Bugun
Forbes reytigida Ilon Mask dunyoning eng boy insoni bo'ldi
-5°
пасмурно ветер 3.6 м/с, С

Germaniyada tibbiyot xodimi smenani «tinch o‘tkazish» uchun 9 kishini o‘ldirganlikda ayblandi

Dunyo
106
Germaniyada tibbiyot xodimi smenani «tinch o‘tkazish» uchun 9 kishini o‘ldirganlikda ayblandi
Foto: Rhein-Maas Klinikum
Germaniya g‘arbidagi shifoxonada ishlagan tibbiyot xodimi 9 bemorni o‘ldirishda va yana 34 bemorni o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda, deb xabar berdi Bild mahalliy prokuraturaga tayanib.

Erkak Vyurselen shahridagi klinika xodimi bo‘lgan. 2024 yilda shifoxona rahbariyati uning ishidagi shubhali holatlarni payqab, politsiyaga murojaat qilgan.

Xodim 2024 yil iyul oyida hibsga olingan va 11 ta qotillikka urinishda ayblangan. Tibbiyot xodimining qurbonlari va jabrdiydalari sonini aniqlash uchun huquq-tartibot idoralari bir qancha jasadni eksgumatsiya qilgan.

Fevral oyida prokurorlar xodim 5 kishini o‘ldirgani va yana 25 bemorni o‘ldirmoqchi bo‘lganini aytdi. Keyinchalik bu ishga yana to‘rtta qotillik va to‘qqizta qotillikka urinish qo‘shildi.

Xodim palliativ yordam bo‘limida ishlagan, u yerda og‘ir yoki o‘ta og‘ir bemorlar simptomlarini yengillashtirish uchun yordam oladi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak bemorlarga og‘riq qoldiruvchi yoki tinchlantiruvchi dorilarni quyishda dozani qasddan, haddan tashqari oshirib yuborgan. Shu tariqa tibbiyot xodimi noxush hodisasiz tungi smenani «tinchgina» o‘tkazishga harakat qilgani ta’kidlanmoqda.

Aahen prokuraturasi 44 yoshli erkakka ayblov e’lon qilgan.

Gumonlanuvchining qurbonlari orasida shifoxonadan javob beriladigan bemorlar ham bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Jabrlanganlarning ba’zilari tinchlantiruvchi dori vositalarining haddan tashqari katta dozasi tufayli jiddiy oqibatlarga duch kelgan. Qayd qilinishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Qirg'izistonda Ramazon hayiti 20 mart kuni nishonlanadi
Qirg'izistonda Ramazon hayiti 20 mart kuni nishonlanadi
Qirg'iziston Respublikasida kelasi yili, ya'ni 2026-yilda Ramazon hayiti bayrami birinchi mart oyining oxirgi kunlarida, aniqrog'i 20-mart kuni nishonlanishi ma'lum qilindi. Bu
Dunyo Bugun, 02:28
Forbes reytigida Ilon Mask dunyoning eng boy insoni bo'ldi
Forbes reytigida Ilon Mask dunyoning eng boy insoni bo'ldi
Forbes jurnali 2026-yil uchun dunyoning eng boy insonlari ro'yxatini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Joriy yilda sayyoramizdagi milliarderlar soni tarixda misli
Dunyo Bugun, 01:46
AQSH mudofaa vaziri Rossiyaga Eronda aralashmaslikni so'radi
AQSH mudofaa vaziri Rossiyaga Eronda aralashmaslikni so'radi
Amerika Qo'shma Shtatlari mudofaa vaziri Pit Hegset yaqinda muhim bayonot bilan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning so'zlariga ko'ra, Rossiya Federatsiyasi Amerika va Isroil
Dunyo Bugun, 01:30
Tramp maslahatchilari Eron urushini tezda tugatish yo'llarini qidirmoqda
Tramp maslahatchilari Eron urushini tezda tugatish yo'llarini qidirmoqda
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning yaqin maslahatchilari hozirgi Eron bilan bo'layotgan harbiy mojarodan samarali chiqish yo'llarini qidirishda. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 00:55
Larijoniy Trampning Eron tahdidlarini asossiz va puch deb atadi
Larijoniy Trampning Eron tahdidlarini asossiz va puch deb atadi
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniy Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning mamlakatiga qarati tahdidlarini keskin qoraladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Bugun, 00:15
Eronning Isroilga qarshi raketa zarbalari keskin kamaydi
Eronning Isroilga qarshi raketa zarbalari keskin kamaydi
So'nggi kunlarda Eron tomonidan Isroil hududiga yo'naltirilayotgan ballistik raketalar sonida sezilarli darajada kamayish kuzatilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu jarayon
Dunyo Kecha, 23:58