Bugun
Arsenal Bayerni mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
+11°
пасмурно ветер 2.5 м/с, СВ

Timur Kapadze: "36 millionlik xalqimiz uchun katta bayram qilib berishni reja qilganmiz"

Sport
78
Timur Kapadze: "36 millionlik xalqimiz uchun katta bayram qilib berishni reja qilganmiz"
JCH 3-saralash bosqichi 9-turidan o‘rin olgan BAA – O‘zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida bosh murabbiy Timur Kapadze hamda vinger Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.

"Hammaga salom. Albatta, ertaga bizni muhim va qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Hammamiz sog‘-omonmiz. Sizlarni ko‘rib turganimdan xursandman", – dedi Kapadze.

"Hammaga salom. Sal hayajon bor, chunki hech qachon bunday bosqich va davrda bo‘lmaganmiz. 36 millionlik xalqimiz bizdan ijobiy natijani kutmoqda. Biz xalqimiz uchun katta bayram qilib berishni reja qilganmiz. Biz JCHga loyiq ekanliginimizni ko‘rsatish vaqti keldi. Bizga oson bo‘lmaydi, lekin hech narsa to‘sqinlik qilmaydi deb o‘ylayman. Ertaga o‘zbekistonlik muxlislarni xursand qilishga urinamiz", – dedi Masharipov.

- Katta o‘yindan oldin raqibni o‘rganish juda muhim. BAAda bosh murabbiy o‘zgardi. Raqib haqida qanchalik tushunchaga egasiz? Ulardan qanday o‘yin kutmoqdasiz?
- Albatta, o‘rganib chiqdik. Har taraflama yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. To‘g‘ri, ularda murabbiy yangi. Biroq bugun paydo bo‘lib qolmagan. Ularni o‘rganishga harakat qildik. Asosiysi, o‘z o‘yinimiz haqida o‘ylashimiz va yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz lozim.

- Bilamizki, hozir O‘zbekiston uchun muhim davr, chunki termani 2 o‘yinda 1 ochko ham qoniqtiradi. O‘zingizni qanday his etyapsiz? Sobiq murabbiy Katanes bilan aloqadamisiz? Uning holati qanaqa?
- Albatta, bu davrga yetib kelish uchun futbolchilar astoydil mehnat qilishdi. Bizni ikkita muhim o‘yin kutib turibdi. Hammasi o‘z qo‘limizda. Ertaga g‘alaba qozonib, keyingi o‘yinga tayyorlanishimiz kerak. Srechko Katanetsning sog‘lig‘i joyida. Uning yordamchilari esa bugungi kunda mening shtabimda faoliyat yuritmoqda.

- Futbolchiga savol. Terma jamoa lageriga katta kolonkada kirib keldingiz. Qiziq, sizning pleylistingizdan qanday qo‘shiqlar o‘rin olgan?
- Pleylistimdan o‘zbekcha, kayfiyatni ko‘taradigan qo‘shiqlar o‘rin olgan (kuladi). Bu bizning kayfiyatimizga ta’sir qiladi. Yigitlar ham shunday fikrda. Biz vatan haqida qo‘shiqlar tinglaymiz, chunki vatan uchun o‘ynamoqdamiz.

O‘xshash yangiliklar

Senegal Afrika chempionlik unvonidan mahrum qilindi
Senegal Afrika chempionlik unvonidan mahrum qilindi
Afrika futbol konfederatsiyasi tomonidan muhim qaror qabul qilindi va Senegal milliy terma jamoasi qit’a chempionlik unvonidan mahrum etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu voqea futbol olamida
Sport Bugun, 03:52
Abduqodir Husanov Realga qarshi samarali o‘yin ko‘rsatdi
Abduqodir Husanov Realga qarshi samarali o‘yin ko‘rsatdi
Yevropa Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 1/8 final javob uchrashuvi Manchester shahrida o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yinda “Manchester Siti” va “Real Madrid”
Sport Bugun, 03:48
Arsenal Bayerni mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
Arsenal Bayerni mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida Germaniyaning “Bayer” klubini qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ilk o‘yin 1:1 hisobida
Sport Bugun, 03:22
PSJ Chelsi ustidan aniq g‘alaba bilan chorak finalga chiqdi
PSJ Chelsi ustidan aniq g‘alaba bilan chorak finalga chiqdi
Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final javob o‘yinida Londonda “Chelsi” va “PSJ” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv katta qiziqish bilan kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuv boshidan
Sport Bugun, 03:10
Manchester Siti Realga mag‘lub bo‘lib Chempionlar ligasidan chiqdi
Manchester Siti Realga mag‘lub bo‘lib Chempionlar ligasidan chiqdi
Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida “Manchester Siti” o‘z maydonida Madridning “Real” jamoasini qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Birinchi o‘yindagi katta hisobdagi
Sport Bugun, 03:04
Sporting Budyo Glimt ustidan yirik g‘alaba bilan chorak finalda
Sporting Budyo Glimt ustidan yirik g‘alaba bilan chorak finalda
Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob uchrashuvida Lissabonning "Sporting" jamoasi Norvegiyaning "Budyo-Glimt" jamoasini qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Asosiy
Sport Bugun, 02:25