Bugun
Mbappe "Real Sosedad"ga qarshi o‘ynashga umid qilmoqda
+20°
ясно ветер 1 м/с, С

Smartfon yaqinida uxlash organizm uchun qanchalik zararli?

Foydali
121

Smartfon yaqinida uxlash organizm uchun qanchalik zararli?
Foto: iStock
Mobil telefonlar bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Biz ulardan muloqot, ishlash, ma'lumot izlash va boshqa koʻplab maqsadlarda foydalanamiz. Biroq smartfonga qaramlik kuchayib borayotgan bir vaqtda oʻrinli savol tugʻiladi: yostiq oldiga telefonni qoʻyib yotish zararlimi? Sevimli gadjetimiz doimiy qoʻlimizda va choʻntagimizda turishi sogʻliq uchun qanchalik xavfli?

Quyida shu savollarga javob topamiz.

1. Radiochastota nurlanishi

Mobil telefonlar signallarni uzatish uchun radiotoʻlqinlaridan foydalanadi. Smartfonlardan chiqadigan radiochastota (RF) nurlanishi odatda past quvvatli boʻlib, inson salomatligiga katta xavf tugʻdirmaydi. Biroq uzoq muddatli ishlatish yoki smartfondan notoʻgʻri foydalanish ayrim xavflarni yuzaga keltirishi mumkin.

Kundalik hayotda uchraydigan radiatsiya darajasi xavfsiz boʻlishiga qaramay, mutaxassislar gadjetlarning tanaga yaqin joyda boʻlish vaqtini minimallashtirishni tavsiya qiladi. Bu qoida, ayniqsa, tungi uyqu vaqtida muhimdir. “Parvoz” (Rejim polyota) rejimidan foydalangan holda telefoningizni yotoqdan uzoqroq tutish maqsadga muvofiqdir.

2. Uyqu sifati

Uyqu tananing tiklanishi uchun zarur boʻlgan muhim jarayondir. Ammo telefonga yaqin joyda uxlash organizm tiklanishi sifatiga salbiy ta'sir koʻrsatishi mumkin. Birinchidan, mobil qurilmadagi koʻk ekran uyquni tartibga solish uchun mas'ul boʻlgan melatonin gormoni ishlab chiqarilishiga xalaqit beradi. Shuningdek, uyqudan avval smartfondan foydalanish uyquga ketish vaqtini kechiktiradi.

Ikkinchidan, telefoningizga kelayotgan SMS-xabarlar va turli signal tovushlari dam olishingizga xalaqit beradi. Smartfon vibratsiyasi va ovozlar odamni uygʻotib yuboradi, bu ham uyquning umumiy sifatiga salbiy ta'sir koʻrsatadi.

3. Psixologik omil

Telefonni yotoq oldida qoʻyib uxlash gadjetlarga qaramlikni oshirishi mumkin. Smartfon yonida turganini koʻrgan odamlar oʻzi istamasa va kerak boʻlmasa ham behudaga ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishi kuzatiladi. Bu esa ruhiy salomatlik uchun zarardir. Smartfonga qaramlik stress va tashvish darajasining oshishiga olib kelishi fanda isbotlangan. Yangi axborotlarni koʻrish uchun telefonni doimiy tekshirish, hatto uxlayotganingizda ham ish yoki ijtimoiy majburiyatlar haqida oʻylash insonlarda yanada koʻp stress paydo boʻlishiga sabab boʻladi.

4. Gigiyena va salomatlik

Smartfon — bu oʻzimiz bilan hamma joyda olib yuradigan va doimo mikroblar va bakteriyalar ta'siriga uchraydigan predmet. Tadqiqotlarga koʻra, gadjetlar yuzasida turli infektsiyalarni keltirib chiqaradigan millionlab mikroblar mavjud.

5. Alternativ echimlar

Avvalo, kechasi keladigan xabarlar sizni chalgʻitmasligi uchun “Bezovta qilinmasin” rejimini uyqudan avval yoqib qoʻying. Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishga qoʻl bormasligi uchun telefonni uzoqroqqa, yoki umuman boshqa xonaga qoʻyib yoting. Smartfondagi uygʻotkich oʻrniga an'anaviy soatlardan foydalaning.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Trump Phone T1 dizayni Galaxy S25 Ultra ga o‘xshadi
Trump Phone T1 dizayni Galaxy S25 Ultra ga o‘xshadi
Trump Phone T1 smartfonining chiqarilishiga oz qolganligi haqida ilgari ma’lumot berilgan edi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Tramp Mobile ijtimoiy tarmog‘ida taqdim etilgan yangi renderlar
Texnologiya 17:45, 24-08-2025
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1997 yildan beri amal qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani tubdan yangilash maqsadida taqdim etilgan yangi qonun
Jamiyat 13:46, 30-07-2025
Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevroli SAFE jamg‘armasiga yo‘l ochdi
Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevroli SAFE jamg‘armasiga yo‘l ochdi
Yevropa Ittifoqi Kengashi 27 may seshanba kuni qabul qilgan bayonotda Yevropa Ittifoqi tomonidan 150 milliard yevroga teng Security Action for Europe (SAFE) mudofaa jamg‘armasi yaratilishi
Madaniyat 14:41, 28-05-2025
Psixosomatika: qanday kasalliklar stressga olib kelishi mumkin?
Psixosomatika: qanday kasalliklar stressga olib kelishi mumkin?
Psixosomatika — bu inson ruhiy holati va jismoniy salomatlik oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni oʻrganuvchi soha. Bugungi kundagi ilmiy tadqiqotlar koʻrsatadiki, koʻplab kasalliklar nafaqat tashqi
Foydali 11:25, 16-01-2025
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health sun’iy intellekt bilan tibbiyotda innovatsiya yaratdi
Assort Health kompaniyasi bemorlar bilan muloqotni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu startap B seriyasi investitsiya
Texnologiya 17:37, 27-08-2025