Bugun
Gulsanam Mamazoitova “Ayamay” qo‘shig‘ini taqdim etdi
+12°
пасмурно ветер 1 м/с, ЮВ

Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?

Dunyo
29

Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?
Vladimir Putin 11 mayga o‘tar kechasi bergan bayonotida Ukraina va uning g‘arbdagi ittifoqchilarining 30 kunlik yangi sulh e’lon qilish taklifini qabul qilmadi va Kiyevni Moskva tomonidan avval e’lon qilingan qisqa muddatli otashkesimlarni buzishda aybladi.

U yarashuv masalasini Moskva va Kiyevning 15 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarida muhokama qilishni taklif qildi. Moskva ularda oldindan hech qanday shartlarsiz ishtirok etishga tayyor, dedi Rossiya prezidenti.

Putinning taklifi aslida 2022 yilda samarasiz yakunlangan format va jarayonga qaytishdir.

Vladimir Putinning Kremlda jurnalistlar uchun bergan tungi bayonotidan bilish mumkinki, Moskva amalda Ukrainaning yangi shartlarsiz 30 kunlik sulh e’lon qilish taklifiga rad javobini berdi.

U Kiyevni bungacha Kreml e’lon qilgan barcha sulhlarni: 2025 yil mart-aprel oylaridagi «energetika sulhi», aprel oyidagi «Pasxa sulhi» va Moskva tomonidan 8-10 may kunlari uchun e’lon qilingan uch kunlik otashkesimni buzishda ayblagan. Ukraina bunday ayblovlarni bir necha bor rad etgan va o‘t ochishni to‘xtatish rejimini aynan Moskva buzayotganini ta’kidlagan.

Kiyevning 12 maydan boshlab 30 kunlik to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qilish taklifi bir kun avval Ukrainada bo‘lib o‘tgan «ko‘ngillilar koalitsiyasi» sammiti hamda Fransiya, Buyuk Britaniya, Polsha va Ukraina yetakchilarining Donald Trampga birgalikdagi qo‘ng‘irog‘i yakunlari bo‘yicha Kiyevda yangragan edi. AQSH prezidenti ham Moskvadan «to‘liq va so‘zsiz sulh» e’lon qilishni talab qilish bo‘yicha qo‘shma qarorni qo‘llab-quvvatlagandi.

O‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasidan bosh tortgan Putin Kiyevga «hech qanday shartlarsiz» to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi.

Bu 15 may kuni Istanbulda bo‘lishi mumkin, dedi u Kremlda jurnalistlarga.

Yangi muzokaralar, Putinning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilgi Istanbul muzokaralarining davomi bo‘lishi kerak.

«Kechiktirmasdan, Istanbulda... ular to‘xtatilgan joyda boshlashni taklif qilamiz», – dedi Putin va o‘shanda yarashuv bilan yakunlanmagan muzokaralarni Ukraina tomoni buzganini qo‘shimcha qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 11 may, yakshanba kuni u bu tashabbusni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Turkiya rahbari 2022 yilda ham Kiyev va Moskva o‘rtasida vositachilik qilgandi.

«Muzokaralar chog‘ida yangi sulh, yangi otashkesim haqida kelishib olish mumkin bo‘lishi ehtimoldan xoli emas», – dedi Putin va endi «to‘p Ukraina tomonida» ekanini qo‘shimcha qildi.

U muzokaralar chog‘ida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi e’lon qilishni taklif etmagan.

Shu bilan birga, Rossiya prezidenti ilgari ko‘p marta aytgan gapini takrorladi: «Biz Ukraina bilan jiddiy muzokaralar olib borishga tayyormiz, ularning ma’nosi mojaroning asl sabablarini bartaraf etishdir».

U, shuningdek sulh Kiyevning qayta qurollanish, harbiylarni o‘qitish va boshqa imkoniyatlarini ham istisno qilishi kerakligini eslatdi. U mart oyida, Moskvaning ehtimoliy sulhga munosabatini birinchi marta izohlaganida ham shunday shartlarni keltirdi. «Biz ham shuning tarafdorimiz, ammo nyuanslar bor», – degandi o‘shanda Rossiya prezidenti Moskva o‘t ochishni to‘xtatishi uchun talab etiladigan shartlarni nazarda tutib.

Ukraina va uning g‘arbdagi ittifoqchilari bu talablarni nomaqbul deb atadi, chunki bunday holatda Kiyev qurolsizlanishiga to‘g‘ri keladi.

Putinning chiqishi Moskva vaqti bilan taxminan tungi soat 01:30 da boshlangan va taxminan 20 daqiqa davom etgan, bu prezidentning Moskvadagi eng kechki chiqishi bo‘lishi mumkin. Ko‘p o‘tmay, Ukrainadagi monitoring kanallari Rossiyaning zarbdor dronlari 8-10 may kunlaridagi qisqa muddatlik tanaffusdan keyin Ukraina osmoniga kirib kelishi qayta tiklangani haqida xabar berdi.

Kiyev nima taklif qilgandi?

Putinning bayonoti Kiyevda Ukrainaga ittifoqchi davlatlar yetakchilarining «ko‘ngillilar koalitsiyasi» nomi ostidagi sammitidan bir necha soat o‘tib berildi. Putinning bayonoti kutilayotgan sharoitda Kreml sammit yakunlariga izoh bermadi: sammit yakunida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 12 maydan boshlab kamida 30 kun davomida o‘t ochishni to‘liq va so‘zsiz to‘xtatish bo‘yicha talab haqida e’lon qildi.

Sammitda ishtirok etish uchun 10 may kuni ertalab Ukraina poytaxtiga Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Polsha hukumati rahbari Donald Tusk tashrif buyurgandi. Zelenskiy bilan muzokaralardan so‘ng, besh kishi o‘z tashabbuslarini AQSH prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muhokama qildi, Tramp ularning Moskvaga nisbatan talabini qo‘llab-quvvatladi.

«Agar [Putin] tinchlik haqida jiddiy gapirayotgan bo‘lsa, unda buni ko‘rsatish imkoniyati bor. „Agar“ va „lekin„“ deyishni, shartlar va kechiktirishlarni bas qilish kerak», – dedi Starmer sammit yakunida.

Agar Moskva bunga rozi bo‘lmasa, Yevropa va AQSH unga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga tayyor, deb va’da berdi Makron.

G‘arb yetakchilari hozircha Putinning 30 kunlik sulhni rad etishiga o‘z baholarini berishmadi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Grenlandiya, Kanada va Venesuela haqida hazil qildi
Tramp Grenlandiya, Kanada va Venesuela haqida hazil qildi
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Kanada, Grenlandiya va Venesuela kelajakda AQSh tarkibiga qo‘shilishi mumkinligi haqida hazilomuz fikr bildirgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda *The
Dunyo Bugun, 15:05
Estoniya: Yevropa urushdan keyin xavfsizlikni kuchaytirishi shart
Estoniya: Yevropa urushdan keyin xavfsizlikni kuchaytirishi shart
Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna Ukrainadagi urush tugagach, xavfsizlik masalalari yanada dolzarb bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Vazir The Telegraph nashriga bergan
Dunyo Bugun, 14:43
Jeffri Saks: Urushni muzokaralar bilan to‘xtatish mumkin edi
Jeffri Saks: Urushni muzokaralar bilan to‘xtatish mumkin edi
Amerikalik taniqli iqtisodchi Jeffri Saks Ukraina atrofidagi vaziyat va G‘arb davlatlarining siyosatini keskin tanqid qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U britaniyalik siyosatchi Jorj
Dunyo Bugun, 14:24
Kaliforniyada tuman sabab 59 ta mashina to‘qnashdi
Kaliforniyada tuman sabab 59 ta mashina to‘qnashdi
AQShning Kaliforniya shtatida 99-shosse yo‘lida quyuq tuman tufayli yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu voqea 31-yanvar kuni ertalab, soat 08:15 atrofida
Dunyo Bugun, 13:56
Bitkoin narxi 75 ming dollardan pastga tushdi
Bitkoin narxi 75 ming dollardan pastga tushdi
Kripto bozoridagi so‘nggi o‘zgarishlar yana e’tiborni tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Binans birjasida bitkoin narxi 75 ming dollar chegarasidan pastga tushib, 74 859,9 dollarga yetdi. Bu
Dunyo Bugun, 12:17
“Gelikoid” qamoqxonasidan siyosiy mahbuslar ozod qilindi
“Gelikoid” qamoqxonasidan siyosiy mahbuslar ozod qilindi
Venesuelada sharoitlari og‘irligi va qiynoqlar qo‘llanilishi bilan tanilgan “Gelikoid” qamoqxonasidan kamida to‘qqiz nafar mahbus ozod etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular orasida huquq
Dunyo Bugun, 11:55