Bugun
Enzo Fernandes Real Madridga o'tishni 2026 yilgacha kechiktirdi
+19°
небольшая облачность ветер 2.3 м/с, СВ

Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda oʻtkazmoqchi

Sport
110
Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda oʻtkazmoqchi
Foto: Getty images
Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston bilan birgalikda 2031 yilgi Osiyo kubogini oʻtkazmoqchi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2031 yilda Osiyo qit'asining eng nufuzli futbol turniri boʻlgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni koʻrib chiqishni boshlagan. Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada oʻtkazishga ishonch bildirgan holda, oʻz qoʻshma nomzodini ilgari surgan.

«Bugungi kunda qoʻshni mamlakatlar bilan birga Oʻzbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Toshkent, Namangan, Fargʻona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qoʻshimcha ravishda, oxirgi yillarda Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, futzal boʻyicha Jahon chempionati mezbonligi ulkan tajriba vazifasini oʻtadi. Markaziy Osiyo har doimgidek oʻzining mehmondoʻstligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislar mehri bilan butun Osiyo e'tiborini qozonishga tayyor», deyiladi xabarda.

24 fevral holatiga 2031 yilgi Osiyo kubogini oʻtkazish uchun BAA, Indoneziya va Kuvayt ham alohida ariza topshirgan.

2031 yilgi Osiyo kubogi 20-marta oʻtkaziladi, turnirda 24 ta terma jamoa ishtirok etadi. OFK tomonidan 1956 yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan turnir toʻrt yilda bir marta tashkil qilinadi. 2023 yilda musobaqa Qatarda oʻtkazildi. 2027 yilda turnirga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi.

Bunga qadar Oʻzbekiston OFK bosh turniriga mezbonlik qilmagan.

O‘xshash yangiliklar

Klopp Real Madridga o'tish xabarlarini asossiz deb rad etdi
Klopp Real Madridga o'tish xabarlarini asossiz deb rad etdi
Jurgen Klopp o'zini Ispaniyaning mashhur Real Madrid klubi boshqaruviga o'tishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu mish-mishlarni asossiz deb bilib,
Sport Bugun, 09:04
Enzo Fernandes Real Madridga o'tishni 2026 yilgacha kechiktirdi
Enzo Fernandes Real Madridga o'tishni 2026 yilgacha kechiktirdi
Argentina terma jamoasi futbolchisi Enzo Fernandes o'zining bugungi kelajagi va "Real Madrid" klubiga o'tish haqidagi mish-mishlar borasida ochiq bayonot berdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 08:50
Ryudiger agressiv o'yin uslubi haqida tanqidlarga javob berdi
Ryudiger agressiv o'yin uslubi haqida tanqidlarga javob berdi
Real Madrid jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger o'zining maydondagi agressiv uslubiga oid tanqidlarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ko'plab muxlislar va mutaxassislar uning
Sport Bugun, 08:25
PSG Lamin Yamal uchun rekord taklifni tayyorlabdi
PSG Lamin Yamal uchun rekord taklifni tayyorlabdi
Ispaniyaning mashhur Barselona klubi safiga jamoa bo'lib qo'shilgan yosh iste'dod Lamin Yamal haqida yangi xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Parijning PSG jamoasi bu
Sport Bugun, 08:10
Pirs Morgan Tottenxem tushsa Arsenal to'rtta kubokni oladi
Pirs Morgan Tottenxem tushsa Arsenal to'rtta kubokni oladi
Taniqli teleboshlovchi va Arsenal jamoasining ishonchli muxlisi Pirs Morgan o'zining yangi fikrlari bilan futbol dunyosida keng muhokamaga sabab bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 07:58
Yamal Barselona uchun kuchli markaziy hujumchi kerakligini aytib o'tdi
Yamal Barselona uchun kuchli markaziy hujumchi kerakligini aytib o'tdi
Barselona futbol klubi hujum chizig'ini yuqori darajadagi markaziy hujumchi hisobiga kuchaytirish zarurati haqidagi gaplar so'nggi kunlarda xususan kuchaymoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 07:33