Bugun
Ramazon haytida O'zbekistonda ob-havo barqaror bo'lmasligi kutilmoqda
+15°
пасмурно ветер 2.4 м/с, СЗ

Tramp bojlarni Shveysariya prezidenti tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda

Dunyo
156
Tramp bojlarni Shveysariya prezidenti tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda
Foto: Swissinfo
Donald Tramp 90 kunlik bojlar to‘xtatilishi haqida e’lon qilganidan bir necha soat oldin Shveysariya prezidenti va moliya vaziri Karin Keller-Zutter bilan muhim telefon muloqoti o‘tkazgan.

Bloomberg agentligining xabar berishicha, aynan shu suhbat Trampning savdo to‘qnashuvida pozitsiyasini yumshatish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilishda hal qiluvchi omillardan biri bo‘lgan.

Bir vaqtning o‘zida ham moliya vaziri, ham mamlakat prezidenti Keller-Zutter 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan suhbatni ijtimoiy tarmoqda «ochiq va konstruktiv» deb atadi. U Bernning ikki tomonlama savdo bo‘yicha pozitsiyasini bayon etgani va AQSH manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha yo‘llarni belgilaganini ta’kidladi. Tomonlar yaqin vaqtda muzokaralarni davom ettirishga kelishib olgan.

Bloomberg tahliliga ko‘ra, Shveysariya prezidenti yarim soat ichida gapning mohiyatiga o‘tgan va aynan shaxsan Trampning moliyaviy manfaatlariga ta’sir qiladigan faktlarga urg‘u bergan.

Keller-Zutter mamlakatining AQSH iqtisodiyotidagi roliga e’tibor qaratgan: Shveysariya Amerikadagi investitsiyalar bo‘yicha 6-o‘rinda, ishlab chiqarish sohasida — 4-o‘rinda, tadqiqot va ishlanmalar sohasida esa — 1-o‘rinda turishiga urg‘u bergan.

«Men buni prezident Trampga tushuntirdim — va o‘ylayman, bu qaror qabul qilinishda ahamiyat kasb etdi», — degan u.

Avvalroq Tramp Shveysariyadan keladigan barcha tovarlarga 31 foizlik boj joriy etish niyatida edi — bu Yevropa Ittifoqiga nisbatan belgilangan 20 foizdan ham yuqori. Bu qaror Bernda jiddiy xavotir uyg‘otdi: Shveysariya iqtisodiyoti eksportga yo‘naltirilgan va bunday yuqori tariflar uning asosiy tarmoqlariga jiddiy zarba bo‘lardi.

Bundan tashqari, «Trump Watches» brendining ayrim luks soat modellari aynan Shveysariyada ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi. Ular orasida 2999 dollarlik xronograf va 100 ming dollarlik Tourbillon modeli bor. Bojlar ushbu ishlab chiqarishni bankrotlik bo‘sag‘asiga olib kelishi mumkin edi.

Shu bilan birga, Shveysariyadan AQSHga olib kirilayotgan oltin hajmi keskin oshgan, dunyoda esa qimmatbaho metall narxlari tarixiy rekordlarni yangilayotgan bir paytda, Shveysariya bojlarni to‘xtatishga erishdi.

Endi bu qanchagacha davom etadi, degan savol vujudga kelmoqda: Donald Tramp 3 oydan so‘ng bojlarni qayta joriy etmaydimi?

O‘xshash yangiliklar

AQSh Eron bilan urushga tayyorgarlik ko'ryapti
AQSh Eron bilan urushga tayyorgarlik ko'ryapti
Reuters agentligining so'nggi xabarlariga ko'ra, Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp boshqaruvi Eronga qarshi olib borilayotgan harbiy faoliyatni kuchaytirishga
Dunyo Bugun, 11:09
Tramp Isroilning Eron gaz koniga zarbasidan xabardor emasligini aytdi
Tramp Isroilning Eron gaz koniga zarbasidan xabardor emasligini aytdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Isroil tomonidan Eron hududida joylashgan Janubiy Pars gaz koniga amalga oshirilgan zarba haqida oldindan xabardor
Dunyo Bugun, 10:59
Eron Isroilga keng ko‘lamli raketali hujum uyushtirdi
Eron Isroilga keng ko‘lamli raketali hujum uyushtirdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eron Isroilga nisbatan keng ko‘lamli raketali hujum o‘tkazganini rasman e’lon qildi. Bu harakat Ali Larijoniyning o‘limiga
Dunyo Bugun, 00:11
Donald Trampning siyosiy kelajagi va ekstrasens bashorati
Donald Trampning siyosiy kelajagi va ekstrasens bashorati
G‘arb ommaviy axborot vositalarida Donald Trampning kelajagi haqida qiziqarli va kutilmagan taxminlar paydo bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSH prezidenti o‘zini "Dunyoni Uchinchi
Dunyo Kecha, 23:25
Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Said Jaliliy tayinlandi
Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Said Jaliliy tayinlandi
Eronda muhim siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi lavozimiga Said Jaliliy tayinlandi. U ushbu lavozimda marhum Ali Larijoniy
Dunyo Kecha, 22:49
Eron rahbari Ali Larijoniy shahidligi uchun ta’ziya bildirdi
Eron rahbari Ali Larijoniy shahidligi uchun ta’ziya bildirdi
Eron oliy rahbari Mujtaba Xomanaiy Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniyning vafoti yuzasidan ta’ziya bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U Ali Larijoniy va uning o‘g‘li hamda bir
Dunyo Kecha, 22:10