Bugun
Bernardu Silva hakamlar qaroridan norozi ekanini bildirdi
+7°
пасмурно ветер 4.2 м/с, СЗ

AQSH Ukraina bo‘yicha yondashuvini o‘zgartirmoqda

Dunyo
94
AQSH Ukraina bo‘yicha yondashuvini o‘zgartirmoqda
Qo‘shma Shtatlar Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushga nisbatan o‘z diplomatik yondashuvini o‘zgartirmoqda. Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus bildirishicha, Vashington endi ushbu mojarada “chopib yuradigan” vositachi rolida bo‘lmaydi.

Uning ta’kidlashicha, Amerika tomoni tinchlikka olib boruvchi har qanday tashabbus va harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, biroq jarayonga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashmasdan, yanada ehtiyotkor pozitsiyada harakat qiladi.

Sanksiyalar bekor qilinmaydi

Shu bilan birga, Bryus ma’lum qilishicha, Rossiyaga nisbatan joriy qilingan iqtisodiy va siyosiy sanksiyalar o‘z kuchida qoladi. Amerika bu cheklovlarni bekor qilish niyatida emas.

"Real yechimlar vaqti keldi"

Bryusning fikricha, har ikki taraf – Rossiya ham, Ukraina ham – endi mojarani tugatish uchun amaliy va hayotiy yechimlar ustida ishlab chiqishi lozim.

“Urushni faqat tashqi bosim bilan emas, balki ichki yechimlar va siyosiy iroda bilan tugatish mumkin. Har bir tomon endi real qadamlar haqida o‘ylash vaqti keldi”, – dedi u.

Rubio: “Putin ham, Ukraina ham maksimal maqsadlariga yeta olmaydi”

AQSH davlat kotibi Marko Rubio Fox News'ga bergan intervyusida Moskva va Kiyev o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar hali ham jiddiy saqlanib qolayotganini qayd etdi.

“Putin Ukraina hududining barchasini qo‘lga kiritishi mumkin emas. Ukraina esa Rossiyani 2014 yilgacha bo‘lgan chegaralarga qaytarishga qodir emas”, – dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH tinchlik yo‘lidagi diplomatik sa’y-harakatlardan voz kechmayapti, ammo bu jarayonda qanday sur’at va qanday chegarada ishtirok etish masalasi kelgusida Donald Trampning siyosatiga bog‘liq bo‘ladi.

“Xitoyning o‘rni muhimroq bo‘lib bormoqda”

Rubio shuningdek, xalqaro siyosiy kun tartibidagi vaziyatga to‘xtalar ekan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizo dunyo uchun muhim bo‘lib qolayotganini qayd etdi. Ammo, uning ta’kidlashicha, Xitoy bilan bog‘liq jarayonlar — geosiyosiy muvozanat nuqtayi nazaridan uzoq muddatda yanada katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Vashingtonning bu harakati xalqaro miqyosda qanday qabul qilinadi? AQSH o‘zini orqaga tortgan vaziyatda tinchlikka olib boruvchi yechimlar yana qaysi davlatlar orqali amalga oshirilishi mumkin?

O‘xshash yangiliklar

Putin va Siyyarto uchrashuvi: Energetika va inson taqdiri muhokamada
Putin va Siyyarto uchrashuvi: Energetika va inson taqdiri muhokamada
Moskvada bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv Yaqin Sharqdagi voqealar soyasida qolgan bo‘lsa-da, Yevropa siyosati uchun muhim o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Bugun, 10:44
Eron neft eksportida Xitoy yetakchi xaridor bo‘ldi
Eron neft eksportida Xitoy yetakchi xaridor bo‘ldi
Eron uzoq yillardan buyon xalqaro iqtisodiy qamal sharoitida yashab kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayniqsa, Donald Tramp ma'muriyati davrida AQSH tomonidan joriy etilgan cheklovlar
Dunyo Bugun, 09:23
Eron kiber-xavfsizlikni kuchaytirish rejasini e'lon qildi
Eron kiber-xavfsizlikni kuchaytirish rejasini e'lon qildi
Eron poytaxti Tehronda yo‘l kameralari va mobil aloqa tizimlarining buzib kirilishi mamlakat uchun katta muammo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Isroil va AQSH razvedkasining bu qadar faol
Dunyo Kecha, 23:36
Isroil elchisi Eronning harbiy tahdidini tanqid qildi
Isroil elchisi Eronning harbiy tahdidini tanqid qildi
Gideon Lastig, Isroilning O‘zbekistondagi elchisi, mamlakati nega AQSH bilan birga Eronga qarshi harakat qilayotganiga aniqlik kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Elchi ta'kidlashicha,
Dunyo Kecha, 22:56
Eron AQSh esminetsiga raketa zarbasi berdi
Eron AQSh esminetsiga raketa zarbasi berdi
Tasnim axborot agentligining xabariga ko‘ra, Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh harbiy-dengiz flotiga tegishli esminetsga Qadr-380 va Talayeh turidagi raketalar bilan zarba bergan.
Dunyo Kecha, 21:29
AQSHning Eronga qarshi amaliyotlari: 1,9 milliard dollar yo'qotishlar
AQSHning Eronga qarshi amaliyotlari: 1,9 milliard dollar yo'qotishlar
AQSHning Eronga qarshi harbiy amaliyotlari ortidan Vashingtonning moddiy yo‘qotishlari haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Anadolu agentligi taqdim etgan
Dunyo Kecha, 19:40