Bugun
O‘zbekistonda 2026-yilda aholi ro‘yxatga olinadi
+27°
ясно ветер 2.1 м/с, З

Chevrolet yangi Spark EUV’ni taqdim etdi

Avto
121

Chevrolet yangi Spark EUV’ni taqdim etdi
Chevrolet o‘zining yangi ixcham krossoverini taqdim etdi. Biroq, model to‘liq amerikaliklar tomonidan ishlab chiqilmagan – u aslida xitoylik Baojun Yep Plus bo‘lib, Chevrolet brendi ostida chiqarildi.

Braziliyada qisqa taqdimot va bir nechta tizerlardan so‘ng, Chevrolet yangi elektr krossoverining rasmiy tasvirlarini e’lon qildi. Shu bilan birga, modelga avval hatchback bo‘lgan Spark nomi berilishi tasdiqlandi. Janubiy Amerika bozori uchun u Chevrolet Spark EUV nomi bilan taqdim etiladi. Shuningdek, avtomobilning orqa qismida "Activ" yozuvi mavjud bo‘lib, u ehtimol, komplektatsiyani bildiradi.

Spark EUV aslida Xitoyda GM va SAIC kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqarilgan Baojun Yep Plus’ning nusxasi hisoblanadi. Model faqat besh eshikli versiyada taqdim etilgan bo‘lib, uch eshikli varianti ko‘zda tutilmagan.

Dizaynda Chevrolet Spark EUV asosan Baojun Yep Plus’ni takrorlaydi, yagona farq – logotip va brend belgilari. Model kvadrat shakldagi kuzov, keng bamperlar, LED faralar, vertikal orqa chiroqlar va yon tomonga ochiladigan yukxona eshigi bilan ajralib turadi. Xitoy versiyasining o‘lchamlari: uzunligi 3996 mm, kengligi 1760 mm, balandligi 1726 mm va g‘ildirak bazasi 2560 mm.

Ichki makonda ham Spark EUV Baojun Yep Plus dizaynini takrorlaydi. Rulda Chevrolet logotipi bor, old panelda esa alohida raqamli asboblar paneli va multimedia ekrani joylashgan. O‘rindiqlar orasida suzuvchi podlokotnik mavjud. Braziliya bozorida model mahalliy talablarga moslashtirilgan variantda taqdim etiladi.

Texnik xususiyatlar hali rasman e’lon qilinmagan, ammo donor model Baojun Yep Plus old g‘ildirak harakatlantirish tizimi va 102 ot kuchiga ega motor bilan jihozlangan. Model 41,9 kVt/soatli akkumulyatorga ega bo‘lib, CLTC sinovlariga ko‘ra 401 km masofani bosib o‘ta oladi.

Yangi Chevrolet Spark EUV’ning to‘liq taqdimoti yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi. Model Lotin Amerikasi bilan birga Yaqin Sharq mamlakatlarida ham sotuvga chiqariladi. Chevrolet ilgari ham Xitoy modellarini o‘z brendi ostida chiqarib kelgan. Masalan, Chevrolet Captiva, Chevrolet Groove va Chevrolet S10 Max ham aslida xitoylik modellarning nusxalari hisoblanadi.


O‘xshash yangiliklar

Chevrolet Spark’ning ixcham krossover koʻrinishdagi yangi versiyasi (foto)
Chevrolet Spark’ning ixcham krossover koʻrinishdagi yangi versiyasi (foto)
Foto: Chevrolet Brasil Chevrolet kompaniyasi Spark avtomobilining yangilangan modeli — Spark EUV krossoverini ishlab chiqdi. Bu haqda Braziliyada oʻtkazilgan yangi avtomobil taqdimoti vaqtida
Avto 13:25, 18-02-2025
Yangi Chevrolet Spark EUV 2026 rasman taqdim etildi
Yangi Chevrolet Spark EUV 2026 rasman taqdim etildi
General Motors Chevrolet Spark modelini butunlay yangilab, 2026 yil uchun Spark EUV Activ deb nomlangan elektr versiyasini taqdim etdi, deb cenyavto.com xabar berdi. Bu model faqat “Activ”
Avto 19:41, 2-05-2025
"Manchester Siti" 401 xonali yangi mehmonxona barpo etadi
"Manchester Siti" 401 xonali yangi mehmonxona barpo etadi
Klub 2026 yil oxirida ishga tushirilishi rejalashtirilgan hashamatli mehmonxona bo‘yicha Radisson Hotel Group bilan tuzgan hamkorlik shartnomasi haqida e’lon qildi. Mehmonxona nomi
Dunyo 21:07, 5-03-2025
Abduqodir Husanov «Siti» safida jahon sahnasiga chiqadi
Abduqodir Husanov «Siti» safida jahon sahnasiga chiqadi
Angliyaning mashhur futbol jamoasi — «Manchester Siti» klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun o‘zining kengaytirilgan rosterini e’lon qildi. Unga ko‘ra, tarkibda jami 27 nafar futbolchi qayd
Sport 11:25, 12-06-2025
Chevrolet Equinox 2026 narxlari va texnik xususiyatlari e’lon qilindi
Chevrolet Equinox 2026 narxlari va texnik xususiyatlari e’lon qilindi
Chevrolet kompaniyasi 2026 yilgi Equinox krossoverining narx va jihozlanish tafsilotlarini e’lon qildi. Baza modeli 29 995 dollardan boshlanadi, to‘liq yurituvchan versiyalar esa 31 995 dollardan
Avto 13:48, 4-03-2025