Bugun
Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
+14°
ясно ветер 1.4 м/с, СВ

Rossiyadagi inflyatsiya: iqtisodiyotni tinchlik davri modeliga qaytarish oson kechmaydi

Dunyo
124
Rossiyadagi inflyatsiya: iqtisodiyotni tinchlik davri modeliga qaytarish oson kechmaydi
Foto: Andrey Lyubimov / RBK
Koʻplab davlatlarda inflyatsiya pasaygan bir paytda, Rossiyada iste'mol narxlari oʻsishda davom etmoqda. 2025 yil fevral oyida yillik inflyatsiya 10 foizga etdi. Bu – Rossiya Markaziy bankining 4 foizlik moʻljalidan ancha yuqori. Ayniqsa, meva-sabzavot narxlari 2024 yil davomida 20 foizdan ortiqqa oshgani aholi uchun jiddiy iqtisodiy bosimni yuzaga keltirmoqda.

Shunga qaramay, Rossiya iqtisodiyoti inflyatsiya yuqori boʻlgan boshqa bozorlardan ajralib turibdi, deya yozadi The Economist.

Inflyatsiyaning oshishi bir nechta omillarga bogʻliq. Gʻarb sanktsiyalari rublning qadrsizlanishiga olib keldi, bu esa import mahsulotlarni qimmatlashtirdi. Rossiyalik importyorlar cheklovlarni aylanib oʻtishga harakat qilarkan, ular vositachi davlatlar orqali ishlashga majbur boʻlmoqda, bu esa xarajatlarni oshiryapti.

Shuningdek, harbiy safarbarlik va ommaviy emigratsiya tufayli mehnat tanqisligi yuzaga kelgan. Bu esa ish haqlarining 2024 yilda 18 foizga oshishiga sabab boʻldi – maosh toʻlash xarajatlaridagi sezilarli koʻtarilish mahsulot va xizmatlar narxini oshiradi.

Ishsizlik darajasi 2 foiz atrofida – rekord darajada past qolmoqda, bu esa bozordagi narx bosimini kuchaytiryapti.

Inflyatsiya kuchayishida Rossiya hukumatining katta xarajatlari ham alohida oʻringa ega. Harbiy xarajatlar YaIMning 7 foizini tashkil qilmoqda: hukumat mudofaa, infratuzilma va ijtimoiy toʻlovlarga ulkan mablagʻ ajratyapti. Bu esa taklifdan ortiq talabni keltirib chiqarib, narxlar oʻsishiga sabab boʻlmoqda.

Shu bilan birga, hozirgacha inflyatsiya katta norozilikka olib kelmadi. 2024 yilda aholining real daromadlari 10 foizga oshdi. Hukumat tomonidan ajratilgan subsidiyalar va ish haqining oshishi narxlar oʻsishining koʻpchilik rossiyaliklarga ta'sirini yumshatmoqda.

The Economist'ga koʻra, bu iqtisodiy modelning barqarorligi shubha ostida. Agar inflyatsiya yuqori darajada saqlanib qolsa, Markaziy bank 21 foizga etgan asosiz stavkaini uzoq muddat ushlab turishga majbur boʻlishi mumkin, bu esa iqtisodiy oʻsishni sekinlashtiradi. Shuningdek, agar davlat xarajatlari qisqarsa yoki iste'molchilar ehtiyotkorlik bilan harakat qila boshlasa, Rossiya jiddiy iqtisodiy pasayishga duch kelishi mumkin.

Yana bir muhim masala – urush iqtisodiyotining uzoq muddatli ta'siri. Iqtisodiyotning urushga asoslangan modelidan tinchlik davridagi muvozanatlashgan modeliga qaytish Rossiya iqtisodiyoti uchun katta sinovga aylanishi mumkin. Sanktsiyalar olib tashlanmasa, iqtisodiy oʻsish ehtimollari cheklangan boʻlib qoladi.

Hozircha Rossiya hukumati inflyatsiyani kuzatayotgani va unga toqat qilishga tayyor ekanligini koʻrsatmoqda. Ammo tarix shuni koʻrsatadiki, yuqori inflyatsiya uzoq muddatda jamiyat ishonchini susaytirishi mumkin, bu esa Kreml uchun siyosiy xavflarni yuzaga keltirishi ehtimoli bor.

O‘xshash yangiliklar

Eron inqirozi AQSH va Yevropa ittifoqlarini ajratmoqda
Eron inqirozi AQSH va Yevropa ittifoqlarini ajratmoqda
Eron hududida kuzatilayotgan keskinlashib borayotgan vaziyat G'arb davlatlari o'rtasida yangi siyosiy va harbiy ziddiyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 22:29
Tramp Eron bilan muzokaralar samarali va kelishuvga yaqin bo'ldi
Tramp Eron bilan muzokaralar samarali va kelishuvga yaqin bo'ldi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Vashingtonda Eron vakillari bilan o'tkazilgan muzokaralar natijasi haqida e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Prezident
Dunyo Bugun, 22:00
Janubiy Koreyada nevaraga qaragan bobo-buvilar oylik tolov oladi
Janubiy Koreyada nevaraga qaragan bobo-buvilar oylik tolov oladi
Janubiy Koreyada oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi ijtimoiy dastur ishga tushirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu dastur doirasida bobo-buvilar yoki yaqin qarindoshlar
Dunyo Bugun, 21:32
Tramp Eron energetikasiga zarbani besh kunga kechiktirdi
Tramp Eron energetikasiga zarbani besh kunga kechiktirdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp mudofaa vazirligiga ko'rsatma berib, Erondagi elektr stansiyalari hamda umumiy energetika infratuzilmasiga yo'naltirilgan harbiy
Dunyo Bugun, 18:10
Yaqin Sharqdagi mojarolar turizmga jiddiy zarba berdi
Yaqin Sharqdagi mojarolar turizmga jiddiy zarba berdi
Butunjahon turizm kengashi taqdim etgan yangi ma'lumotlar shuni ko'rsatmoqdaki, Yaqin Sharqda davom etayotgan mojarolar tufayli mintaqaga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni keskin
Dunyo Bugun, 17:46
Nyu-York aeroportida samolyot halokati: ikki uchuvchi jonidan ayirildi
Nyu-York aeroportida samolyot halokati: ikki uchuvchi jonidan ayirildi
Nyu-York shahridagi LaGuardia aeroportida kecha kechqurun, mahalliy vaqt bilan soat yigirma uchta olti minutda jiddiy samolyot halokati sodir bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu hodisa
Dunyo Bugun, 16:21