Bugun
Kaliforniyada tuman sabab 59 ta mashina to‘qnashdi
+13°
пасмурно ветер 2.2 м/с, ЮВ

Dragan Cheran: hakamning xatolari, ko‘p gol urolmayotgani va "Paxtakor"dan ketishi haqida

Sport
37
Dragan Cheran: hakamning xatolari, ko‘p gol urolmayotgani va "Paxtakor"dan ketishi haqida
O‘zbekiston kubogi "B" guruhi 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Nasaf" (6:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar hujumchisi Dragan Cheran o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugungi o‘yin haqida fikr bildirsangiz.
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ko‘p gollar urildi. Afsuski, yutqazdik. Himoyada ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Oxir-oqibat juda ko‘p gol o‘tkazib yubordik. Oltita gol. Bu juda ko‘p. Ha, ehtimol, kubokka keraklicha jiddiy yondashmagandirmiz. Ammo oldinda chempionat, Superkubok bor. Keyin esa Elit Chempionlar ligasi. Shuning uchun bu yutqazish, albatta, achinarli. Xullas, olg‘a yurishda davom etamiz.

- Ikkinchi bo‘lim boshida hakamga e’tiroz bildirganingiz uchun sizga sariq kartochka ko‘rsatildi. Jiddiy e’tirozda qanchalik asos bor edi?
- Odatdagidek, shunchaki hakam bilan gaplashmoqchi edim. Fikrimizni bildirmoqchi, fikr almashmoqchi edik. U bugun juda ziddiyatli edi, shunday deyish mumkin. U bir necha marta yaqqol "Paxtakor" foydasiga xato qildi. Bu ham, albatta, ozgina ta’sir ko‘rsatdi, lekin... Ular ham odam, xato qilishlari mumkin, shuning uchun hechqisi yo‘q.

- Sizni O‘zbekistonning ko‘p yillik to‘purari sifatida yaxshi bilamiz. Ammo bu yilgi ko‘rsatkichlaringiz yaxshi emas. Bunga sabab nimada?
- Bu yilgi maqsad boshqa. Mening vazifam – yoshlarga va "Nasaf"ga yordam berish. Nafaqat shaxsan, balki jamoaviy tarzda ham yordam berish kerak. Yana bir bor chempion bo‘lishimiz va nimaga qodir ekanligimizni ko‘rsatishimiz zarur. Bizda yaxshi jamoa jamlangan.

- "Paxtakor" siz bilan munosib xayrlashmaganidan xafamisiz?
- Bu endi tarix bo‘lib qoldi. Unga ortiq qaytmaylik.

O‘xshash yangiliklar

Karim Benzema "Al Hilol"ga o‘tishi mumkin
Karim Benzema "Al Hilol"ga o‘tishi mumkin
Saudiya futbolida yana katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xabarlarga ko‘ra, fransiyalik hujumchi Karim Benzema Saudiya Arabistonining "Al Hilol"
Sport Bugun, 14:00
«Yuventus» safarda «Parma»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
«Yuventus» safarda «Parma»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Italiya A Seriyasi doirasidagi 23-turda «Yuventus» jamoasi safarda «Parma»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuv 1-fevral kuni «Ennio Tardini» stadionida bo‘lib
Sport Bugun, 08:47
Sheshko goli «Manchester Yunayted»ga dramatik g‘alaba keltirdi
Sheshko goli «Manchester Yunayted»ga dramatik g‘alaba keltirdi
Angliya Premer-ligasi doirasida «Old Trafford» stadioni yana bir bor o‘ziga xos muhitini namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Maykl Kerrik
Sport Bugun, 08:17
Ronaldu "An-Nasr"dagi muhitdan norozi bo‘ldi
Ronaldu "An-Nasr"dagi muhitdan norozi bo‘ldi
Jahon futbolining eng yorqin yulduzlaridan biri Krishtianu Ronaldu atrofida yana qizg‘in muhokamalar avj oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Portugaliyaning "A Bola" nashri xabariga
Sport Bugun, 07:37
“Tottenxem” va “Siti” o‘yini durang bilan yakunlandi
“Tottenxem” va “Siti” o‘yini durang bilan yakunlandi
Angliya Premer-ligasining 24-tur doirasida muhim va qiziqarli o‘yinlardan biri Londonda o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unda “Tottenxem” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qildi.
Sport Bugun, 00:57
«Tottenhem» ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqardi
«Tottenhem» ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqardi
Angliya Premyer-ligasining 24-turida muhim uchrashuvlardan biri «Tottenhem» va «Manchester Siti» o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mazkur bahs futbol ixlosmandlari uchun haqiqiy
Sport Bugun, 00:08