Bugun
Janubiy Karolinada o‘lim jazosini 42 yil kutdi
+16°
дымка ветер 4.1 м/с, В

Eldor Shomurodovning “Atalanta”ga qarshi o'yini qanday baholandi?

Sport
18
Eldor Shomurodovning “Atalanta”ga qarshi o'yini qanday baholandi?
Italiya chempionatining 36-turida “Roma” futbolchilari Bergamoda “Atalanta” mehmoni bo‘lib, keskin kurashlar ostida kechgan uchrashuvda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, Klaudio Raneri shogirdlarining A Seriyadagi 19 ta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi.

Eldor Shomurodov ilk daqiqalardan maydonga tushdi. Ancha faol o‘ynadi. Birinchi bo‘limda hisob 1:1 bo‘lib turgan pallada, himoyachini aldab o‘tib, Manuel Koneni gol urish uchun ideal vaziyatga chiqardi. Ammo Kone to‘pni o‘zidan qochirib yubordi va imkoniyat boy berildi.

“Roma” bu mag‘lubiyatdan keyin amalda Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘ldan chiqardi. "Atalanta" esa, chempionat yakunlanishiga ikki tur qolganida uchinchi o‘rinni naqd qildi.

Italiya futbolini yoritayotgan romaforever.it sayti “Roma” futbolchilarining o‘yinini quyidagicha baholadi.

SVILAR 6:
Serbiyalik darvozabon jamoasini qutqarish uchun qo‘lidan kelganini qildi. Biroq Lukman va Sulemana yo‘llagan zarbalarni qaytarishning imkoni yo‘q edi.

ChЕLIK 6:
Raqibning eng xavfli futbolchisi Lukmanga qarshi o‘ynaganiga qaramay, Chelik uchrashuv davomida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani yo‘q.

MANCHINI 6,5:
Uchrashuv boshida mushaklarini shikastlab olgan bo‘lsa-da, Janluka og‘riqlarni yengib o‘tib, jamoasiga katta yordam bera oldi. Faol va bexato o‘ynadi. Lekin bu darvoza daxlsizligini saqlab qolishga kamlik qildi.

NDIKA 6:
Tajribali himoyachi uchrashuv boshida raqib pleymeykeri De Katelereni to‘xtatishga ancha qiynaldi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu vazifani juda yaxshi uddaladi.

RЕNSH 5,5:
Raneri niderlandiyalik futbolchiga asosiy tarkibga loyiq ekanini ko‘rsatish imkonini berdi. Rensh bundan foydalani olmadi. Lukman birinchi golni urgan vaziyatda aynan mana shu himoyachi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.

KRISTANTЕ 7:
Universal futbolchiga aylanib qolgan Brayan Kristante sobiq jamoasi darvozasini boshi bilan ishg‘ol qildi. Gol mag‘lubiyatdan qutilib qolishga kamlik qildi.

KONЕ 6,5:
Juda faol o‘ynadi. Jismoniy holati yuqori darajada ekanini namoyish qildi. Raqib jarima maydonchasida yiqitildi. Lekin VAR hakamlari belgilangan penaltini bekor qildi.

ANJЕLINO 6:
O‘z darajasida o‘ynadi. Ayrim holatlarda shoshma-shosharlik tufayli vaziyatlardan unumli foydalana olmadi.

SHOMURODOV 6:
Hujumchilar uchun zarur bo‘lgan ishtiyoqni namoyish qildi. Bu o‘yinchi mashaqqatli mehnatlari bilan o‘ziga asosiy tarkibdan joy ochdi. Eldor borini berib o‘ynash, kuchli raqobatni yengib o‘tish, ishga bo‘lgan ishtiyoq va tinimsiz harakat mashhur nomlardan foydaliroq ekanini ko‘rsatdi. “Atalanta” bilan bahsda ham jamoadoshiga gol urishga juda qulay vaziyat yaratib berdi. Kone Shomurodov yaratgan vaziyatni boy berib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqish imkonidan foydalana olmadi.

DOVBIK 5:
Bu gal ukrainalik hujumchi soyada qolib ketdi. Jamoasiga foyda keltira olgani yo‘q. O‘tgan yili La Liganing eng zo‘r to‘purari bo‘lgan Dovbikdan juda katta natijalar kutilgan edi. Biroq unga qat’iyat yetishmadi.

SULЕ 6,5:
Yosh argentinalik hujumkor futbolchi o‘zining mashhur hamyurti Paulo Dibalaga o‘xshab o‘ynayapti. Aynan uning ideal uzatmasidan keyin Kristante sobiq jamoasiga gol urdi. Lekin qolgan pallada Sule boshqa golli vaziyat yarata olmadi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Orenburg jamoasi Slishkovichga to‘liq ishonch bildirmoqda
Orenburg jamoasi Slishkovichga to‘liq ishonch bildirmoqda
Orenburg jamoasi himoyachisi Georgiy Zotov Rossiya chempionati turnir jadvalidagi hozirgi o‘rni haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Unga ko‘ra, jamoa hozir 13-o‘rinda
Sport 17:29, 28-09-2025
Kabutov: Daku RPL to‘purari bo‘ladi, deb umid qilaman
Kabutov: Daku RPL to‘purari bo‘ladi, deb umid qilaman
«Rubin» jamoasi himoyachisi Dmitriy Kabutov jamoaning albaniyalik hujumchisi Mirlin Daku haqida fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Kabutovning so‘zlariga ko‘ra, Daku yuqori
Sport 17:11, 28-09-2025
Militaoning jarohati yengil, maydonga tez qaytadi
Militaoning jarohati yengil, maydonga tez qaytadi
Real jamoasi himoyachisi Eder Militao jarohati haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Futbolchi Atletiko bilan o‘tkazilgan derbi o‘yini (2:5) davomida jarohat
Sport 17:01, 28-09-2025
Gilerme legionerlar sonida muvozanatni ta’minlashni talab qildi
Gilerme legionerlar sonida muvozanatni ta’minlashni talab qildi
Sobiq futbolchi Marinato Gilerme, Moskva shahrining Lokomotiv klubi va Rossiya terma jamoasida darvozabon sifatida o‘ynagan, legionerlar soniga qo‘yilgan cheklov haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu
Sport 16:58, 28-09-2025
Manchester Siti Rodriga yangi shartnoma taklif qildi
Manchester Siti Rodriga yangi shartnoma taklif qildi
Ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandes "Manchester Siti" jamoasidan mehnat shartnomasini uzaytirish taklifini oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Bu haqda jurnalist Stiv Key
Sport 16:56, 28-09-2025
Chelestini: Baltika kuchli himoyaga ega bo‘lgan jamoa
Chelestini: Baltika kuchli himoyaga ega bo‘lgan jamoa
CSKA jamoasi bosh murabbiyi Fabio Chelestini "Match TV"ga "Baltika"ga qarshi o‘yin oldidan intervyu berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Unga ko‘ra, "Baltika"
Sport 16:54, 28-09-2025