Bugun
Eronda namoyishlar susaydi, lekin muammo hal emas
+9°
пасмурно ветер 4.1 м/с, СВ

Putin urush muzokaralari fonida Donbassga bormoqchi

Dunyo
25
Putin urush muzokaralari fonida Donbassga bormoqchi
O‘tgan hafta dunyo siyosatchilari Ukrainadagi urushni tugatishga navbatdagi marta harakat qilib ko‘rishdi. Va navbatdagi marta Tramp boshchilik «tinchlikparvarlar» urushni tugatish ularning emas, boshqa bir odamning qo‘lida ekanini anglab yetishdi. U odam esa urushni tugatmoqchi emas. Quyida mana shu odam atrofidagi oxirgi voqealarga to‘xtalamiz.

«Putin o‘zini g‘olib deb biladi»

Amerikaning Wall Street Journal nashri ishonchli manbalariga tayanib yozishicha, Putin bilan telefon orqali muloqot qilganidan keyin AQSH prezidenti Tramp Rossiya prezidenti urushni tugatmoqchi emasligini tushunib yetgan. Tramp bu haqda Yevropa liderlari bilan suhbatda aytgan.

Gazetaning yozishicha, Tramp yevropaliklarga Putin allaqachon o‘zini g‘olib deb hisoblayotgani, u urushni tugatish haqida o‘ylamayotganini aytgan. Yevropa liderlari ancha avval anglab yetgan bu xulosani Trampdan ilk marta eshitishdi.

Bloomberg manbalari esa boshqacharoq ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Tramp Yevropa liderlariga «Putinning urushdagi g‘alabasiga ishonayotganini» aytgan. Yevropaliklar Tramp va Putin o‘rtasidagi bunaqa o‘ziga xos kelishuvdan hayratga tushgan.

Putin Donbassga boradi

Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovning aytishicha, Putin keyinroq o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan, urush davrida Rossiya o‘z tarkibiga qo‘shib olgan «Donetsk va Luhansk xalq respublikalariga» boradi. To‘g‘ri, Peskov bu haqda Putinning Kurskka tashrifidan keyin o‘tkazilgan brifingda berilgan savolga javob berish asosida aytgan, lekin urush holatidagi Rossiyada bunaqa savollar bejizga yangramaydi.

Putin Donbassga borishi haqida shu kunlarda gapirilishi ham bekorga emas. Kremlda mana shunaqa ishoralar bilan gapirishni yaxshi ko‘rishadi axir. Kremldagilar bu harakati bilan go‘yoki siz urushni tugatish haqida gapiravering, bizning «glavnokomanduyushiy»imiz «yangi hududlarimiz» Donbassga boradi, deyishmoqchi. Rossiyada Ukrainaning bosib olingan hududlarini aynan «yangi hududlar» deb atashadi.

Putin Donbassga borishi yangilik emas. Mariupol egallanganidan ko‘p o‘tmay u Donetskdagi bu shaharga borib, odamlar bilan uchrashgandi. Biroq u Rossiya regionlariga safar qilgani kabi Ukrainaning bosib olingan hududlariga hozircha ishchi tashrif bilan borgani yo‘q.

Putin Kurskka bordi

Vladimir Vladimirovich Donbassga borishi haqida gaplar bejizga tarqalmadi. 20 may kuni janob Putin Kurskka bordi. Bu gal harbiy kiyimda operativ shtabga borish bilan cheklanmadi, xuddi Rossiyaning boshqa hududlariga bo‘lgani kabi to‘liq ishchi tashrifni amalga oshirdi. Kursk AES-2 qurilishi bilan tanishdi. Keyin oblast vaqtincha gubernatori Xinshteyn bilan uchrashdi. Xullas, rossiyaliklarga Kurskda hamma yoq tinch, xavotir olmanglar, dedi. Donbassga tashrifdan maqsad ham shu bo‘ladi.

Biz voqealar rivojini, ayniqsa Vladimir Vladimirovichning har bir safarini diqqat bilan kuzatishda davom etamiz. E’tibor berish kerak bo‘lgan biror voqea bo‘lsa, albatta, sizni xabardor qilamiz. Eng muhim xabarlarni o‘tkazib yubormaslik uchun Kun.uz sahifalariga obuna bo‘ling.

O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.

O‘xshash yangiliklar

Kreml Venesuela bo‘yicha sukut saqlashda davom etmoqda
Kreml Venesuela bo‘yicha sukut saqlashda davom etmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Venesuela masalasida hozircha aniq pozitsiya bildirmagan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Moscow Times ma’lumotlariga ko‘ra, yangi yil ta’tilidan so‘ng Kremlga
Dunyo Kecha, 23:47
Eronda namoyishlar susaydi, lekin muammo hal emas
Eronda namoyishlar susaydi, lekin muammo hal emas
Eronda so‘nggi kunlarda norozilik namoyishlari faolligi ancha pasaygan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bunga hukumatning keskin choralari, kuchli bosim va aloqa vositalarining cheklanishi sabab
Dunyo Kecha, 23:34
Ko‘rfaz davlatlari Trampni Eronga hujumdan qaytardi
Ko‘rfaz davlatlari Trampni Eronga hujumdan qaytardi
Saudiya Arabistoni, Qatar va Ummon rasmiylari AQSH prezidenti Donald Trampni Eronga qarshi harbiy hujum rejasidan voz kechishga ko‘ndira oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Saudiyalik yuqori
Dunyo Kecha, 22:45
NATO davlatlari Grenlandiyada harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
NATO davlatlari Grenlandiyada harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
Daniya va bir qancha Yevropa davlatlari Grenlandiyaga kichik harbiy guruhlarni joylashtirishni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu jarayon NATO mashg‘ulotlari doirasida amalga
Dunyo Kecha, 22:10
Grenlandiya: Daniya va AQSh o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda
Grenlandiya: Daniya va AQSh o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda
AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyaga bo‘lgan qiziqishi ortidan Daniya va Yevropa mamlakatlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida orolga kichik harbiy guruhlar yuborishni boshladi. Bu haqda
Dunyo Kecha, 21:53
AQSh va Eron keskinligi: mintaqada xavfsizlik choralari kuchaymoqda
AQSh va Eron keskinligi: mintaqada xavfsizlik choralari kuchaymoqda
Mintaqadagi vaziyat tobora murakkablashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik yangi qarama-qarshilik ehtimoli haqida xavotirlarni kuchaytirdi. Ommaviy axborot
Dunyo Kecha, 21:06