor egasi deb hisoblaydi va uning jamoadagi kelajagiga ishonch bildirmoqda. Hozirgi vaziyatning ijobiy tomonga o‘zgarishi faqat vaqt masalasi bo‘lib qolmoqda.

Zamin.uz tahririyati hamyurtimiz Abduqodir Husanovga ushbu qiyinchiliklarni yengib o‘tib, o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini yana namoyish etishini tilab qoladi.

O‘xshash yangiliklar

FIFA jahon chempionati byudjetiga jiddiy o'zgartirishlar kiritdi
FIFA jahon chempionati byudjetiga jiddiy o'zgartirishlar kiritdi
Xalqaro futbol federatsiyasi FIFA kelasi yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionatini tashkil etish uchun mo'ljallangan moliyaviy rejalariga jiddiy o'zgartirishlar kiritdi. Bu
Sport Bugun, 21:55
Topuriya Maxachevni jarohat bahonasida jangdan bosh tortgani uchun aybladi
Topuriya Maxachevni jarohat bahonasida jangdan bosh tortgani uchun aybladi
Yengil vazn toifasida UFCning joriy chempioni Iliya Topuriya yaqin kelajakda bo'lib o'tadigan janglar va uning raqiblari haqida o'zining keskin fikrlarini ochiqchilik bilan bildirdi.
Sport Bugun, 21:43
Platini video hakam tizimini keskin tanqid qildi
Platini video hakam tizimini keskin tanqid qildi
UEFAning sobiq prezidenti va fransuz futboli tarixidagi buyuk afsona Mishel Platini zamonaviy futbol o'yinlarida qo'llanilayotgan video takrorlar tizimiga o'zining keskin fikrlarini
Sport Bugun, 21:33
Neftchi Andijonni qattiq mag'lubiyatga uchratdi
Neftchi Andijonni qattiq mag'lubiyatga uchratdi
O'zbekiston futbolining eng yuqori bosqichi hisoblanadigan Superligada uchinchigacha bo'lgan tur uchrashuvlari boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Farg'onadagi havoda har qanday
Sport Bugun, 21:16
Real Madrid va Manchester Siti o'yinida g'alaba ehtimoli qaysi tomonda
Real Madrid va Manchester Siti o'yinida g'alaba ehtimoli qaysi tomonda
Chempionlar ligasi oltin bosqichi yaqinlashgani sari futbol olamida intriga yanada kuchayib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Opta tahliliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur
Sport Bugun, 21:04
Mbappe jarohatiga qaramay mart oyi uchrashuvlarida maydonga tushadi
Mbappe jarohatiga qaramay mart oyi uchrashuvlarida maydonga tushadi
Madridning mashhur Real klubi safidagi yulduz hujumchi Kilian Mbappe hozirda tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan band bo'lib, shifokorlar ko'rsatmalariga qat'iy amal qilmoqda.
Sport Bugun, 19:14