Bugun
Belgiya Uelsda 4 gol urib g‘alaba qozondi
+13°
ясно ветер 3.1 м/с, СВ

Xitoyning yirik texnologik giganti O‘zbekiston raqamli to‘lov tizimiga kirib kelmoqda

Texnologiya
103

Xitoyning yirik texnologik giganti O‘zbekiston raqamli to‘lov tizimiga kirib kelmoqda
Markaziy bankda Xitoyning nufuzli texnologik kompaniyasi — Tencent Holdings Ltd tarkibiga kiruvchi Tencent Cloud International kompaniyasi delegatsiyasi bilan muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni kengaytirish va bulutli infratuzilmalarni yaratish hamda takomillashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar muzokaralar davomida Tencent kompaniyasining WeChat Pay raqamli to‘lov tizimini O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy to‘lov tizimlari bilan birlashtirish masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdi. Jumladan, QR-kod orqali raqamli to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda bu yo‘nalishda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

Markaziy bankning ta’kidlashicha, uchrashuv yakunida to‘lov tizimlari va raqamli moliya sohasidagi ikki tomonlama tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi hamda kelgusida amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab olindi.

Qisqacha ma’lumot tariqasida aytadigan bo‘lsak, Tencent Holdings Ltd – 1998 yilda tashkil etilgan, Xitoydagi eng yirik xususiy investitsiya holdinglaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda bu kompaniya nafaqat Xitoyda, balki butun dunyoda ham investitsiya va venchur sohasida yetakchi o‘rinlarda turadi. Tencent'ning shu’ba kompaniyalari internet xizmatlari, sun’iy intellekt, raqamli to‘lov tizimlari hamda elektron o‘yin-kulgi sohalarida zamonaviy ishlanmalarni amalga oshirmoqda.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Sun’iy intellekt aldashga moyil ekani aniqlandi
Sun’iy intellekt aldashga moyil ekani aniqlandi
Stenford universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tajriba sun’iy intellekt tizimlarining g‘alaba uchun aldash va manipulyatsiyaga murojaat qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Texnologiya Bugun, 00:22
Apple iPhone 18 Pro kamerasida katta yangiliklar bo‘ladi
Apple iPhone 18 Pro kamerasida katta yangiliklar bo‘ladi
MacRumors nashrining ishonchli manbalariga ko‘ra, Apple kompaniyasi kelasi yili taqdim etadigan iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari sezilarli darajada yangilangan holda namoyish etiladi. Bu
Texnologiya Kecha, 19:47
Meta reklamalari homila yo‘qotgan ayollarga og‘ir ta’sir qilmoqda
Meta reklamalari homila yo‘qotgan ayollarga og‘ir ta’sir qilmoqda
Meta kompaniyasining Facebook va Instagram tarmoqlarida homila yo‘qotgan ayollar uchun mo‘ljallangan bolalar va homiladorlik reklamalarining ko‘rsatilishi ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir
Texnologiya 19:59, 12-10-2025
WOWCube yangi raqamli Rubik kubi taqdim etildi
WOWCube yangi raqamli Rubik kubi taqdim etildi
Spin Master va Cubios kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan WOWCube o‘yinchoqi an’anaviy Rubik kubining yangi raqamli versiyasidir. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu kub 2x2 formatda bo‘lib,
Texnologiya 16:44, 12-10-2025
Samsung Xitoy uchun W26 flagman smartfonini taqdim etdi
Samsung Xitoy uchun W26 flagman smartfonini taqdim etdi
Samsung kompaniyasi Xitoy bozori uchun maxsus flagman smartfonlarini taqdim etishni davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yaqinda W seriyasining yangi vakili bo‘lgan W26 modeli e’lon
Texnologiya 12:22, 12-10-2025
Apple xavfsizlik tadqiqotchilariga mukofotni ikki barobar oshirdi
Apple xavfsizlik tadqiqotchilariga mukofotni ikki barobar oshirdi
Apple kompaniyasi xavfsizlikdagi kamchiliklarni aniqlagan mutaxassislarga beriladigan mukofot miqdorini ikki barobarga oshirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu o‘zgarish Apple Security Bounty
Texnologiya 10:31, 12-10-2025