Bugun
O‘zbekistonda nikohlar soni 2025 yilda kamaydi
+23°
пасмурно ветер 2.1 м/с, З

Trampning bojlari sababli iPhone narxi 30 foizga qimmatlashishi mumkin

Texnologiya
124

Trampning bojlari sababli iPhone narxi 30 foizga qimmatlashishi mumkin
Apple'ning yangi smartfonlari AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining bojxona to‘lovlari sababli 30 foizga qimmatlashishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlik so‘rovnoma o‘tkazgan tahlilchilarning fikricha, Apple o‘z mahsulotlari, jumladan iPhone narxini 30-40 foizga oshirish orqali bojxona to‘lovlarining salbiy ta’sirini yumshatishi mumkin. Counterpoint Research kompaniyasi rahbari Nil Shoh aytishicha, import bojxona to‘lovlarini qoplash uchun Apple narxlarni uchdan birga oshirishga majbur bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Apple ishlab chiqarishning bir qismini Xitoydan Hindiston va Vetnamga ko‘chirgan, biroq bu mamlakatlar ham tegishli ravishda 26 va 46 foizlik bojxona to‘lovlari joriy etgan. “Bizning bashoratimizcha, Apple smartfonlar narxining sezilarli darajada oshirilishini iPhone 17 chiqishi kutilayotgan kuzga qoldiradi”, deydi tahlilchi Anjelo Zino.

Rosenblatt Securities tahlilchilari bashoratiga ko‘ra, Apple'ning eng arzon smartfoni — iPhone 16e narxi 599 dollardan 856 dollargacha ko‘tarilishi mumkin. O‘z navbatida, iPhone 16 narxi 799 dollardan 1142 dollargacha, 1 terabaytli xotiraga ega flagman iPhone 16 Pro Max esa 1599 dollardan 2300 dollargacha qimmatlashadi.

Nufuzli ichki ma’lumotlar manbasi Min-Chi Ko Apple AQSHdagi import bojxona to‘lovlariga qarshi kurashish maqsadida mahsulot narxini oshirishi yoki Hindistonda ishlab chiqarishni kengaytirishi mumkin.

Foto: Reuters

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Nike motorli krossovka prototipini taqdim etdi
Nike motorli krossovka prototipini taqdim etdi
Dunyoning yetakchi sport brendlaridan biri bo‘lgan Nike yangi texnologik yangilikni taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Kompaniya o‘zining rasmiy sayti orqali “Project Amplify” nomli motorli
Texnologiya Bugun, 10:24
Plants vs. Zombies: Replanted Remaster Steam va Epicda chiqdi
Plants vs. Zombies: Replanted Remaster Steam va Epicda chiqdi
Plants vs. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Zombies: Replanted Remaster nomli o‘yin Steam hamda Epic Games Store platformalarida taqdim etildi. Ushbu o‘yin original Plants vs. Zombies o‘yinining qayta
Texnologiya Bugun, 08:57
Instagramda tomosha tarixini ko‘rish funksiyasi ishga tushdi
Instagramda tomosha tarixini ko‘rish funksiyasi ishga tushdi
Instagram o‘zining yangi funksiyasi – Tomosha tarixi bo‘limini ishga tushirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bo‘lim orqali foydalanuvchilar ilgari ko‘rgan barcha Reels videolarini qayta
Texnologiya Bugun, 08:37
Apple iPhone sotuvlari dizayn yangilanishi bilan oshdi
Apple iPhone sotuvlari dizayn yangilanishi bilan oshdi
Apple kompaniyasi bir necha yillik turg‘unlikdan so‘ng iPhone smartfonlari sotuvining o‘sishiga guvoh bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. So‘nggi modellarga bo‘lgan talab tahlilchilarning
Texnologiya Bugun, 08:28
Apple kompaniyasiga 1,5 milliard funt jarima belgilandi
Apple kompaniyasiga 1,5 milliard funt jarima belgilandi
Buyuk Britaniyaning raqobat bo‘yicha apellyatsiya sudi Apple kompaniyasiga qarshi jamoaviy da’vo bo‘yicha 1,5 milliard funt sterling miqdorida qaror chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Sud
Texnologiya Kecha, 22:39
Ilon Mask millionlab robot armiyasini yaratadi
Ilon Mask millionlab robot armiyasini yaratadi
Mashhur tadbirkor va Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask millionlab robotlardan iborat armiyani yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Wired nashri xabariga ko‘ra, u bu loyihani
Texnologiya Kecha, 20:51