Bugun
«Behruz Karimov» Lugano bilan debyutda 7,0 ball oldi
+18°
ясно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Grok AI foydalanuvchi yozishmalari ommaga ochiq bo‘ldi

Texnologiya
70
Grok AI foydalanuvchi yozishmalari ommaga ochiq bo‘ldi
Grok AI platformasidagi 370 mingdan ortiq foydalanuvchilarning yozishmalari ommaga oshkor bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

9to5mac nashrining xabar berishicha, ushbu suhbatlar Grok saytida e’lon qilinib, qidiruv tizimlari tomonidan indekslangan. xAI kompaniyasi faqat suhbatlarni emas, balki foydalanuvchilar tomonidan yuklangan rasm, jadval va boshqa hujjatlarni ham ochiq tarzda taqdim qilgan.

Grok’dagi “ulashish” tugmasi orqali yaratilgan havolalar qidiruv tizimlariga ochiq qilib qo‘yilgan bo‘lib, bu havolani olgan shaxslar bilan birga butun internet foydalanuvchilari ham ushbu ma’lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘lgan. Forbes nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilarga suhbatlar va yuklangan hujjatlar ommaga ochiq bo‘lishi haqida hech qanday ogohlantirish berilmagan.

Grok platformasida “ulashish” tugmasini bosish orqali istalgan suhbat saytga ogohlantirishsiz joylashtiriladi. Google qidiruv tizimida Grok suhbatlarini qidirganda 370 mingdan ko‘p foydalanuvchi va platforma o‘rtasidagi yozishmalar topilgan.

Ushbu suhbatlar orasida oddiy tvit yozishdan tortib, terrorchilik harakatlarini tasvirlash va kripto hamyonni buzish kabi xavfli mavzular ham mavjud. Forbes tahlillari natijasida, tibbiyot va psixologiyaga oid shaxsiy savollar, shuningdek, ism, parol va boshqa maxfiy ma’lumotlar ham ommaga oshkor qilinganligi aniqlangan.

Yuklangan fayllar va hujjatlar ham erkin tarzda taqdim etilgan. Ayrim suhbatlarda Grok platformasining o‘z siyosatiga zid holatlar kuzatilgan.

Masalan, foydalanuvchilarga noqonuniy dori tayyorlash, zararli dastur yaratish, o‘z joniga qasd qilish va hatto Ilon Maskni o‘ldirish rejalari haqida batafsil ko‘rsatmalar berilgan. Bu kabi holatlar ilk bora yuzaga kelayotgani yo‘q.

Oldinroq ChatGPT platformasining ba’zi suhbatlari Google orqali topilgan, ammo o‘sha vaqtda foydalanuvchi bunga rozilik bildirgan edi. Biroq, Grokdagi vaziyat ayniqsa jiddiy va kulgilidir, chunki Ilon Mask o‘tgan yil Apple va OpenAI o‘rtasidagi hamkorlik haqida asossiz maxfiylik da’volarini ilgari surgan edi.

Ushbu voqea foydalanuvchi ma’lumotlarini himoyalash va maxfiylik masalalarining qanchalik muhimligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi manba hamdir. Mikrobiolog
Texnologiya23:39, 12-10-2026
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google
Texnologiya16:56, 12-10-2026
Aktrisa Eshli Beloat suniy intellekt orqali o'g'irlangan qiyofasini himoya qilmoqda
Aktrisa Eshli Beloat suniy intellekt orqali o'g'irlangan qiyofasini himoya qilmoqda
Taniqli aktrisa Eshli Beloat o‘zi bosh rolni ijro etgan serial namoyishidan bir necha oy o‘tgach, xuddi shu syujet asosida ishlangan boshqa bir qisqa metrajli dramaga duch keldi. Bu haqda One.uz
Texnologiya10:51, 12-10-2026
Smartfonlarning yashirin imkoniyatlarini tekshirish uchun maxsus kodlar ro‘yxati
Smartfonlarning yashirin imkoniyatlarini tekshirish uchun maxsus kodlar ro‘yxati
Zamonaviy smartfonlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, ularning ko‘plab foydali funksiyalari odatiy sozlamalar menyusida ko‘rinmaydi.
Texnologiya23:52, 11-10-2026
Yaponiya korporatsiyasi Oydan Yerga energiya uzatish loyihasini taqdim etdi
Yaponiya korporatsiyasi Oydan Yerga energiya uzatish loyihasini taqdim etdi
Yaponiyaning yirik qurilish va muhandislik korxonasi bo‘lmish Shimizu korporatsiyasi koinot texnologiyalari tarixidagi eng dadil va ulkan g‘oyalardan biri hisoblangan Luna Ring loyihasini taqdim
Texnologiya23:52, 11-10-2026
RedWing Stealer troyani O‘zbekiston va Qozog‘iston bank hisoblarini o‘g‘iradi
RedWing Stealer troyani O‘zbekiston va Qozog‘iston bank hisoblarini o‘g‘iradi
Kiberxavfsizlik bo‘yicha Rossiyaning «F6» kompaniyasi tahlilchilari O‘zbekiston va Qozog‘iston foydalanuvchilarining bank hisoblariga tahdid solayotgan xavfli Android-troyanni fosh etdi. Bu haqda
Texnologiya11:04, 11-10-2026