Bugun
Serena: Allegri Vlahovichni qayta tiklashi mumkin
+30°
ясно ветер 3.1 м/с, З

Xitoyda 2024 yilning eng sifatli avtomobillari aniqlandi: yetakchi brendlar ma’lum bo‘ldi

Avto
126
Xitoyda 2024 yilning eng sifatli avtomobillari aniqlandi: yetakchi brendlar ma’lum bo‘ldi
Voyah Free.
Xitoyda 2024 yilda sotilgan avtomobillarning sifat reytingi e’lon qilindi. Ushbu reytingda mashinalarning sifati turli nuqsonlar va buzilishlar soni bo‘yicha baholandi. Bunda har bir brendga jarima ballari berilgan bo‘lib, kamroq ball yig‘gan avtomobil ishonchliroq va sifatliroq hisoblanadi.

Reytingda birinchi o‘rinni Dongfeng davlat konserniga tegishli bo‘lgan premium brend Voyah egalladi. Ushbu marka mashinalari eng kam nuqson va buzilishlar bilan 153 jarima ballini yig‘di.

Ikkinchi o‘rin ham Dongfeng konserni bilan hamkorlikdagi Dongfeng Honda avtomobillariga tegishli bo‘ldi — 156 ball. Uchinchi pog‘onada esa jahonga mashhur Volvo brendi joylashgan bo‘lib, u 157 ball yiqqan.

Ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnini GAC Hyptec avtomobili 158 ball bilan egallagan bo‘lsa, beshinchi o‘ringa Great Wall konsernining Wey premium brendi (160 ball) munosib topilgan.

Top-10 reytingga kirgan boshqa sifatli brendlar orasida GAC Trumpchi (161 ball), GAC Aion (162 ball), Jetta (163 ball), Changan Nevo (167 ball) va YangWang (170 ball) avtomobillari ham bor.

Qizig‘i shundaki, Xitoyning eng mashhur va Tesla brendining asosiy raqibi bo‘lgan BYD atigi 26-o‘rinni egallab, 191 ball yig‘gan.

O‘zbekistonda ham yaxshi tanilib qolgan mashhur brendlar — Chery, Haval, Geely va Changan reytingda ancha past o‘rinlarda qolib ketdi. Masalan, Chery 51-o‘rinni (224 ball), Haval 42-o‘rinni (210 ball), Geely 27-o‘rinni (192 ball), Changan esa 30-o‘rinni (194 ball) egallagan.

Bu reyting Xitoy bozorida sifatli va ishonchli avtomobillar xarid qilishni rejalashtirayotganlar uchun muhim yo‘lko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
[lang=ru,en]

[/lang]

O‘xshash yangiliklar

Haval Rossiyada yangi F7x krossoverini sotuvga chiqaradi: narxlari, jihozlari va innovatsion funksiyalari
Haval Rossiyada yangi F7x krossoverini sotuvga chiqaradi: narxlari, jihozlari va innovatsion funksiyalari
Haval kompaniyasi Rossiya bozori uchun yangi avlod F7x krossoverining narxlari va jihozlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Mashhur model 2025 yilning ikkinchi choragidan boshlab sotuvga chiqadi
Avto 11:01, 30-04-2025
Geely barcha modellari G-Pilot avtropiloti bilan jihozlanadi
Geely barcha modellari G-Pilot avtropiloti bilan jihozlanadi
Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan BYD fevral oyining boshida barcha modellari God’s Eye («Ilohiy ko‘z») deb nomlangan avtonom haydash tizimi bilan jihozlanishini
Avto 03:57, 6-03-2025
Chery Exeed Exlantix Nio akkumulyator almashtirish texnologiyasi bilan avtomobillarni taqdim etadi
Chery Exeed Exlantix Nio akkumulyator almashtirish texnologiyasi bilan avtomobillarni taqdim etadi
Chery kompaniyasining subbrendi Exeed 2025-yilning uchinchi choragida Nio tomonidan ishlab chiqilgan akkumulyator almashtirish texnologiyasi bilan jihozlangan avtomobillarni ishlab chiqarishni
Avto 08:45, 13-01-2025
Volvo ES90 – yangi elektr flagman taqdim etildi
Volvo ES90 – yangi elektr flagman taqdim etildi
Volvo ES90 kompaniyaning eng katta yengil avtomobili bo‘ldi va yonilg‘i bilan harakatlanuvchi S90 modelidan ham yirikroq. Avval sedan deb taqdim etilgan avtomobil aslida liftbek shaklida ishlab
Avto 04:03, 6-03-2025
Honda P7 elektromobili uchun buyurtmalar boshlandi
Honda P7 elektromobili uchun buyurtmalar boshlandi
GAC Honda o‘zining birinchi to‘liq elektr krossoveri — Honda P7 uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshladi, deb xabar bermoqda Speedme.ru. Model G‘uanchjoudagi zavodda ishlab chiqarilmoqda.
Avto 06:56, 28-03-2025