Bugun
Arsenal Bayerni mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
+11°
пасмурно ветер 2.5 м/с, СВ

BAA – O‘zbekiston: tarixiy bahsga tarkib e’lon qilindi

Sport
33
BAA – O‘zbekiston: tarixiy bahsga tarkib e’lon qilindi
Bugun futbolimiz uchun naqd tarix yaratiladigan kun. Jahon chempionati–2026 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan hal qiluvchi to‘qnashuv — BAA va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qoldi. Bellashuv Abu-Dabidagi “Al Nahayyon” stadionida soat 21:00 da start oladi.

“A” guruhi doirasidagi bu 9-tur uchrashuvi O‘zbekiston uchun juda katta ahamiyatga ega. Durang yoki g‘alaba — bu Jahon chempionati yo‘llanmasi demakdir. Shu bois maydondagi har bir harakat, har bir qaror tarixiy mazmunga ega bo‘ladi.

Bellashuvni elita darajasidagi hakamlar boshqaradi

Uchrashuvda adolatni ta’minlash vazifasi Avstraliyalik elita hakamlar brigadasi zimmasiga yuklatilgan:

Bosh hakam: Shon Evans
Qanot hakamlari: Jorj Lakrindis, Ouen Goldrik
To‘rtinchi hakam: Jonatan Barreyro
VARda: Aleksandr King

Avstraliya futbol uyushmasining tajribali va xalqaro tan olingan hakamlari bellashuvning yuqori saviyada o‘tishiga kafolat bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi:

Darvozabon: 1. O‘tkir Yusupov
Himoyachilar: 2. Abduqodir Husanov, 3. Hojiakbar Alijonov, 4. Farruh Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov, 23. Husniddin Aliqulov
Yarim himoyachilar: 7. Otabek Shukurov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov, 11. Oston O‘runov
Hujumchi: 14. Eldor Shomurodov

Bosh murabbiy: Timur Kapadze

Zaxiradagi kuchlar:
Tarkibda katta salohiyatga ega, istalgan vaqtda o‘yinga ta’sir ko‘rsata oladigan futbolchilar ham bor:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov, Botirali Ergashev.

Himoya va yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullayev, Umar Eshmurodov, Jamshid Iskanderov, Abdurauf Bo‘riyev

Hujumchi va universal o‘yinchilar: Abdulla Abdullayev, Azizbek Turg‘unboyev, Hojimat Erkinov, Abbos Fayzullayev, Igor Sergeyev

O‘zbekiston milliy terma jamoasi butun xalq, millionlab muxlislar ishonchi va orzusi bilan Abu-Dabi maydonida tarix uchun kurashadi. Bu nafaqat o‘yin, balki butun bir avlod intizorlik bilan kutgan imkoniyat — Jahon chempionati sari yo‘l.

Hozir eng muhim narsa — birdamlik, ishonch va maydonda tinimsiz kurash. Olg‘a, “Oq bo‘rilar”!
Yo‘llanma bizni kutyapti!

O‘xshash yangiliklar

Senegal Afrika chempionlik unvonidan mahrum qilindi
Senegal Afrika chempionlik unvonidan mahrum qilindi
Afrika futbol konfederatsiyasi tomonidan muhim qaror qabul qilindi va Senegal milliy terma jamoasi qit’a chempionlik unvonidan mahrum etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu voqea futbol olamida
Sport Bugun, 03:52
Abduqodir Husanov Realga qarshi samarali o‘yin ko‘rsatdi
Abduqodir Husanov Realga qarshi samarali o‘yin ko‘rsatdi
Yevropa Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 1/8 final javob uchrashuvi Manchester shahrida o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yinda “Manchester Siti” va “Real Madrid”
Sport Bugun, 03:48
Arsenal Bayerni mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
Arsenal Bayerni mag‘lub etib chorak finalga chiqdi
Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida Germaniyaning “Bayer” klubini qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ilk o‘yin 1:1 hisobida
Sport Bugun, 03:22
PSJ Chelsi ustidan aniq g‘alaba bilan chorak finalga chiqdi
PSJ Chelsi ustidan aniq g‘alaba bilan chorak finalga chiqdi
Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final javob o‘yinida Londonda “Chelsi” va “PSJ” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv katta qiziqish bilan kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuv boshidan
Sport Bugun, 03:10
Manchester Siti Realga mag‘lub bo‘lib Chempionlar ligasidan chiqdi
Manchester Siti Realga mag‘lub bo‘lib Chempionlar ligasidan chiqdi
Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida “Manchester Siti” o‘z maydonida Madridning “Real” jamoasini qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Birinchi o‘yindagi katta hisobdagi
Sport Bugun, 03:04
Sporting Budyo Glimt ustidan yirik g‘alaba bilan chorak finalda
Sporting Budyo Glimt ustidan yirik g‘alaba bilan chorak finalda
Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob uchrashuvida Lissabonning "Sporting" jamoasi Norvegiyaning "Budyo-Glimt" jamoasini qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Asosiy
Sport Bugun, 02:25