Bugun
Manuel Noyer «Borussiya»ga qarshi o‘yinga qaytishi mumkin
+10°
пасмурно ветер 1.1 м/с, З

Ramzan Qodirovning qizi davlat lavozimini tark etdi

Dunyo
140
Ramzan Qodirovning qizi davlat lavozimini tark etdi
Foto: “RIA Novosti”
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi Ayishat Qodirova o‘zining Instagram sahifasida Checheniston Respublikasi hukumati raisi o‘rinbosari lavozimidan ketganini ma’lum qildi.

U ushbu lavozim “kuchli erkaklar uchun ko‘proq mos” ekanini ta’kidladi.

— Uzoq o‘ylab ko‘rib, Checheniston hukumati raisi o‘rinbosari lavozimidan ketishga qaror qildim. Bu men uchun muhim tajriba bo‘ldi. Ijtimoiy soha yo‘nalishi respublikamiz rivojida katta ahamiyat kasb etadi, — dedi Ayishat Qodirova.

Shuningdek, u “biznes loyihalarni amalga oshirib, Checheniston farovonligi yo‘lida ishlashni” rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

— Ishonchim komilki, bu yo‘nalishda siyosatdan ko‘ra ko‘proq foyda keltira olaman, — dedi u.

Qodirova, shuningdek, moda sohasidagi ishiga qaytishini ham ta’kidladi.

Ayishat Qodirova 2023-yil oktyabr oyida Checheniston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Bungacha u Checheniston madaniyat vaziri lavozimida ishlagan. Uning iste’fosi yuzasidan otasi Ramzan Qodirov hozircha hech qanday izoh bermagan.

2022-yil iyun oyida Ayishat Qodirova Chechenistonning birinchi prezidenti ordeni bilan taqdirlangan. 2023-yil sentabr oyida esa “Vatan madaniyati va san’atini rivojlantirish” va “ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati” uchun ikkinchi darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

O‘xshash yangiliklar

Xayrullo Ibodullayev “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
Xayrullo Ibodullayev “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yuz bergan xavfli vaziyatda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, insonparvarlik namunasi ko‘rsatgan hamyurtimiz Xayrullo Saydullayevich Ibodullayev davlat mukofotiga
Dunyo Kecha, 23:29
Dengiz cho‘chqasi Kora sakrash bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Dengiz cho‘chqasi Kora sakrash bo‘yicha rekord o‘rnatdi
San-Fransisko shahrida yashovchi Kora ismli dengiz cho‘chqasi o‘zining qobiliyati bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bardan sakrash bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Dunyo Kecha, 21:19
Tramp 2028 yil uchun Vens va Rubioni ko‘rib chiqmoqda
Tramp 2028 yil uchun Vens va Rubioni ko‘rib chiqmoqda
AQShda 2028 yilgi prezidentlik saylovlari hali uzoq bo‘lsa-da, Vashingtonda bu boradagi muhokamalar allaqachon boshlangan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “Keyingi prezident kim bo‘ladi?” degan savol
Dunyo Kecha, 20:41
Tailand shakar iste’molini kamaytirish choralarini kuchaytirdi
Tailand shakar iste’molini kamaytirish choralarini kuchaytirdi
Tailand hukumati aholi salomatligini yaxshilash maqsadida shakar iste’molini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “The Guardian” nashrining xabar
Dunyo Kecha, 20:05
Epshteyn omborlaridagi sirli materiallar o‘rganilmoqda
Epshteyn omborlaridagi sirli materiallar o‘rganilmoqda
Jeffri Epshteynning tergov ishlari bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar jamoatchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Epshteyn AQSh hududida kamida olti xil
Dunyo Kecha, 19:44
Uzoq umr sirlari: go‘sht kam, o‘simlik ko‘p!
Uzoq umr sirlari: go‘sht kam, o‘simlik ko‘p!
Uzoq umr ko‘rish masalasi ko‘pchilikni qiziqtiradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq, ayrim hududlarda bu sir oddiy hayot tarzi va odatga aylangan: go‘shtni kamroq iste’mol qilish va ko‘proq
Dunyo Kecha, 19:14