Bugun
Jim Kerri Fransiyada faxriy "Sezar" mukofotini oldi
+10°
пасмурно ветер 1.9 м/с, С

Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini qanday baholadi?

Dunyo
112
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini qanday baholadi?
AQSH prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinning Rossiya—Ukraina urushiga oid 30 kunlik sulh to‘g‘risidagi bayonotini «umidbaxsh» deb atadi.

«Putin umidbaxsh bayonot bilan chiqish qildi», — dedi Tramp NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Ammo AQSH prezidentining fikricha, ushbu bayonot «to‘liq» bo‘lmagan.

Tramp o‘t ochishni to‘xtatish taklifini Putin bilan muhokama qilishga tayyor ekanini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff hozir «Rossiyada jiddiy muzokaralar» olib bormoqda va u tez orada Putin bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

«Rossiya to‘g‘ri yo‘l tutishiga umid qilaman», — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Ryutte ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSH prezidenti Vashington vakillari o‘t ochishni to‘xtatish bitimi doirasida Ukraina delegatsiyasi bilan nimalar haqida gaplashganini ochiqladi. Xususan, ular hududlar va Zaporoje AES ustidan nazoratni, shuningdek, Ukrainaning NATOga a’zoligi masalasini muhokama qilgan.

«Biz [Ukraina bilan] hududlarni muhokama qildik, chunki agar sulhdan ma’no bo‘lmasa, unga vaqt sarflashni xohlamaymiz. Shunday ekan «Qaranglar, sizlar buni ololasiz, buni esa yo‘q», deyapmiz. NATO va unga a’zolik masalasi muhokama qilindi. Hamma javobni biladi, u 40 yildan beri ma’lum. Yakuniy kelishuvning ko‘plab tafsilotlari allaqachon muhokama qilingan. Endi Rossiya tayyormi yoki yo‘qligini ko‘ramiz. Agar tayyor bo‘lmasa, bu butun dunyo uchun juda umidsizlikka soluvchi holat bo‘ladi», — deydi Tramp.

AQSH Saudiya Arabistonida Ukraina delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralarda 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatish taklifini ilgari surgan edi. Ukraina tomoni bunga rozi bo‘ldi.

Vladimir Putin sulh to‘g‘risidagi g‘oyaga izoh berarkan, Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘lgan, biroq u uzoq muddatli tinchlikka olib kelgan taqdirdagina. Sulh haqidagi taklif bir qancha nyuanslarni hisobga olishi kerak, degan prezident. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimidan qurol olish yoki kuch safarbar etish uchun foydalanishi xavfi bor.

O‘xshash yangiliklar

Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharq mintaqasidagi xavfsizlik bilan bog‘liq keskin vaziyat xalqaro logistika tizimida jiddiy uzilishlarga olib kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqida Bloomberg ma'lumot
Dunyo Bugun, 03:52
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda hokimiyat o‘tish davri rasman boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Prezident Mas'ud Pizishkiyon davlat teleradiokompaniyasi orqali xalqqa murojaat qilib, muvaqqat kengash o‘z
Dunyo Bugun, 02:02
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eronning vaqtinchalik rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Reuters axborotiga ko'ra, u boshqaruv kengashi a'zosi sifatida ish boshladi. 67 yoshli Arafiyga
Dunyo Kecha, 16:39
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrning Asvon shahrida joylashgan Qubbat al-Hava nekropoli hududida arxeologlar muhim kashfiyotlarga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular qadimgi podsholik davriga tegishli bo‘lgan, qoya
Dunyo Kecha, 14:20
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda portlash ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu voqea mintaqadagi keskinlikning navbatdagi
Dunyo Kecha, 13:31
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eronda siyosiy tarixning muhim va murakkab davri boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026-yil 1-mart kuni Eron davlat axborot vositalari oliy rahbar Oyatulloh Ali Xominaiyning vafotidan so‘ng
Dunyo Kecha, 12:30