Bugun
Tohir Sodiqov: Oila muqaddas va mas'uliyatli tushuncha
+14°
пасмурно ветер 4 м/с, З

Suriyaning yangi hukumati Bashar Asadning ekstraditsiyasini so‘radi

Dunyo
129
Suriyaning yangi hukumati Bashar Asadning ekstraditsiyasini so‘radi
Suriyadagi yangi hukumat Rossiya rahbari Vladimir Putindan sobiq prezident Bashar Asadni sud jarayoni uchun ekstraditsiya qilishni so‘radi. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.

Rasmiy so‘rov Suriya prezidenti va "Hay’at Tahrir ash-Shom" guruhi yetakchisi Ahmad ash-Shar’a (Al-Juloniy) nomidan Moskvaga yuborilgan. Reuters manbalariga ko‘ra, bungacha ham Bashar Asad tomonidan Moskvaga yo‘naltirilgan mablag‘larni qaytarish talabi ilgari surilgan edi. Rossiya delegatsiyasining yaqindagi tashrifi chog‘ida Asadlar oilasining Rossiyada aktivlarga ega emasligi ma’lum qilindi.

Ushbu uchrashuv davomida Suriya vakillari Asadni mamlakatda sud qilish uchun Moskvaga topshirish masalasini yana ko‘targan. Al Arabiya manbalariga ko‘ra, uch soat davom etgan muzokaralardan so‘ng, Rossiya tomoni Asadni ekstraditsiya qilish masalasi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash uchun yengib bo‘lmas to‘siq emasligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, 20 mart kuni Vladimir Putin suriyalik hamkasbiga hamkorlikni davom ettirish taklifi va uning "vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini" qo‘llab-quvvatlashini bildirgan maktub yo‘lladi. Gap Suriyada hukumat qo‘shinlari va Asad tarafdorlari hisoblangan alaviylar o‘rtasida yuz bergan qurolli to‘qnashuvlar haqida ketmoqda. Mart oyi boshida mamlakatning shimoliy hududlarida sodir bo‘lgan ushbu janglarda mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan.

Fevral oyi boshida Suriyaning yangi mudofaa vaziri Murxaf Abu Kasra Rossiyaning Tartus va Xmeymimdagi harbiy bazalari masalasida Suriya o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda harakat qilishini ta’kidladi. Uning aytishicha, agar Moskva Suriyaga zarur bo‘lgan narsani – ya’ni hozirda Rossiyada yashiringan Asadni topshirsa, Rossiya bu obyektlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

So‘nggi oylarda Vladimir Putin Suriyadagi harbiy bazalari va Rossiya ta’sirini saqlab qolish maqsadida yangi hukumat bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda. Masalan, o‘tgan hafta Rossiya nefti ortilgan bir necha tanker Suriyaga yetib keldi. Shuningdek, fevral va mart oylarida Damashqqa Asad hokimiyati davrida Moskvada chop etilgan Suriya valyutasi jo‘natilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bashar Asad va uning oilasi Rossiyadan boshpana so‘ragan va hozirda Moskvada istiqomat qilmoqda. Suriyaning yangi hukumati esa uni sudga tortish uchun ekstraditsiya qilishga intilayotganini bildirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroil hududida Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Times of Israel nashri «Magen David Adom» tez yordam xizmati
Dunyo Bugun, 10:35
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Eron tomonidan Abu-Dabi shahrida joylashgan Fransiyaga tegishli harbiy-dengiz obyektiga zarba berilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 10:19
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil mudofaa kuchlari tomonidan ma'lum qilinishicha, Isroil armiyasi Eronga qarshi olib borilayotgan "Arslon nidosi" operatsiyasi doirasida taxminan 100 ming nafar zaxiradagi harbiy
Dunyo Bugun, 09:48
AQSH va Isroil Eron bilan keskinlikni oshirmoqda
AQSH va Isroil Eron bilan keskinlikni oshirmoqda
AQSH va Isroil rahbarlari Eron atrofidagi keskin vaziyatni muhokama qilishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, Eronga qarshi harbiy harakatlar
Dunyo Bugun, 09:07
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner porti hisoblangan Jebel Ali porti mintaqadagi keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Dunyo Bugun, 08:58
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Donald Trampning bayonotiga ko‘ra, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, bu xavfni bartaraf etish uchun AQSH Eronga qarshi
Dunyo Bugun, 08:15