Bugun
Tohir Sodiqov: Oila muqaddas va mas'uliyatli tushuncha
+14°
пасмурно ветер 4 м/с, З

Ar-Riyodda Ukraina va AQSH delegatsiyalarining uchrashuvi boshlandi

Dunyo
141
Ar-Riyodda Ukraina va AQSH delegatsiyalarining uchrashuvi boshlandi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda Ukraina va AQSH delegatsiyalarining uchrashuvi boshlandi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari Rustem Umerov ma’lum qildi.

«Bugun qator murakkab texnik masalalar ustida ishlayapmiz — delegatsiyamiz tarkibidan energetika bo‘yicha ekspertlar, shuningdek, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari vakillari o‘rin olgan», — deydi Umerov.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, muzokaralar energetika va infratuzilma obyektlari xavfsizligi bo‘yicha takliflarni muhokama qilishga bag‘ishlangan.

AQSH vakillari, shuningdek, 24 mart kuni Rossiya delegatsiyasi bilan ham uchrashuv o‘tkazadi. Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogning so‘zlariga ko‘ra, AQSH har bir tomonning shartlarini yaxshiroq tushunish uchun Saudiya Arabistonida Rossiya va Ukraina o‘rtasida bilvosita muzokaralarni tashkil qilmoqda.

Muzokaralarning ushbu raundida asosan energetika obyektlariga 30 kun davomida zarbalar bermaslik, shuningdek, dengizda harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘ladi.

AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning ma’lum qilishicha, Rossiya bilan muzokaralar vaqtida «haqiqiy progress» kutilmoqda. U Donald Tramp ta’kidlab kelgan pozitsiyani takrorlab, RF prezidenti Vladimir Putin «tinchlikni xohlashini» bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroil hududida Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Times of Israel nashri «Magen David Adom» tez yordam xizmati
Dunyo Bugun, 10:35
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Eron tomonidan Abu-Dabi shahrida joylashgan Fransiyaga tegishli harbiy-dengiz obyektiga zarba berilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 10:19
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil mudofaa kuchlari tomonidan ma'lum qilinishicha, Isroil armiyasi Eronga qarshi olib borilayotgan "Arslon nidosi" operatsiyasi doirasida taxminan 100 ming nafar zaxiradagi harbiy
Dunyo Bugun, 09:48
AQSH va Isroil Eron bilan keskinlikni oshirmoqda
AQSH va Isroil Eron bilan keskinlikni oshirmoqda
AQSH va Isroil rahbarlari Eron atrofidagi keskin vaziyatni muhokama qilishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, Eronga qarshi harbiy harakatlar
Dunyo Bugun, 09:07
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner porti hisoblangan Jebel Ali porti mintaqadagi keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Dunyo Bugun, 08:58
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Donald Trampning bayonotiga ko‘ra, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, bu xavfni bartaraf etish uchun AQSH Eronga qarshi
Dunyo Bugun, 08:15