Bugun
Arteta Evertonga qarshi Moyes uslubi bilan o'ynashni rejalashtirmoqda
+7°
ясно ветер 2.3 м/с, С

Falastin bayrog‘ini ko‘targan aktivist Big-Benga chiqib oldi (foto)

Dunyo
136

Falastin bayrog‘ini ko‘targan aktivist Big-Benga chiqib oldi (foto)
London politsiyasi Vestminster saroyining soatli minorasidan Falastin tarafdori bo‘lgan aktivistni tushirib olishdi.

Falastin bayrog‘ini ko‘targan shaxs Britaniya parlamenti joylashgan hududga 8 mart tongida kirib kelgan. U tezda panjaraga chiqib, Big-Ben devori bo‘ylab bir necha metrga tirmashib chiqqan, shundan keyingina politsiyachilar e’tiborini tortgan.

Qaysidir pallada u minoraning yuqori qismiga ko‘tarilish uchun poyabzalini yechadi. Lekin oyoqlarini jarohatlab, tosh devorda qon dog‘larini qoldirdi.

Aktivist Instagramda efirga chiqib, «politsiya qatag‘onlari va davlat zo‘ravonligi»ga qarshi norozilik bildirgan.

Kun davomida u politsiya bilan muzokaralar olib bordi va faqat «o‘z shartlari bilan» pastga tushishini aytdi. Agar kimdir unga yaqinlashgudek bo‘lsa, hayotini xavf ostida qoldirib, yanada yuqori ko‘tarilish bilan tahdid qildi.

Loredana Sangiuliano / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Hodisa tufayli Vestminster ko‘prigi yopildi, shuningdek, parlament hududidagi barcha ekskursiyalar bekor qilindi. Big-Ben qarshisidagi o‘rab olingan maydonda bir guruh odamlar to‘planib, «Falastinga ozodlik» va «Sen qahramonsan» degan shiorlarni aytib hayqirishgan, deb xabar beradi BBC.

Politsiyachilar aktivistni yarim tundan keyin o‘t o‘chirish krani orqali pastga tushishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan. The Independent ma’lumotiga ko‘ra, ushbu erkak minorada 16 soat o‘tkazgan. Hozir u hibsga olingan.

O‘xshash yangiliklar

Tramp davrida AQSH Eron urushida o'n yetti ming raketa sarfladi
Tramp davrida AQSH Eron urushida o'n yetti ming raketa sarfladi
Amerika Qo'shma Shtatlari hukumati Donald Tramp boshchiligidagi davrda Eronga qarshi olib borilgan harbiy amaliyotlarda strategik ahamiyatga ega bo'lgan qurol-yarog' va zaruriy
Dunyo Bugun, 19:54
Eron rahbari rafiqasi hali tirik ekanligi tasdiqlandi
Eron rahbari rafiqasi hali tirik ekanligi tasdiqlandi
Eronning marhum oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning rafiqasi Mansure Xojasteh Bog'arzode hali tirik va uning sog'lig'i ayni muddo yaxshi ekan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Dunyo Bugun, 19:31
YouTube sun'iy intellekt yordamida soxta videolarni aniqlaydi
YouTube sun'iy intellekt yordamida soxta videolarni aniqlaydi
YouTube ijtimoiy tarmog'i sun'iy intellekt yordamida yaratilgan soxta videolarni aniqlash bo'yicha yangi tizimni joriy qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu yangilik asosan davlat
Dunyo Bugun, 18:57
Amerikaliklar sun'iy intellekt xavfini foydasidan ustun deb bilmoqda
Amerikaliklar sun'iy intellekt xavfini foydasidan ustun deb bilmoqda
Amerika Qo'shma Shtatlarida o'tkazilgan so'nggi keng ko'lamli so'rov natijalari sun'iy intellektning tez rivojlanishi borasida jamiyatdagi xavotirni yanada oshganligini
Dunyo Bugun, 18:26
Yashil karta lotereyasida 2026 yilda jiddiy o'zgarishlar kutilmoqda
Yashil karta lotereyasida 2026 yilda jiddiy o'zgarishlar kutilmoqda
AQSh hukumati Yashil karta lotereyasi deb nomlangan Turli millat vakillari vizasi dasturida muhim yangilanishlarni kiritishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘zgarishlar 2026
Dunyo Bugun, 18:01
Isroil Livan poytaxtiga qaratgan hujumlari kuchayib ketdi
Isroil Livan poytaxtiga qaratgan hujumlari kuchayib ketdi
Isroilning Livan hududida olib borayotgan harbiy harakatlari kuchayib ketmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. So'nggi kunlarda Bayrut poytaxti hamda mamlakatning janubiy va sharqiy qismlariga
Dunyo Bugun, 17:18