Bugun
«Augsburg» «Kyoln»ni mag‘lub etib, 9-o‘ringa ko‘tarildi
+4°
ясно ветер 2.1 м/с, СЗ

AQSHda davlatdan nafaqa oladigan 7 million «o‘lik jon» aniqlandi

Dunyo
110
AQSHda davlatdan nafaqa oladigan 7 million «o‘lik jon» aniqlandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ijtimoiy ta’minot tizimi bo‘yicha yirik tekshiruv o‘tkazilib, davlatdan nafaqa olayotgan 7 milliondan ortiq fuqaroning hujjatlar bo‘yicha tirik, aslida esa vafot etgani aniqlandi. Bu haqda Ilon Mask boshchiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) ma’lum qildi.

G‘ayritabiiy yoshdagi «nafaqaxo‘rlar»

DOGE tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, AQSH Ijtimoiy ta’minot boshqarmasi hujjatlarini yangilash jarayonida bir nechta hayratlanarli holatlar aniqlangan. Xususan, nafaqa olayotgan fuqarolar orasida:

? 1,7 million kishi – 120-129 yoshda.
? 2,4 million kishi – 130-139 yoshda.
? 2,4 million kishi – 140-149 yoshda.
? 400 mingdan ortiq kishi – 150 yoshdan yuqori.

Raqamlar juda g‘ayritabiiy ko‘rinishga ega, chunki dunyodagi eng keksalar qatoridagi insonlar ham hozirda 120 yoshga yetmagan.

Firibgarlikmi yoki tizimdagi xatolik?

DOGE tomonidan tayyorlangan hisobotda ma’lumotlar bazasini tozalash ishlari 3 hafta davom etgani qayd etilgan. Ushbu jarayonda 7 million nafar odam rasman vafot etgan deb belgilanib, ularning ijtimoiy sug‘urta raqamlari bekor qilindi. Ammo hali ham 5 milliondan ziyod shubhali holatlar tekshirilmoqda.

Bu holat Amerika ijtimoiy ta’minot tizimida katta firibgarliklar borligini ko‘rsatishi mumkin. Agar chinakamiga vafot etgan shaxslar nomiga nafaqa ajratib kelingan bo‘lsa, demak, kimdir bu mablag‘larni o‘zlashtirgan bo‘lishi mumkin.

Ilon Maskning munosabati

Ilon Mask bu vaziyatga keskin munosabat bildirib, AQSH ijtimoiy ta’minot tizimini «tarixdagi eng katta firibgarlik» deb atadi. U o‘z sahifasida mamlakatda 100 yoshdan oshgan 4 milliondan ortiq fuqaro borligi haqida infografika ham e’lon qildi.

«Hatto kinofilmlarda ham bunday uzoq umr ko‘rgan odamlar kam uchraydi. Balki haqiqatdan ham biz bilmaydigan yashirin «vampirlar» bordir?» – deb hazilomuz izoh qoldirdi Ilon Mask.

AQSH ijtimoiy ta’minot tizimidagi bu kabi muammolar nafaqat moliyaviy yo‘qotishlarga, balki davlatning ishonchliligini pasayishiga ham olib kelishi mumkin. Hozirda hukumat bu vaziyatni chuqurroq o‘rganib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun yangi nazorat mexanizmlarini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Tekshiruv natijalari e’lon qilingach, jamoatchilik ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratishi shubhasiz. Hozircha esa, Amerika tarixidagi eng katta firibgarlikdan biri oshkor bo‘lgani aniq.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy fuqarolariga Eronga safar qilish tavsiya etilmadi
Xitoy fuqarolariga Eronga safar qilish tavsiya etilmadi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Konsullik ishlari departamenti o‘z fuqarolariga Eronga safar qilishdan vaqtincha tiyilishni tavsiya qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qaror 27-fevral kuni
Dunyo Kecha, 22:05
Orol tubida saksovul ekilib, ekologiya tiklanmoqda
Orol tubida saksovul ekilib, ekologiya tiklanmoqda
25-fevral kuni "Orol maktabi" ishtirokchilari BMT Taraqqiyot dasturining "Yashil Orol dengizi" tashabbusi doirasida Orol dengizining qurib qolgan hududida saksovul ko‘chatlarini
Dunyo Kecha, 21:35
O‘zbekiston Pokiston va Afg‘onistonni tinchlikka chaqirdi
O‘zbekiston Pokiston va Afg‘onistonni tinchlikka chaqirdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida yuzaga kelgan qurolli to‘qnashuvlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rasmiy bayonotda chegara hududidagi
Dunyo Kecha, 21:06
WEF prezidenti iste’foga chiqdi: sabab "Epshteyn ishi"
WEF prezidenti iste’foga chiqdi: sabab "Epshteyn ishi"
Davosda o‘tkaziladigan Jahon iqtisodiy forumi (WEF) prezidenti o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda "Reuters" axborot agentligi xabar berdi. Ma’lumotlarga
Dunyo Kecha, 13:38
Pokiston “Tolibon”ga qarshi keng ko‘lamli amaliyot boshladi
Pokiston “Tolibon”ga qarshi keng ko‘lamli amaliyot boshladi
Pokiston Afg‘onistondagi “Tolibon” harakatiga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. BBC xabariga ko‘ra, Pokiston harbiylari Kobul va Qandahor shaharlarida
Dunyo Kecha, 12:22
Qozog‘istondagi portlash: 7 o‘lik, 19 jarohat
Qozog‘istondagi portlash: 7 o‘lik, 19 jarohat
Qozog‘istonning Aqmola viloyati, Burabay tumanidagi Shchuchinsk shahrida joylashgan “Osh markazi” ovqatlanish maskanida sodir bo‘lgan portlash va undan keyingi yong‘in og‘ir oqibatlarga olib keldi.
Dunyo Kecha, 11:15