Bugun
Arsenal Bayerni mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
+11°
пасмурно ветер 2.5 м/с, СВ

BAA – O‘zbekiston: Terma jamoamiz bugun tarixiy yo‘llanma uchun maydonga tushadi!

Sport
91
BAA – O‘zbekiston: Terma jamoamiz bugun tarixiy yo‘llanma uchun maydonga tushadi!
Bugun futbolimiz uchun o‘ta muhim kun — Jahon chempionati 2026 yilgi saralash bosqichining 3-raundi 9-turidan o‘rin olgan BAA – O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Ushbu bellashuvda qayd etiladigan durang yoki g‘alaba natijasida Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini rasman qo‘lga kiritadi. Shu bois bugungi to‘qnashuv nafaqat futbolchilar, balki butun mamlakat uchun katta ahamiyatga ega.

Kapadze shogirdlariga ishonch baland!

Kapadze boshchiligidagi “oq bo‘rilar” saralashning bu bosqichida kuchli va barqaror o‘yin namoyon etdi. Har bir o‘yinda yurt bayrog‘ini sharaf bilan himoya qilgan futbolchilarimiz bugungi bahsda ham bizning ishonchimizni oqlashga intilmoqda.

Hakamlar brigadasi – Avstraliyadan

Bellashuvni avstraliyalik elit referilar brigadasi boshqaradi. FIFA hakami Shon Evans maydondagi asosiy nazoratni olib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari — Jorj Lakrindis va Ouyen Goldrik yordam berishadi.

• To‘rtinchi hakam — Jonatan Barreyro
• VARda — Aleksandr King

Bu hakamlarning barchasi xalqaro miqyosda tajribaga ega va FIFA turnirlarida ko‘p bor ishlashgan mutaxassislardir.

Xulosa:
Bugungi bahs — bu shunchaki uch ochko uchun kurash emas. Bu — milliy sharaf, millionlab yurtdoshlar orzusi va butun avlodlar intizori uchun kechadigan to‘qnashuv. “Oq bo‘rilar”ga bugungi bellashuvda omad, kuch va g‘alaba tilab qolamiz!

Tarix yaratish fursati keldi. Olg‘a, O‘zbekiston!

O‘xshash yangiliklar

Manchester Siti Real Madridni qabul qiladi UEFA Chempionlar ligasi
Manchester Siti Real Madridni qabul qiladi UEFA Chempionlar ligasi
Bugun Yevropa futbolida yilning eng kutilgan uchrashuvlaridan biri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. UEFA Chempionlar ligasi nimchorak finalining javob o‘yini doirasida Pep Gvardiola
Sport Bugun, 00:12
Manchester Siti Realga qarshi asosiy tarkibini e’lon qildi
Manchester Siti Realga qarshi asosiy tarkibini e’lon qildi
Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalining javob uchrashuvi arafasida “Manchester Siti” o‘z maydonida Madridning “Real” klubini qabul qiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yin
Sport Kecha, 23:36
Manchester Siti tarixiy imkoniyatni boy bermaslikka intiladi
Manchester Siti tarixiy imkoniyatni boy bermaslikka intiladi
«Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Fernandino bugungi kechada jamoa uchun tarixiy imkoniyat yuzaga kelishi mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning so‘zlariga
Sport Kecha, 23:02
Chelsi va PSJ Yevropa Chempionlar Ligasi javob o‘yini
Chelsi va PSJ Yevropa Chempionlar Ligasi javob o‘yini
Bugun, 17 mart kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining 1/8 final javob o‘yini bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yinda Angliyaning “Chelsi” hamda Fransiyaning
Sport Kecha, 22:31
Mehnatkash futbolchilar reytingida Valverde yetakchi Abduqodir Husanov ham bor
Mehnatkash futbolchilar reytingida Valverde yetakchi Abduqodir Husanov ham bor
Jahon futbolida gollar va assistlar bilan ko‘zga tashlanmaydigan, ammo jamoaning yurak urishi bo‘lib xizmat qiladigan mehnatkash futbolchilar ko‘p uchraydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The
Sport Kecha, 21:16
FIFA Eron jamoasining o‘yinlarini ko‘chirish taklifini rad etdi
FIFA Eron jamoasining o‘yinlarini ko‘chirish taklifini rad etdi
Xalqaro futbol tashkiloti FIFA Eron milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi o‘yinlarini boshqa mamlakatga ko‘chirish haqidagi taklifni rad etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 20:17