ENRU

Antarktidadagi sayyohlik ekotizimga zarar yetkazmoqda

Dunyo
44
Antarktidadagi sayyohlik ekotizimga zarar yetkazmoqda
Antarktidadagi muzliklarning erish tezligi haqida ogohlantiruvchi ma’lumotlar tobora jiddiy tus olmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

So‘nggi yillarda faqat global isish emas, balki inson faoliyati ham janubiy qit’adagi ekotizimga katta xavf tug‘dirayotgani aniqlangan. “Euronews”ning xabar berishicha, Antarktida sayyohlik operatorlari xalqaro assotsiatsiyasi (IAATO) ma’lumotlari asosida, 1990-yillarda yiliga 8 mingdan kam sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 124 mingdan oshgan.

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, 2034 yilga kelib sayyohlar soni 450 mingga yetishi mumkin, bu esa tabiiy muhitga katta bosim hisoblanadi. “Nature sustainability” jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha, turizmning rivojlanishi va ilmiy tadqiqot markazlarining kengayishi Antarktidaning ifloslanishiga olib kelmoqda.

Bu esa qor erishini tezlashtirib, nozik ekotizimlarga tahdid solmoqda. Chili, Germaniya va Niderlandiyadan kelgan olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda odam faoliyati mavjud hududlarda nikel, mis va qo‘rg‘oshin kabi zaharli metallar miqdori 40 yil oldingi darajadan 10 barobar ko‘p ekani aniqlangan.

Bir mavsumda 55 ta turistik agentlik taxminan 570 ta sayohat ekspeditsiyasini tashkil qilgan. Yo‘lovchilarning uchdan ikki qismi kichik kemalarda harakat qilgan.

IAATO sayyohlarni qirg‘oqqa qo‘nishdan cheklash va bioxavfsizlik qoidalariga rioya qilishni tavsiya etsa-da, sayyohlik tabiiy muhitda stress va o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Avvalgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘rtacha turistik sayohat har bir yo‘lovchi uchun 5,44 tonna karbonat angidrid gazini atmosferaga chiqaradi.

Tadqiqotchi Raul Kordero ta’kidlaganidek, sayyohlar tez-tez tashrif buyuradigan hududlarda ifloslantiruvchi zarralar mavjudligi sababli qor tezroq eriydi. Hatto bitta sayyoh ham taxminan 100 tonnaga yaqin qorning erishini tezlashtirishi mumkin.

Antarktida shartnomasi mazkur muammolarni oldini olish uchun og‘ir mazut va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni ishlatishni qat’iyan taqiqlaydi. Shu sababli ko‘plab sayyohlik kompaniyalari gibrid elektr kemalarini joriy etib, uglerod chiqindisini kamaytirishga harakat qilmoqda.

Biroq olimlar bunday choralarni yetarli deb hisoblamaydi. Ularning fikricha, faqat qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni kamaytirish orqali muammoning asosiy yechimini topish mumkin.

Antarktida ekosistemasi hozirdanoq himoya va nazoratga muhtoj, aks holda global isish va inson faoliyati ta’siri uning barqarorligini jiddiy xavf ostiga qo‘yadi.

O‘xshash yangiliklar

AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40