Bugun
Aktrisa Aysanemxon Yusupova Istanbulda Tarkan konsertida ishtirok etdi
+12°
пасмурно ветер 3.8 м/с, ЮВ

Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida 34,4 ming dollarga sotildi

Dunyo
130
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida 34,4 ming dollarga sotildi
RR Auction kimoshdi savdosida sobiq Twitter'ning moviy qush ko‘rinishidagi logotipi 34 375 dollarga sotildi. Ijtimoiy tarmoq nomi X'ga o‘zgarganidan so‘ng ushbu belgi kompaniyaning San-Fransiskodagi sobiq bosh qarorgohidan olib tashlangandi.

RR Auction xabariga ko‘ra, sotilgan logotipning o‘lchamlari 3,7 metrga 2,7 metr, og‘irligi esa 254 kilogrammni tashkil etadi. Xaridorning ismi oshkor qilinmagan.

Avval Ilon Mask sobiq Twitter ofislaridagi mebellar va professional oshxona jihozlarini kimoshdi savdosiga qo‘ygan edi.

Ijtimoiy tarmoqni sotib olganidan keyin Mask ofis ijarasi va shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan, deb yozadi ABC News. Shuningdek u xodimlar sonini keskin qisqartirgan.

OAVga ko‘ra, Mask sobiq Twitter buyumlarini sotish orqali kompaniyaning avvalgi rahbariyati qilgan ortiqcha xarajatlarni ko‘rsatib berishni istagan. Shuningdek, Mask kompaniya xarajatlarini qisqartirish o‘zi uchun ustuvor maqsad ekanini namoyish etmoqchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil aprel oyida Ilon Mask Twitter'ni 44 milliard dollarga sotib oldi. 2023 yil iyul oyida u ijtimoiy tarmoq nomini va logotipini X'ga o‘zgartirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Eron tomonidan Abu-Dabi shahrida joylashgan Fransiyaga tegishli harbiy-dengiz obyektiga zarba berilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 10:19
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil mudofaa kuchlari tomonidan ma'lum qilinishicha, Isroil armiyasi Eronga qarshi olib borilayotgan "Arslon nidosi" operatsiyasi doirasida taxminan 100 ming nafar zaxiradagi harbiy
Dunyo Bugun, 09:48
AQSH va Isroil Eron bilan keskinlikni oshirmoqda
AQSH va Isroil Eron bilan keskinlikni oshirmoqda
AQSH va Isroil rahbarlari Eron atrofidagi keskin vaziyatni muhokama qilishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, Eronga qarshi harbiy harakatlar
Dunyo Bugun, 09:07
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner porti hisoblangan Jebel Ali porti mintaqadagi keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Dunyo Bugun, 08:58
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Donald Trampning bayonotiga ko‘ra, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, bu xavfni bartaraf etish uchun AQSH Eronga qarshi
Dunyo Bugun, 08:15
Tramp: Eron ikki haftada yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron ikki haftada yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Trampning aytishicha, aynan shu sabab AQSh Eron bilan
Dunyo Bugun, 07:34