ENRU

Dunyo bo‘ylab 300 milliondan ortiq boshpanasiz odamlar

Dunyo
39
Dunyo bo‘ylab 300 milliondan ortiq boshpanasiz odamlar
Birlashgan Millatlar Tashkilotining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 300 milliondan ortiq inson boshpanasiz, ya’ni doimiy turar joysiz yashamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shuningdek, sayyoradagi har sakkizinchi kishi norasmiy aholi punktlarida istiqomat qilishga majbur. Bu holat insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlaridan biri bo‘lgan xavfsiz va munosib uy-joyga ega bo‘lish huquqining yetishmasligini ko‘rsatadi.

Uy-joy muammosi faqat rivojlanayotgan yoki kam daromadli davlatlarga xos emas. Masalan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda, jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham minglab yosh oilalar uy sotib olish imkoniyatidan mahrum.

Ijara narxlarining oshishi va ish haqining barqaror o‘smasligi bu muammoni yanada kuchaytirmoqda. BMT har yili oktyabr oyining birinchi dushanbasini “Butunjahon Habitat kuni” sifatida nishonlaydi.

Ushbu sana insonlarning munosib turar joyda yashash huquqini himoya qilish, shahar va aholi punktlarini barqaror rivojlantirish zaruratini eslatish maqsadida belgilangan. 2025 yilgi Habitat kuni “Inqiroz uchun shahar yechimlari” shiori ostida o‘tkaziladi.

Bu tashabbus orqali boshpana yetishmasligi, majburiy ko‘chirilish va uysizlik muammolariga samarali echimlar topishga intilmoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish murojaatida mojarolar, siyosiy beqarorlik va iqlim o‘zgarishlari natijasida 123 milliondan ortiq inson o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.

Ular xavfsizlik izlab, zich aholi yashaydigan shahar va qishloqlarga ko‘chmoqda. Guterrishning fikricha, aynan shaharlar bu muammolarga yechim topishda muhim ahamiyatga ega.

Infratuzilmani yaxshilash, arzon uy-joy dasturlarini kengaytirish va ijtimoiy himoya tizimlarini kuchaytirish asosiy yo‘nalish bo‘lishi lozim. Shuningdek, BMTning avvalgi hisobotida dunyo bo‘ylab 733 million kishi ochlikdan aziyat chekayotgani qayd etilgan.

Har kuni bir milliarddan ortiq porsiya yaroqli oziq-ovqat isrof qilinmoqda. Bu miqdordagi oziq-ovqat ochlikdan qiynalayotgan insonlarni kamida bir marta to‘yintirish imkonini beradi.

Bu esa oziq-ovqat isrofini kamaytirish va ochlik muammosini hal etishda jiddiy choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25