Bugun
Sun'iy o'g'itlar tanqisligi global oziq-ovqat inqiroziga sabab bo'ladi
+17°
переменная облачность ветер 2.1 м/с, С

JCH-2026 eshigi yonidamiz: «Arablar fitnasiga e’tibor bermaslik lozim!»

Sport
59
JCH-2026 eshigi yonidamiz: «Arablar fitnasiga e’tibor bermaslik lozim!»
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichida juda muhim va hal qiluvchi o‘yinda maydonga tushadi. Bizning futbolchilarimiz BAA milliy jamoasiga qarshi mehmonda o‘tadigan bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bu o‘yinda mag‘lubiyatdan tashqari har qanday natija O‘zbekiston uchun JCH-2026 eshiklarini keng ochib beradi.

Mazkur tarixiy va mas’uliyatli uchrashuv arafasida biz sobiq futbolchi va taniqli futbol mutaxassisi Shuhrat Rahmonqulov bilan bog‘lanib, uning fikrlarini so‘radik.

Rahmonqulov arablarning uydagi o‘yinlarda har xil usullarga murojaat qilishi va bu orqali raqibning diqqatini chalg‘itishga harakat qilishini alohida ta’kidladi:

"Arablar g‘alaba uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Biz o‘ynagan paytlarimizda, 1999 yili ham BAAda shunday vaziyatlarga duch kelganmiz. O‘shanda ham arablar har xil noqonuniy usullardan foydalangan, hatto kechasi bilan uyqu berishmagan edi. Lekin biz bunga e’tibor bermasdan o‘yinga diqqatimiz va irodamizni saqlagan holda tayyorlanganmiz. Hozirgi futbolchilarimiz ham shunday fitnalarga e’tibor bermasliklari lozim. Chunki arablar shunday ishlar bilan raqibni ruhiy jihatdan sindirmoqchi bo‘ladi."

Shuhrat Rahmonqulovning fikricha, O‘zbekiston terma jamoasi arablardan ancha kuchli va yuqori saviyaga ega. U futbolchilarimizga ishonayotganini alohida qayd etdi va jamoani hozirgi bosqichda qo‘llab-quvvatlash muhimligini aytdi:

"Biz terma jamoamizga qat’iy ishonamiz. Jahon chempionati yo‘lidagi muhim uchrashuvda muvaffaqiyat qozonish uchun hamma narsa futbolchilarimiz qo‘lida. Agar ertaga arablarga qarshi uchrashuvni muvaffaqiyat bilan o‘tkazsak, Qatarga qarshi bahsni katta bayram sifatida nishonlashga imkon yaratiladi. Hozirgi vaziyatda asosiysi — sarosimaga berilmaslik, o‘zimizni bosiq tutgan holda maydonga chiqish va maksimal darajada diqqatni jamlashdir. Ishonaman, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi muxlislarga buyuk zafarni taqdim etadi."

Eslatib o‘tamiz, BAA va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs ertaga, 5 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi. Ushbu tarixiy uchrashuvni yurtimizdagi millionlab muxlislar intizorlik bilan kutib qolmoqda. Bugun milliy terma jamoamizning har bir a’zosiga omad tilaymiz va ularning g‘alabasiga ishonamiz!

O‘xshash yangiliklar

Gvardiola Kompanini Bavariya bosh murabbiyi qilishda hal qiluvchi rol o'ynadi
Gvardiola Kompanini Bavariya bosh murabbiyi qilishda hal qiluvchi rol o'ynadi
Munichning mashhur Bavariya futbol klubi kuzatuv kengashi a'zosi Uli Hyones yangi bosh murabbiy tanlash jarayonida qanday ish olib borilganligi haqida muhim e'lon qilishdi. Bu haqda
Sport Bugun, 21:35
Tottenxem Igor Tudorni bosh murabbiylikdan ozod qildi
Tottenxem Igor Tudorni bosh murabbiylikdan ozod qildi
Londonning mashhur Tottenham futbol klubi o'zining rasmiy saytida bosh murabbiyi Igor Tudorning vazifasidan ozod qilinganini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu qaror klub
Sport Bugun, 20:41
Laporta hakamlar Real foydasiga qaror chiqarishini aybladi
Laporta hakamlar Real foydasiga qaror chiqarishini aybladi
Ispaniya futbolidagi asrlar davomida shakllangan va butun dunyo futbolchilari tomonidan kuzatiladigan abadiy raqobat yana bir bor o'zining yangi va keskin sahifasini ochdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 18:04
Eron futbolchilari Minob qurbonlarini ramziy harakat bilan xotirladi
Eron futbolchilari Minob qurbonlarini ramziy harakat bilan xotirladi
Eron milliy futbol jamoasi Turkiyaning Belek shahrida Nigeriya terma jamoasi bilan o'tkazilgan do'stona uchrashuv oldidan dilbar va xotira aksiyasini amalga oshirdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 17:28
Manchester Siti yosh darvozabonini Nyukasl sotishi mumkin
Manchester Siti yosh darvozabonini Nyukasl sotishi mumkin
Football Insider nashri xabariga ko'ra, yosh darvozabon Jeyms Trafford yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida Manchester Siti klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 17:27
Mbaape jahon chempionati rekordini yangilash uchun to'rtta gol yetishmayapti
Mbaape jahon chempionati rekordini yangilash uchun to'rtta gol yetishmayapti
Fransiya terma jamoasining yetakchi hujumchisi Kilian Mbaape jahon chempionatlari tarixidagi eng yirik rekordlarni yangilash orzusiga erishish imkoniyati haqida o'z fikrlari bilan
Sport Bugun, 17:02