Bugun
Prezident Toshkent viloyatidagi yangi harbiy poligonda bo‘ldi
+4°
ясно ветер 4.1 м/с, В

Sun’iy intellekt vulqon kuli ostidagi tarixni “o‘qidi”: qimmatli qo‘lyozma muallifi aniqlandi

Dunyo
93
Sun’iy intellekt vulqon kuli ostidagi tarixni “o‘qidi”: qimmatli qo‘lyozma muallifi aniqlandi
Eramizning 79 yilida Vezuviy vulqonining portlashi natijasida Italiyaning Gerkulanum shahri butunlay vulqon kuli ostida qolgan va ko‘plab madaniy boyliklar yo‘qolgandi. Qarib ikki ming yil o‘tib, olimlar tarixiy jarayonda yangi sahifani ochishga muvaffaq bo‘lishdi — birinchi marta yonib ketgan qadimgi o‘ram muallifi va asar nomi aniqlandi.

Bu kashfiyot sun’iy intellekt yordamida amalga oshdi. Aniqlanishicha, ushbu o‘ram epikurchi-faylasuf Filodim tomonidan yozilgan “Illatlar va ularga qarshi fazilatlar to‘g‘risida” deb nomlangan falsafiy risoladir.

Qo‘lyozma Gerkulanum shahridagi qadimiy villalardan biri — ehtimol, falsafiy maktab yoki boy shaxsga tegishli binodan topilgan. Oradan yuzlab yillar o‘tib, u Oksford universitetining Bodlian kutubxonasiga keltirilgan va shu vaqtgacha ochilmasdan saqlanib kelingan. Sababi, o‘ram shunchalik nozik va mo‘rtki — unga hatto qo‘l tekkizish ham uning to‘liq yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin edi.

Ana shunday murakkab sharoitda yordamga zamonaviy texnologiyalar — sun’iy intellekt, yuqori aniqlikdagi rentgen tomografiyasi va maxsus 3D modellash usullari keldi. Vesuvius Challenge loyihasi doirasida ish olib borgan mutaxassislar qo‘lyozmadagi uglerod siyohining mikroskopik izlarini tahlil qilib, matnni virtual tarzda “ochish”ga muvaffaq bo‘ldi.

Kentukki universiteti olimlari ishlab chiqqan Volume Cartographer dasturi matndagi harf va so‘zlarni aniqlash, ularni tartiblash va o‘qish jarayonida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Bu dastur o‘ramdagi har bir qatorni virtual ravishda qayta tiklash va tahlil qilish imkonini berdi.

Aniqlangan matn — Filodim qalamiga mansub risola bo‘lib, insonni turli yomon illatlardan saqlanish va ezgulik yo‘lida yashashga undaydigan falsafiy qo‘llanma hisoblanadi. Unda ma’naviy poklik, o‘lchov bilan yashash va hissiyotni idrok orqali boshqarish kabi mavzular atroflicha yoritilgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu yuksak texnologiyali yondashuv kelgusida Gerkulanum kutubxonasida saqlanayotgan boshqa bir qancha yonib ketgan o‘ram va matnlarni ham o‘qishga yo‘l ochishi mumkin. Hozirda o‘nlab o‘xshash o‘ramlar o‘z navbatida navbatda turibdi — ularning har biri insoniyat tarixining yangi sahifasini ochishi ehtimoldan xoli emas.

Fan va texnologiyaning shiddat bilan rivojlanishi zamonaviy olimlarga na faqat kelajakni yaratish, balki o‘tmishning qo‘riqlangan sirlarini ham aniqlash imkonini bermoqda. Vezuviy quli ostida qolgan tarix so‘zlay boshladi — va bu so‘zlar bizni o‘ylashga, qadrlashga va anglashga undaydi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Eron noroziliklarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
Tramp Eron noroziliklarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Erondagi norozilik namoyishlari bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U eronliklarni namoyishlarni davom ettirishga chaqirib, yordam tez orada
Dunyo Bugun, 22:51
Gruziya sobiq bosh vaziri korrupsiya uchun qamaldi
Gruziya sobiq bosh vaziri korrupsiya uchun qamaldi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri Irakliy Garibashvili sud hukmi bilan besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U noqonuniy daromadlarni legallashtirganlikda aybini
Dunyo Bugun, 16:31
Pxuketdagi kater halokati: uch o‘zbekistonlik jarohatlandi
Pxuketdagi kater halokati: uch o‘zbekistonlik jarohatlandi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tailandning Pxuket orolida ro‘y bergan kater halokati yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu voqea 11-yanvar kuni sodir bo‘lgan.
Dunyo Bugun, 15:39
Oltin va kumush narxi tarixiy rekordni yangiladi
Oltin va kumush narxi tarixiy rekordni yangiladi
12-yanvar kuni oltin narxi birinchi marta bir unsiya uchun 4 600 dollardan oshdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mazkur ko‘rsatkich xavfsiz aktivlarga talab oshgani tufayli yuzaga keldi. Shuningdek,
Dunyo Bugun, 15:10
AQSh Kongressiga Grenlandiyani sotib olish taklifi kiritildi
AQSh Kongressiga Grenlandiyani sotib olish taklifi kiritildi
Respublikachi kongressmen Rendi Fayn AQSh Kongressiga Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish va unga shtat maqomini berish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U o‘z
Dunyo Bugun, 14:57
Shveysariya 2038 yilgi Olimpiadaga mezbonlik qilishi mumkin
Shveysariya 2038 yilgi Olimpiadaga mezbonlik qilishi mumkin
Yangi yil arafasida Shveysariyaning Krans-Montana tog‘-chang‘i kurortida yuz bergan dahshatli yong‘in oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu voqea ortidan mazkur
Dunyo Bugun, 14:21