Bugun
Germaniya terma jamoasi Gana ustidan ikki golli g'alaba qozondi
+19°
пасмурно ветер 1.3 м/с, В

“Buxoro” futbolchilari “Dinamo”ga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?

Sport
25
“Buxoro” futbolchilari “Dinamo”ga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?
Superliganing 10-turi doirasidagi “Buxoro” – “Dinamo” (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar vakillari – Shahboz Jo‘rabekov, Otabek Boymurodov va Javohir Ro‘ziyev o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shahboz Jo‘rabekov:

"Biz imkon qadar g‘alaba qozonishga harakat qildik. Bilasiz, ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng ancha tushkunlikka tushib qolgandik. Ruhiy tushkunlikdan chiqish uchun o‘zingizga faqat o‘zingiz yordam bera olasiz. Agar o‘zingiz ham yordam bera olmasangiz, unda vaziyat yana-da murakkablashadi.

Bugun bir oila bo‘lib, faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz deb niyat qilgandik. Nasib qilgani shu ekan. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Diqqatni bir zum yo‘qotish va jismoniy toliqish biroz xalaqit qildi. Shu sababli oxirgi daqiqalarda gol o‘kazib yubordik.

Gol urgan vaziyatda qulay holat yuzaga kelishini kutmagandim. To‘p oyog‘imga yaxshi moslashdi. Lekin kim gol urishi muhim emas. Darvozabonmi, zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchimi yoki boshqa, kim gol urishidan qatʼi nazar, biz g‘alaba qozonsak bo‘lgani.

Tanaffusda kiyinish xonasiga kirib ketayotganimizda atrof tinch edi, maydonga qaytsak, hammayoq chang-bo‘ron ekan. Ob-havo injiqliklari bo‘lishi normal holat, muhimi, yutqazmadik.

Klub muxlislariga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Nega? Chunki ulargina ketma-ket mag‘lubiyatlarimizga qaramasdan, bizni har qadamda qo‘llab-quvvatlashmoqda. Biz ularning yuzini yorug‘ qilib, g‘alaba bilan xursand qilishga harakat qilamiz".

Otabek Boymurodov:

"Umuman olganda, biz shunday chuqurga tushib qoldikki, ketma-ket shuncha o‘yinlarda g‘alaba qozona olmadik. Shu bois bugun ijobiy natija qayd etish ruhiy jihatdan juda muhim edi. G‘alaba uchun kurashgan bo‘lsak-da, hech bo‘lmaganda bir ochko qo‘lga kiritdik. Keyingi o‘yinlarda yana-da yaxshiroq natija ko‘rsatamiz, degan umiddaman.

Jamoaning avvalgi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalari to‘g‘risida sizga hech narsa deya olmayman. Bu mening jamoam, u haqida yomon gap aytolmayman. Barchamiz qo‘limizdan kelgancha harakat qilyapmiz, kuch-g‘ayratimizni ayamayapmiz. Omadimiz kelmayapti, deyish mumkin. Agar eʼtibor bergan bo‘lsangiz, “Paxtakor”ni hisobga olmaganda, deyarli barcha o‘yinlarda faqat bitta to‘p farq evaziga mag‘lub bo‘ldik.

Shuning uchun omadsizlik bo‘ldi, inshaalloh, endi omadimiz yurishib ketadi degan umiddaman. O‘z ustimizda ishlaymiz, harakat qilamiz va natijalarni yaxshilaymiz.

Men yuqori darajaga chiqish uchun bor kuchim bilan harakat qilyapman. 100 foiz emas, 120-150 foiz kuch bilan ishlamoqdaman. Maqsadim, albatta, milliy terma jamoa tarkibidan o‘rin olish. Biroq buning uchun ko‘p mehnat qilish kerak. Hali oldinda juda ko‘p ishlashim kerak.

Shu o‘rinda, “Buxoro” muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Ular eng yaxshi muxlislardir".

Javohir Ro‘ziyev:

“Dinamo”ga qarshi yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Negadir o‘yin so‘ngida diqqatni yo‘qotib qo‘yayapmiz. Bu holat nafaqat bugun, balki boshqa o‘yinlarda ham o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. Lekin, ishoning, futbolchilar maydonda bor kuchini sarflamoqda. Muhimi, yigitlarda ishonch yo‘qolgani yo‘q. Bu holatdan chiqib ketamiz degan umiddaman".

Oqil Abdubarnoyev suhbatlashdi.

O‘xshash yangiliklar

Manchester Siti yulduzlari terma jamoalarda muhim o'yinlarda hal qiluvchi rol o'ynashdi
Manchester Siti yulduzlari terma jamoalarda muhim o'yinlarda hal qiluvchi rol o'ynashdi
Manchester Siti klubining rasmiy sayti o'z jamoasidagi yulduz futbolchilar Antuan Semenu va Abdug'adir Husanovning milliy terma jamoalardagi so'nggi o'yinlariga
Sport Bugun, 07:13
Germaniya terma jamoasi Gana ustidan ikki golli g'alaba qozondi
Germaniya terma jamoasi Gana ustidan ikki golli g'alaba qozondi
Mart oyida o'tkazilgan FIFA kunlari doirasida xalqaro terma jamoalar bir qancha o'rinbosish uchrashuvlarini amalga oshirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu davrda Germaniya milliy
Sport Bugun, 06:58
Real Madrid Shlotterbekni sotib olish niyatidan voz kechdi
Real Madrid Shlotterbekni sotib olish niyatidan voz kechdi
Ispaniyaning mashhur Real Madrid klubi o'z safiga Germaniyalik himoyachi Niko Shlotterbekni qabul qilish niyatidan rasman voz kechdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu qaror klubning transfer
Sport Bugun, 06:55
O'zbekiston terma jamoasi CAFA Millatlar Kubogida chempion bo'ldi
O'zbekiston terma jamoasi CAFA Millatlar Kubogida chempion bo'ldi
O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida o'tkazilgan uchta xalqaro o'rtoqlik turnirida ajoyib natijalar ko'rsatdi va chempionlikni qo'lga kiritdi. Bu haqda
Sport Bugun, 06:09
Venesuela murabbiyi O'zbekiston terma jamoasi g'alabasini yuqori baholadi
Venesuela murabbiyi O'zbekiston terma jamoasi g'alabasini yuqori baholadi
Venesuela milliy jamoasi bosh murabbiyi Osvaldo Viskarrondo FIFA Series turniri doirasida O'zbekiston terma jamoasi bilan o'tkazilgan uchrashuvdan keyin o'z mulohazalarini bayon
Sport Bugun, 05:53
Anchelotti Braziliya terma jamoasining himoyasi muhimligini ta'kidladi
Anchelotti Braziliya terma jamoasining himoyasi muhimligini ta'kidladi
Braziliya milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelgusi yili o'tkaziladigan Jahon chempionati oldidan jamoasining imkoniyatlari va g'alaba qozonishdagi asosiy
Sport Bugun, 00:34