Bugun
Tohir Sodiqov: Oila muqaddas va mas'uliyatli tushuncha
+14°
пасмурно ветер 4 м/с, З

Akrom Imomo‘g‘li Turkiya prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

Dunyo
119
Akrom Imomo‘g‘li Turkiya prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi
Turkiyaning muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi 23 mart, yakshanba kuni hokimiyatdan chetlatilgan va qamoqqa olingan Istanbul hokimi Akrom Imomo‘g‘lini prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatdi. Respublika xalq partiyasi praymerizlarida jami 15 million turk fuqarosi qatnashdi, bu esa mamlakatda ro‘yxatga olingan saylovchilarning deyarli to‘rtdan bir qismini tashkil etadi. Ulardan 13,2 millioni yagona nomzod bo‘lgan Imomo‘g‘lini qo‘llab-quvvatlagan.

Respublika xalq partiyasi raisi O‘zg‘ur O‘zel Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazish va Akrom Imomo‘g‘li bilan raqobatlashishga qaror qilishga chaqirdi.

Shu kuni o‘n minglab muxolifat tarafdorlari Istanbul meriyasi oldida to‘planib, Erdo‘g‘anning raqibi siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinayotganiga norozilik bildirishdi. AP O‘zelning mitingdagi so‘zlaridan iqtibos keltirdi: "Imomo‘g‘li bir tomondan qamoqxonada, boshqa tomondan esa prezidentlikka yo‘l oldi". Prezidentlikka yangi nomzod bo‘lgan Imomo‘g‘lining rafiqasi Dilek Kaya ham namoyishchilarga murojaat qildi.

Namoyishchilar barrikadalar qurishga urinib, politsiya bilan to‘qnashdi, deb yozadi Milliyet. Natijada, uning ma’lumotlariga ko‘ra, 66 nafar namoyishchi qo‘lga olingan, besh nafar politsiyachi jarohatlangan.

Yevropa davlatlari Istanbul meri qo‘lga olinganini qoralab chiqdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Akrom Imomo‘g‘lining qo‘lga olinishini «Turkiyadagi demokratiyaga jiddiy zarba» deb atadi. Parij va Afina Istanbul merini qo‘llab-quvvatladi. Istanbulda yuzlab kishilar namoyishga chiqdi.

Istanbul meri Akrom Imomo‘g‘lining qo‘lga olinishi va yil boshidan beri amaldorlar, faollar, fuqarolik jamiyati va biznes vakillari va jurnalistlarning ta’qib qilinishi Turkiyaning o‘zining uzoq yillik demokratik an’analariga sodiqligi haqida savollar tug‘dirmoqda, dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas.

Bryussel Turkiya hukumatini to‘liq shaffoflikni ta’minlashga va barcha qonuniy tartiblarga rioya qilishga chaqirdi. Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat va Yevropa Kengashining uzoq yillik a’zosi sifatida Turkiya eng yuqori demokratik standartlarni qo‘llashga majbur, deyiladi bayonotda.

O‘xshash yangiliklar

Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroilga Eron raketa hujumi: 9 kishi halok bo'ldi
Isroil hududida Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Times of Israel nashri «Magen David Adom» tez yordam xizmati
Dunyo Bugun, 10:35
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Eron Abu-Dabidagi Fransiya harbiy bazasiga hujum qildi
Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Eron tomonidan Abu-Dabi shahrida joylashgan Fransiyaga tegishli harbiy-dengiz obyektiga zarba berilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 10:19
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil Eronga qarshi operatsiyaga 100 ming harbiyni tayyorlamoqda
Isroil mudofaa kuchlari tomonidan ma'lum qilinishicha, Isroil armiyasi Eronga qarshi olib borilayotgan "Arslon nidosi" operatsiyasi doirasida taxminan 100 ming nafar zaxiradagi harbiy
Dunyo Bugun, 09:48
AQSH va Isroil Eron bilan keskinlikni oshirmoqda
AQSH va Isroil Eron bilan keskinlikni oshirmoqda
AQSH va Isroil rahbarlari Eron atrofidagi keskin vaziyatni muhokama qilishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, Eronga qarshi harbiy harakatlar
Dunyo Bugun, 09:07
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner porti hisoblangan Jebel Ali porti mintaqadagi keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Dunyo Bugun, 08:58
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Donald Trampning bayonotiga ko‘ra, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, bu xavfni bartaraf etish uchun AQSH Eronga qarshi
Dunyo Bugun, 08:15